14-amaliy ish ruda va uni qamrab olgan jinslarni qulatib qazib olish tizimi


Nimqavatni qulatish tizimi variantlari


Download 1.29 Mb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1389179
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-amaliy ish (8)

Nimqavatni qulatish tizimi variantlari. Hozirgi davrda eng ko‘p tarqalgan varianti rudani chuqur skvajinalar bilan qo‘porish usulidir. Krivoy Rog kon havzasida nim qavatni qulatib qazib olish variantlarining solishtirma miqdori 90 % dan ko‘prog’ini tashkil etadi.
Bu tizim variantlarini yuqori unumdorligi, ish olib borishning xavfsizligi va uni har xil sharoitda ham qo‘llash imkonini mavjudligi bu tizimni variantlarini yana ham kengroq tarqalishni ta’minlaydi.
Bu tizimni qo‘llashning asosiy sharti: ruda konini qalinligi 15-20 metr va undan ham yuqori, rudaning mustahkamlik koeffitsienti f=3-12 gacha bo‘lgan rudani qamrab olgan tog‘ jinslarni har qanday turg‘unlikdagisida qo‘llanish imkoni mavjudligi. Boshqa variantlar kabi bu tizimni qimmatbaho rudalarni qazib olishda qo‘llanish rudani yuqori miqdorda yo‘qotilishi va sifatsizlanishi sababli maqsadga muvofiq emas.
Balandligi 60-80 metr bo‘lgan qavat ikki-to‘rt nimqavatga bo‘linadi. Qavat ostini eng ko‘p balandligi 30-40 metr bo‘lib, yetarlicha turg‘un bo‘lgan ruda va rudani qamrab olgan tog‘ jinslarda, ruda tanasi tikga yaqin qiyalikga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.


Masala: Quyidagi sharoitlar bo‘yicha rudani nimqavatlardan qulatib qazib olish tizimi ko‘rsatkichlari hisoblansin:


14.4 rasm. Rudani nimqavatlardan
qulatib qazib olish tizimi
Qazib olish ishlari bajarilayotgan chuqurlik Hr=350 m; ruda tanasi qalinligi m=60 m; ruda tanasining yotish burchagi α=800; ruda zichligi γ=3,6 t/m3; ruda va atrof tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsienti f=10; ruda bo‘lagining eng katta o‘lchami Dr=500 mm; qavat balandligi hq=90 m; blok uzunligi Lb=105 m; nimqavat balandligi hnim=15 m (13.4 rasm); ruda yo‘qotilishi η=10 %; ruda sifatsizlanishi ρ=25 %; konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvati A=6 mil. t; bir yildagi ish kunlari 305 kun; kundagi ish smenalar soni -3;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling