Qavatli qazib olish tizimi


Download 0.93 Mb.
bet3/6
Sana12.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1767511
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'Zlash Temur

7.6-rasm. Blokni kombinatsiyalashtirilgan sxemada pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarata yo‘nalishda qazib olish sxemasi: a — bir vaqtda qazish;
b — ketma-ket qazish

Blokni qazib olishning boshqa variantlari ham mavjud bo‘lib, ular yuqorida


keltirilgan asosiy sxemalardan biriga kiritiladi yoki oxirgi variantga o‘tish oralig‘ida bo‘lishi ham mumkin. Qavatda qazib olish tartibini tanlash, ko‘pchilik omillarga bog‘liq bo‘lib, qazib olish tizimini o‘rganishda asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. Foydali qazilmalarni yalpisiga va alohida-alohida qazib olish tartibi qabul qilingan.
Yalpisiga qazib olish deb, blok chegarasidagi har xil turdagi va sortdagi rudalarni
birgalikda qazib olishga aytiladi. Yalpisiga qazib olishga ruda bilan puch jinslarni
birgalikda qazib olishga aytiladi. Alohida-alohida qazib olish deb, har xil sortdagi rudalarni yoki ruda va puch jinslarni alohida-alohida qazib olib, alohida- alohida chiqariladi. Yalpisiga qazib olish, alohida-alohida qazib olishga nisbatan katta afzalliklarga ega bo‘lib, qazib olish sxemasi oddiy, har qanday kon geologik sharoitda qo‘llanishi mumkin. Shuning uchun bu sxema alohida-alohida qazib olish sxemasiga nisbatan keng qo‘llaniladi. Yalpisiga qazib olishning afzalligi quyidagilardan iborat: kon ishlari olib borish oddiy, yuqori samaradorli, qazib olish tizimini qo‘llash imkoni yuqori, rudani qazib olish tannarxi arzon, qazib olishni jadallashtirish imkoni yuqori, yuqori unumli mexanizatsiya vositalaridan foydalanish mumkin; agar yondosh jinslar tarkibida ham ruda mavjud bo‘lsa, yer ostidan ajratib olinadigan foydali birikmalarning miqdorini oshirish imkoni mavjud. Rudasiz yondosh va puch jinslarni aralashishi hisobiga rudaning sifati pasayadi, bu yalpisiga qazib olishdagi muhim kamchilikdir. Agar rudani boyitish fabrikasining, metallurgiya zavodining ishlab chiqarish quvvati cheklangan bo‘lsa, u holda yalpisiga ko‘p miqdordagi puch jinslarning aralashishi olinadigan mahsulot miqdorining kamayishiga va tannarxining o‘sishiga, olib keladi. Rudani alohida-alohida qazib olish sxemasi qo‘llanilganda korxona qurilishiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishiga va shu- ningdek, olinadigan mahsulot tannarxining arzonlashishiga olib keladi. Ba’zan korxonani qurib bitirib ekspluatatsiyaga topshirish muddatini va ishlab chiqarish quvvatini o‘zlashtirish
muddatini qisqartirish va ruda sifatining yuqoriligi, transport xarajatlari kamayishi,
foydali birikmalarni ajratib olish koeffitsientining yuqori bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Alohida-alohida qazib olish sxemasini qo‘llanish, amaliyotda cheklanganligi qazib olinadigan ruda tannarxining yuqoriligi, qazib olish unumdorligining past bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Juda yupqa ruda tanasi bilan yondosh jinslar chegarasi aniq che- garalangan bo‘lsa alohida-alohida qazib olish sxemasi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Yupqa ruda tomirini alohida-alohida qazib olishda ruda tanasining oralig‘idagi puch jinslarini saralab olib tashlash zarur. Saralash tovar ruda tarkibidagi foydali birikmalarning yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi, natijada rudani tashib keltirish va uni qayta ishlash xarajatlarini
kamaytirish imkonini berib, korxonaning konsentrat ishlab chiqarish quvvati
o‘sishiga imkon yaratiladi va rudani qayta ishlash jarayonida foydali birikmalar
miqdori kamayishini oldi olinadi. Rudani saralash ishlari bevosita uni qazib olinayotgan kovjoyida, maxsus yer osti saralash qurilmasida, stvol oldida va boyitish fabrikasida amalga oshiriladi. Saralash samaradorligining asosiy sharti uni saralanishligi bo‘lib, bu qator omillar bilan aniqlanadi: ruda bilan puch jinslarning rangi, bo‘laklarining shakli, ruda va jinslarning granulometrik tarkibi ruda va jinslarning birlashib ketishi kabilar.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling