14-amaliy ish ruda va uni qamrab olgan jinslarni qulatib qazib olish tizimi
Qavat ostini qulatishni «yopiq yelpig‘ichsimon varianti»
Download 1.29 Mb.
|
14-amaliy ish (8)
Qavat ostini qulatishni «yopiq yelpig‘ichsimon varianti». Nimqavatni qulatib qazishning mohiyatini aniqlash uchun «yopiq yelpig‘ichsimon» joylashtiriladigan variantini ko‘rib chiqamiz, bu qazish tizimi Krivoy Rog ruda xavzasidagi konlarda uzoq vaqtdan beri keng qo‘llanilar edi. Hozirgi davrda bu variant cheklangan hajmda qo‘llaniladi. Panelni kesish bosqichi yo‘lak lahim o‘tishdan, ya’ni yo‘lak lahimga tutashadigan uchastkani yonlarini va ustki qismini kesishdan boshlanadi.
Panelni osilgan yonidan yon tomon yo‘nalishda qismlarga ajratib qazib olinadi. Nimqavat ort-1 dan uning o‘q yo‘nalishi bo‘yicha har 4 m da duchkalar-2 joylashtiriladi (13.1 rasm), ularni burg‘ilash kirmasi-3 bilan tutashtiriladi. Eni 4 m bo‘lgan qismini burg‘ilash uchun va kelgusida ularni tagida varonkalar hosil qilish maqsadida kirma kengaytiriladi. Kirmadan uning ship qismiga uch qator chuqurligi 5-6 m bo‘lgan shtangali skvajinalar-4 burg‘ilanadi. Ularni portlatgandan so‘ng qulatilgan ruda massasini nimqavat ostidagi ortga chiqaradi va uni yuqorilovchi lahimga qadar skreperda sidirib keltiradi. Keyingi zonani ham avvalgisiga o‘xshatib uzunligi 3-4 m bo‘lmagan rudani chiqarib bo’lgunicha qo‘shni panel 2-3 zona o‘lchamida ilgarilatib qazib olishadi. Bunda burg‘ilovchilarning burg‘ilash bo‘yicha mehnat unumdorligi rudaning xarakteriga bog‘liq holda 120-150 t/smenaga, kesish ishlari bo‘yicha qulatishga ruda esa 60-100 t ni tashkil etadi. Nimqavatni qulatib qazib olishni bu variantning ko‘p turlari mavjud bo‘lib, har xil fizik-mexanik xususiyatlariga ega bo‘lgan va ruda tanasini qalinligi, og‘ish burchagi har xil bo‘lgan sharoitda ham qazib olish uchun mo‘ljallangan. 14.3 rasm. O‘zi yurar mashinalarda rudani tashib keltirishda blokni ishlatishga tayyorlash:1-rudasiz puch jinslardan o‘tkazilgan (polevoy) shtrek, 2-ruda tushiriladigan lahim, 3-blok vosstayusheysi, 4-panel ortlari, 5-shamollatuvchi shtrek, 6-qavat osti shtrek, 7-shamollatuvchi vosstayushey, 8-pastki qavatdan o‘tilgan qavat osti shtreki. Ruda tushiruvchi lahimlar sonini kamayishi ko‘p tuynukli yuklash sxemasining miqdorini kamaytirishiga imkoniyat yaratadi, bu o‘z navbatida shaxta ichidagi transportda band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligini o‘sishiga olib keladi. Agar nimqavatdan rudani o‘zi yurar vogonetkalarda yoki yuklovchi tashuvchi mashinada tashiladigan bo‘lsa, har bir panelda alohida ruda tushiruvchi lahim o‘tkazish shart emas, blokda bitta yoki ikkita ruda tushiriladigan lahim o‘tkazilsa yetarli bo‘ladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling