Qaychining turlari, tuzilishi, ishga sozlash, qirqish usullari


Download 0.68 Mb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1125847
1   2   3   4
Bog'liq
29-MUSTAQIL ISH QAYCHINING TURLARI, TUZILISHI, ISHGA SOZLASH, QIRQISH USULLARI.

Qo’l bilan parmalash. Agar parmalash dastgohidan foydalanishning iloj i bo’ Imasa, unda qo’ Ida parmalashga to’ g’ri keladi. Qo’ 1 bilan parmalash qo’l yoki elektr parma yordamida amalga oshirilishi mumkin

O‘tkir jag‘li ombir (43-rasm) sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular U7 markali asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi va jag‘lari toblanib bo‘shatiladi, so‘ngra charxlab o‘tkirlanadi. O‘tkir jag‘li ombirlar duradgorlik ombiriga o‘xshash bo‘lib, har xil o‘lchamda tayyorlanadi.

43- rasm. O‘tkir jag‘li ombir.


Undan mixlarni surish maqsadida foydalanish mumkin emas. O‘lchamlariga mos keladigan yo’g‘onlikdagi sim va sterjenlarni qo‘ldagina qirqish kerak. Qo‘lning kuchi yetmagan hollarda bolg‘alab qirqishga yo’l qo‘yilmaydi. Bolg‘alash natijasida jag‘lar sinishi, uchib yetishi mumkin. O‘tkir jag‘li ombir bilan qirqish mumkin bo‘lmagan qattiq va yo’g‘on simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi.
Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo’li bilan pazlar, shlitsalar ham ochiladi.
Slesarlik arralari dastaki (44- rasm, a) va stanokli (44-rasm, b) arralarga bo‘linadi.

44- rasm. Slesarlik arralari:
a-dastaki, b-stanokli: 1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va quloqli gayka.
Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka).
Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo‘lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki Unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o‘rnatish mumkin.
Arra polotnosining uzunligi 250—300 mm, eni 12—15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo‘lib, ular U10, U10A; U1,2> U12A markali uglerodli, SHX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po‘latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo‘lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8—1 mm bo‘lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo‘lgan po‘lat va cho‘yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po‘latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling