14-amaliy ish ruda va uni qamrab olgan jinslarni qulatib qazib olish tizimi


Download 1.29 Mb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1389179
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-amaliy ish (8)


14-AMALIY ISH

RUDA VA UNI QAMRAB OLGAN JINSLARNI QULATIB QAZIB OLISH TIZIMI


Bu sinfga mansub tizimlarini boshqa tizimlardan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qavat ostidagi yoki qavatdagi ruda massivini tagidan yoki yonlaridan kesib uning o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida o‘z-o‘zidan qulatiladi va qulatilgan rudani chiqarish davomida uning ustidagi qoplama tog’ jinslar ham o‘zi o‘pirilib tushib, qulatib olishdan hosil bo‘lgan bo‘shliq to‘ldiriladi.


Qulatilgan asosiy ruda massasini chiqarish jarayonida chiqarilayotgan rudani ustidagi o‘pirilib tushgan jinslar ham pasayib tushib boradi. Bu sinfdagi tizimlarini eng xarakterli belgisi ularni qulatish sharoitini aniqlovchi tuzilish elementlari va texnik iqtisodiy ko‘rstakichlaridir.
Ushbu sinfga mansub tizimlar nimqavatni qulatish, qavatni majburan qulatish, qavatni o‘z-o‘zidan qulatish tizimlaridan iborat. Bu tizimni ko‘pgina afzalliklari tufayli ruda qatlamini qazib olishda keng qo‘llaniladi.
Nimqavatni qulatib qazib olish tizimi, asosan temir ruda konlarini yer osti usulida qazib olishda keng tarqalgan. Krivoy Rog temir ruda havzasidagi rudani yer osti usulida qazib olishda bu tizimni solishtirma miqdori 50% dan ko‘proqni tashkil etadi.
O‘zbekistondagi Qizilolmasoy, Ko‘chbuloq shaxtalardagi ruda tanasi qalinligi katta o‘lchamda bo‘lgan uchastkalarida ham bu tizim samarali qo‘llanilmoqda.
Ushbu qazib olish tizimi qulatiladigan ruda va rudani qamrab olgan tog‘ jinslarni xarakteriga ko‘ra ikki xil ko‘rinishdagi tizimlarga ajratilishi mumkin, qavat ostini qoplama matlar bilan ajratishi va nimqavatni yopqichsiz qazish, bu tizimlar rudani qamrab olgan tog‘ jinslari bilan jinslar kontaktlarini xarakteriga bog‘liq holda aniqlanadi. Ajratuvchi yopqich sifatida yog‘ochdan matlar yasalgan va metall setkalar (sim to‘rlar) qo‘llaniladi. Shuning uchun bu har xil ko‘rinishdagi turlarini qo‘llanish sharoiti bir xil emas.



14.1 rasm. Panelni «yopiq yelpig‘ichsimon» variantini qo‘llab qazish

14.2 rasm. Panelni seliklar qoldirmasdan qazib olish varianti

Nimqavatni qulatish variantlarini, rudani qo‘porish usuli bo‘yicha (mayda shpurlar, shtangali shpurlar va skvajinalar bilan) va rudani blokdan chiqarish usuli bo‘yicha (duchkalar orqali, qavat osti lahimining asosini tushirib yuklash va blokni yonidan chiqarish, titratma qurilmalarda, o‘zi yurar uskunalarda, blokni kesish va ostki qismini kesish) bir-biridan farq qiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling