Qayd raqami


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/68
Sana03.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1153806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

Mazmunan - formal. 
Olimning o'z ulushini ilmga qo'shishi qaytarilmas bo'lganligi uchun tarixchini vazifasi bu 
ulushni maxsus xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Konkret voqealarni qaytadan o'zgartirib 
tarixchi ularni boshqalar bilan solishtirmay, razryadga taqsimlamay baholay olmaydi. Bu ikki 
bo'linmas tarixiy fikrni operatsiya qilish nazariyalarda o'xshash emasliklari bilan aks ettirilgan.
Nazariyalarda mazmuniga yoki «formasiga» e'tibor kuchaytirilgan. Bularda mazmun tarixiy 
qaytarilmas voqealarni moslashtirgan, formal esa printsiplar va konstruktsiyalar bilan 
moslashtirgan. 
Individual - sotsial. 
Ilmiy o'rganish boshidan sotsialdir. Shu bilan birga har bir o'rganuvchi shaxs o'z dasturiga 
ega va hech kim yetolmagan maqsadga intiladi. Ammo hammani boshqachaligini tan olish 
ma'nosiz bo'lar edi, agar umum qabul qilingan hisobot sistemasi bo'lmasa kategoriya sistemasi 
jamoani ijodi va boyligidir. Nazariyalar muallifini sanab borishi mumkin, ammo kategoriyalar 
«tilga» o'xshab nomsiz, ular butun olimlar tomonidan qabul qilinib har birini faoliyatiga rahbarlik 
qilib turgan printsip tarkibiga va tushuntirish nuqtasiga kiradi.Fan kategoriyasi tarixiy natijadir. 
Ularni mazmuni asrdan asrga o'zgaradi. Kategorial qurilish o'z rivojlanishida qator davrlarni o'tadi.
Psixologiya tarixining metodlari 
Psixologiya tarixidagi eng katta xavf bu tarixiy materialni tasvirlash bilan cheklanadigan 
empirizmdir. Tarixdagi empirizm faktlarga murojaat qilinganligi bilan emas, balki faktlar oldida 
ojizlik qilib, ularni sistemaga sololmaganligi, tushuntira olmaganligi, tekshira olmaganligi tufayli 
ularning o'z sifati, ilmiy qiymatini yo'qotib qo'yishi bilan xavflidir. Tarixiy tadqiqot metod va 
metodikalarining asosiy vazifasi manbalarni qidirib topish, tadqiqot mazmunini belgilash, fakt, 


nazariya, qonun tushunchalaridan iborat o'rganilayotgan materiallarni sistemalashtirishdan 
iboratdir. Psixologiya tarixining asosiy metodi o'tmish ilmiy sistemalarini tasvirlash va ularni tahlil 
qiluvchi nazariy rekonstruktsiya metodidir. Nazariy rekonstruktsiya ilmiy kontseptsiyalar
muammolar, tadqiqot metodlarini predmet mantiqiga mos ravishda tarixiy ketma-ketlikda 
reprospektiv qayta tiklash imkonini beradi. Tarixiy tadqiqot yo'nalishining bitta turi ilmiy 
maktablar hisoblanadi. Arxiv materiallarini o'rganish, izlanish, sharhlash, izoh berish, 
yo'naltirishni talab qiladi. 
Psixologiya tarixida interv`yu metodidan ham foydalaniladi. Biografik va avtobiografik 
metodlar ham psixologiya tarixida ko'p qo'llaniladi. Ilmiy ishlardan sitatalar keltirish chastotasini 
tahlil qilish ham tarixiy psixologik metodlardan biri hisoblanadi. Tarixiy psixologik faktorga 
munosabatini aniqlash va ularga baho berish uchun anketa metodidan ham keng foydalaniladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling