Qayd raqami


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/68
Sana03.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1153806
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Albert Galler ta'limoti haqida nima bilasiz? 
2. Proxazkaning sezgi haqidagi ta'limoti nima? 
3. Frantsiyada materialistik psixologiya. 
4. Funktsional psixologiya haqida gapiring. 
5- MAVZU. EKSPERTIMENTAL PSIXOLOGIYANING SHAKLLANISHI: 
BIXEVIORIZM. PSIXOANALIZ MAKTABI. 
Reja: 
 
1.
Ekspertimental psixologiyaning rivojlanish bosqichlari.
2. Bixeoviorizm maktabi 
3. Psixoanaliz maktabi 
Falsafa va biologiyaning rivojlanishi psixologiyaning paydo bo`lishi, rivojlanishiga omil 
bo`ldi, ya’ni Arastu davridagi falsafaning rivoji o`rnini X asrda tabiiy fanlar egallaydi.
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o`tkazishning malaka va 
ko`nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat. 
Eksperimental psixologiyaning vazifalari
1. Psixologiya fanida eksperiment o`tkazishning qonunlari, tartibi va printsipi bilan 
tanishtirishdan iborat. 
2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotorikani 
o`rganishdir.
Ma’lumki, X1X asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi 
bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo`lgan eksperimental metodning keng qo`llanilishi fanning 
bunday o`sishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar 
o`rtasida psixik hodisalarni o`rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan degan 
muammo paydo bo`ldi. 
Bu muammo bo`yicha faylasuf I.Kant o`z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada 
eksperimentning bo`lishi mumkin emas, chunki psixik xodisalarni o`lchash mumkin emas, ularga 
matematikani tadbiq qilish mumkin emas. 
Psixik hodisalarni o`lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning 
bo`lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr aytgan. U 
"psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida" shunday degan: "Mening 
tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o`zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va 
umuman tabiat fanlariga xam qisman aloqadordir". 
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – 
xissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruxiy xolatlar 
doimo o`zgarish jarayonida bo`ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o`zgarish va almashish 
jarayonida ma’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini 
o`lchash mumkin. Shuning uchun xam, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq 
qilish mumkin. 


Gerbart garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini 
isbotlagan bo`lsa ham, lekin uning o`zi bu metoddan foydalanmadi. 
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo`yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-
1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi 
ta’sirotlar (fizik omillar) ta’sirida sezgilarning o`zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni 
topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni 
qo`zg‘atuvchi ta’sirlar o`rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo`zg‘atgich logarifmasiga 
proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner o`tkazgan tajribalar 
"Psixofizika" degan alohida fanning paydo bo`lishiga olib keldi. 
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo`lib 
psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini 
isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan 
psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi. 
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm 
Vundt (1832-1920)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va 
o`z-o`zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt 
eksperiment va o`lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izoxli fanga aylantirishni 
maqsad qilib qo`ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo`lib qolgan bir qancha 
metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi xamda 
rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini 
tashkil qildi. 
Vundt shug‘ullangan masalalardan biri o`sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan 
diqqatni bir vaqtda ikkita xar xil ko`zgatuvchiga to`plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. 
Bu xodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida 
mayatnik o`ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo`lingan yoy atrofida 
xarakatlanadi va xar bir ma’lum vaqtdan keyin shig‘irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun 
kashf etilgan birinchi asbob edi. 
Ilmiy (izohli) psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo`shimcha vosita sifatida turdosh 
fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan 
ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. 
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaxarlarida 
xam, shuningdek, boshqa mamlakatlarda xam, jumladan Frantsiya, Angliya va Amerikada 
laboratoriya xamda institutlar tashkil qilindi. X1X asrning oxirida Rossiyada xam bir qancha 
eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, qozonda – 
Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva 
universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov raxbarligida eksperimental 
psixologiya instituti tashkil qilindi. 
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi – 
tabiiy eksperimental metod ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar 
psixologiyasini o`rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini 
ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda. 
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir 
ko`rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o`z-o`zini kuzatish yo`li bilan aniqlash qiyin 
bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar 
o`rtasidagi bog‘lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira 
sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan. 
Eksperimental analiz yo`li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur) ning 
aloxida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek 
tashqi fizik muxit xamda ijtimoiy muxit bilan bo`lgan bog‘lanishlari ochilgan. 
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning 
usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o`quv tarbiya ishlarida


meditsinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko`p 
foyda keltirdi. 
Shunday qilib, eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar vositasida psixik 
xodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o`zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga 
ulkan hissa qo`shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo`lishgan. Bugungi kunda esa 
taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o`rganish sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning 
rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o`zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan 
xam chambarchas bog‘liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. 
Eksperimental psixologiyani o`rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va 
yosh xususiyatlarini bilgan xolda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan o`rganishdan iborat. 
Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. 
Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruxi haqida ma’lumot olinadi, 
eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. 
G.Ebbingauz xotira jarayonini o`rgangan. Materialtii mustahkamlashga bo`lgan 
qiziqishning bo`lishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog‘liq 
bo`ladi, Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bo`lib, unutish materialni yod olingandan keyin 
darhol ayniqsa tez ro`y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi. 
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan. To`plangan 
natijalarning ko`rsatishicha, materialni yod olgandan so`ng unutish sur'ati tez, keyinchalik esa u 
birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma`nosiz ayrim bo`g‘inlarni o`ratish ustida olib borilgan 
ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarniag ko`rsatishiga qaraganda, o`rganilgan narsalar bir soatdan 
keyin unutiladi. Materialni o`zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish 
sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo`lgan 
narsa va hodisalarning o`zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo`qoIib boradi. Vaqtning o`tishi bilan 
birmimcha unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash
jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi. 
G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o`tkazilgan juda ko`p tadqiqotlarning 
ko`rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik 
anglanllganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik mazrnundor anglanilgan tushunib olingan bo`lsa, 
u holda unirtish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish 
avval tez sur'atda bo`lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o`zlashtirish. yoki 
esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoilyatiiing maqsadi bilan bog‘liq bo`lsa, bu 
material sekin unutiladi. Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga 
teskari proporsional xususiyat kasb etadi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling