Qavs ichidagi sonlarni kerakli shaklga soli


Download 26.81 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi26.81 Kb.
#1770270
Bog'liq
Z.Karimaxon





1. Qavs ichidagi sonlarni kerakli shaklga soling va yozing.


1. So‘ylasin Afrosiyob-u, So‘ylasin O‘rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida (bir) marjon, o‘zbegim. 2. Saidiy kelganda Murodxoʼja domla (to‘rt) gina sigirni sog‘ib eplamagan xotinining palpisligidan koyib urishmoqda edi. 3. (Bir) kampir Ahmadjonni (ikki) sherigi bilan uyiga olib kirdi. 4. Meni qo‘rqitayotgandir desam, (ikki)si chindan sudrab chiqib avtomobilga soldi. 5. Birinchi arava g‘ildiraklariga bog‘langan (uch) ot bor-u, qolgan otlardan darak yo‘q.


2. Berilgan sonlarni quyidagi jadvalga joylashtiring.


O‘n, besh, uchta, yuztacha, uchovi, ikkitadan, uchdanbir, sakkiztacha, yuzlab, yettitadan, oltidan toʻrt, qirq bir.



Sanoq
Son

Dona
Son

Chama
Son

Taqsim
Son

Kasr son

Jamlovchi
Son





















3. So‘zlarni tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy otlarga ajrating.
Qo‘ziqorin, achchiqtosh, uchburchak, dori-darmon, yosh-qari, qo‘ni-qo‘shni, daraxt, yer, osmon, non-pon, choy-poy, belkurak, belbog‘, tustovuq, oy, quyosh, tesha, ota-ona, aka-uka, qarindosh-urug‘, osh-posh, ko‘z-po‘z.

Sodda ot

Qo'shma ot

Juft ot

Takroriy ot















4. Quyidagi so'zlarni otlarni kichraytirish erkalash paradigmasidagi shakllariga joylashtiring.


Qizgina, domlacha, bolacha, daftarcha, opaginam, bevagina, bolagina, bo'taloqcha, xolacha, toyloq

Erkalash ma'nosi




Kichraytirish ma'nosi




Achinish ma'nosi




Kamsitish ma'nosi




Shaxs va predmetning kichik ekanligi





5. Matndagi narsa otlarini aniqlang va jadvalni to'ldiring.


Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. Bundan tashqari dasturxonda osh va non turgandi. Keyin ukasining so‘rog‘ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi... «Hashtak-pashtak»ni eshitib, O‘rinboyning esiga onasi tushdi. Bog‘larida bir tup subhoni o‘rik bo‘lardi. Shu o‘riklar burunning qoniday bo‘lib qizarib pishganida onasi go‘shtini danagidan bitta-bitta ajratardi-da, keyin danagini chaqib, yana go‘shti orasiga tiqib juftlagach, oftobga yoyib quritardi. Qishda og‘zingizga solsangiz, xuddi mag‘izli holva yeganning savobini topardingiz. Har doim shu shu quritilgan o'riklar laganga solinib dasturxonda turardi.

O'SIMLIK

OZIQ-OVQAT

IDISH TOVOQ

OSMON JISMLARI













Download 26.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling