Qavatli qazib olish tizimi
Download 0.93 Mb.
|
QAYTA O\'Zlash Temur
7.2-rasm. Qavatda rudani chekinish tartibida qazib olish sxemasi:
I, II, III — bloklarni qazish ketma-ketligi; 1 va 2 — tegishlicha shaxta stvollarining joylashish joyi Qo‘llaniladigan qazib olish tizimiga, konni ochish usuliga, yordamchi stvollarning joylashishiga, konni razvedka qilishganlik darajasiga uning joylashish elementlarining bir xil o‘lchamdaligiga bog‘liq holda ilgarilab siljuvchi yoki chekinuvchi sxemada qazib olish tartibi qo‘llaniladi. Chekinish tartibida qazib olish sxemasini qo‘llash shaxta maydoni qisqa o‘lchamda, yondosh jinslar va ruda massasi turg‘un bo‘lmagan holatda, stvollar markazlashtirilgan usulda joylashtirilganda qo‘llash maqsadga muvofiq keladi. Kombinatsiyalashtirilgan qazib olish sxemasi avvalgi ikki sxemani birga qo‘shib qo‘llanilishi bo‘lib, bunda ma’lum sharoitda ilgarilovchi va chekinuvchi sxemalarning afzal tomonlarini umumiylashtiradi. 7.3-rasm. Ruda tanasini butun cho‘ziqligi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida qazib olish sxemasi: I—IV — qazilayotgan bloklar; 1 — shaxta stvolining joylashgan joyi 7.4-rasm. Blokda pastdan yuqoriga qaragan yo‘nalishda qazib olish sxemasi Ilgarilovchi sxema asosiy shtrek shaxta maydonining chegarasiga yetguncha qo‘llanilsa, shtrek shaxta maydoni chegarasiga yetgandan so‘ng har ikkala sxema ham qo‘llanilishi mumkin. Shaxta maydonining bir qanoti ilgarilovchi sxemada qazib olinsa, ikkinchi qanoti chekinuvchi sxemada, agar ruda va yondosh jinslar turg‘un bo‘lmasa va shaxta maydonining qanoti birinchisiga nisbatan qisqaroq bo‘lsa, shunday kombinatsiya qo‘llanilishi mumkin. Qavatning hamma cho‘ziqligi bo‘yicha, qavatni bir vaqtning o‘zida qazib olish, qavatning hamma bloklarida olib borilishi mumkin. Alohida bloklarda qazib olish ishlarining boshlanish va tugatilish vaqti bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin qazib olishni rivojlangan davrida barcha bloklarda bir vaqtning o‘zida qazib olish ishlari olib borilishi mumkin. Qavatdagi hamma bloklarni bir vaqtning o‘zida qazib olishda, qavatning markazdagi bloklar qanotdagilaridan ba’zi bir o‘lchamda ilgarilatib qazish tartibi, qatlamlab qulatib qazib olish tizimda ko‘rsatilganidek (7.3-rasm) amalga oshiriladi Ruda tanasining cho‘ziqligi bo‘yicha rudani qazib olish o‘lchamini agar blokdan qazib olinayotgan ruda miqdorini jadallashtirish darajasi talab etilayotgan zaruriyatni qoplay olma- sa maksimal kengaytirish mumkin,. Qavatda va har bir blokda qazib olish ishlari ruda tanasi joylashishini og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha to‘rt xil sxemada amalga oshiriladi. Blokni pastidan yuqoriga qaragan yo‘nalishda qazib olish. Bu sxemada qazib olish ishlari asosiy yuk tashiladigan shtrekdan boshlanadi, agarda ajratib olinayotgan ruda qatlami gorizontal (7.4-rasm, a) yoki qiyaroq (7.4-rasm, b) joylashgan bo‘lsa. Bunday tartibda qazib olish variantlari amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Blokniyuqoridanpastga qaraganyo‘nalishda qazib olish (pastlatib boruvchi). Bu qazib olish sxemasi avvalgisining teskarisi bo‘lib, bu holatda qazib olingan bo‘shliq ochiq qoldirilib, to‘ldiruvchi materiallar bilan (bo‘shliq) to‘ldirilib yoki qazib olish tizimini siljishi bilan orqa tomondagi yondosh jinslar qulatilib bo‘shliq to‘ldirib boriladi (7.5-rasm). Kombinatsiyalashtirilgan qazib olish, pastdan va yuqoridan. Bloklar odatda bittasidan keyin pastdan yuqoriga qaratilgan yo‘nalishda qazib olinsa, u bloklar oralig‘idagi qolgan blok yuqoridan pastga qaratilgan yo‘nalishda ikkinchi davrida qazib olinadi (7.6-rasm). Kombinatsiyalashtirilgan qazib olish sxemasi ruda tanai juda qalin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ruda tanasini cho‘ziqligi bo‘yicha blokning butun balandligida qazib olish. Bu sxemaning farq qiluvchi xususiyati shundan iboratki, qazib olish ruda tanasini cho‘ziqligi bo‘yicha blokning hamma balandligida qazib olinadi. 7.5-rasm. Blokda rudani yuqoridan pastga qaragan yo‘nalishda qazib olish sxemasi Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling