Qayd raqami
Muloqot jarayonining tuzilishi (tomonlari)
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed
Muloqot jarayonining tuzilishi (tomonlari).
Kommunikativ. Muloqatga kirishuvchilarning o`zaro ma’lumot almashinuvi. Interaktiv. Bir-birining harakati va faoliyatiga ta’sir o`tkazish. Pertseptiv. Bir-birini (tashqi ko`rinishi, qiyofasini) idrok qilish (baholash). birinchi sinf o‘kuvchisining o‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘rnidan turishga odatlangan qoidasiniig bajarilishi hamdiradi. Odamlarning ijtimoiy qoidalarga murojaat qilishi ularda o‘z xulq-atvori uchun mas’ullik hissini uyg‘otadi, harakatlari va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini baholagai holda ularni to‘g‘rilab borish imkonini tug‘diradi. Qoidalarga qarab mo‘ljal olish kishiga o‘z xulq-atvorining shakllarini andazaga qarab moslash, keraklilarini, ijtimoiy jihatdan maqbullarini tanlab olish, nomaqbul shakllariga amal kilmaslik, o‘zining boshqa odamlar bilan munosabatlarini yo‘naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. O‘zlashtirilgan qoidalardan odamlar o‘zlarining xususiy xulq-atvorini o‘zgalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar. O‘zaro birgalikdagi harakat jarayonlarida ijtimoiy nazorat munosabatga kirishadigan odamlar «bajaradigan» rollar repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Psixologiyada rol deganda xulq-atvorning normativ jihatdan ma’qul bo‘lgan muayyan ijtimoiy mavqeni (lavozimga, yoshi yoki jinsiy belgilariga, oiladagi mavqeiga va boshqalarga ko‘ra) egallab turgan har bir kishidan tevarak-atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi. Sub’ekt o‘qituvchi yoki o‘quvchi, vrach yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, boshliq yoki bo‘ysunuvchi, ona yoki buvi, erkak yoki ayol kishi, mehmon yoki mezbon va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak. Yolgiz bir kishining uzi munosabatning turli xil vaziyatlariga duch kelarkan, qoida tarikasida har xil rollarni bajaradi. O‘zining xizmatdagi roliga ko‘ra direktor bo‘lib turgan kishi betob bo‘lib kolganida bemor roliga kirgan holda vrachning barcha ko‘rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga uy sharoitida u keksa onasiniyag mo‘mingina o‘g‘li rolini saqlab qoladi; mehmonlarni qabul qilayotgan kezda mehmonnavoz mezbon bo‘lib chiqadi va hokazo. Rol mavkelarining ko‘pligi ba’zida ularning to‘qnash kelishiga — rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo‘ladi. Uqituvchi pedagog sifatida o‘z o‘g‘lining harakteridagi kamchiliklarni sezmasligi mumkin emas va unga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish zarur, deb hisoblaydi, lekin ota sifatida u ba’zan rahmdillik qilib, bolaning salbiy qiliqlarini xaspo‘shlab, ularning avj olishiga ko‘maklashadi. Intizomsiz o‘quvchining ota-onalari huzuriga kelganda pedagog mehmon sifatida ularning farzandi nojo‘ya xatti-harakat qilgani xaqidagi noxush xabar bilan mezbonlarni ranjitmasligi lozim edi, lekin o‘qituvchi sifatida shunday qilishga majburdir. Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning o‘zaro birgalikdagi harakati rollar zhtimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istaydimi yoki istamaydimi, lekin atrofdagilar undan muayyan namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab kiladi. Rolning qonday bajarilishi ijtimoiy nazorat ostida bo‘ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baxolanadi va namunadan salgina chetga chiqilishi esa qoralayaadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, xush muomala, bolalarning ayblariga nlsbatan shafkatliroq bo‘lishlari kerak — bu rollar ehtimoliga mos bo‘lib tupladi va ijtimoiy jihatdan ma’kullanadi, har qanday rag‘batga loyiq deb tan olinadi. Lekin atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi xaddan oshib ketayotgani, hamma narsa ham kechirilayotgani sezilib turadi va kat’iyan qoralanadi. «Onajonisi o‘g‘lini erkalatib gobordi, ko‘p o‘tmay u xali onasi tugul, boshqalarnimng ham boshiga chiqib oladi»— bu qat’iy, ehtimol, nohaq, lekin onaning mehribonligiga nisbatan rollar ehtimolining eng oxirgi chegaraspnn aniq belgilab beradigan xukmdir. Ota-onalar bolalariga nisbatan qattiqqo‘l va talabchan bo‘lishlari kerak. Bu ham ota-onalar roliga oid yo‘l-yo‘rikdir. Bu o‘rinda ijtimoiy baho ana shu yo‘l-yo‘riklarning ikkinchi bir mutlaq chegarasini belgilab beradi «U onasining oldida miq eta olmaydi, u bolani tamomila ezib tashlabdi»,—«orqavoratdan» oralash shundokgina sezilib turibdi. Shu tarifa ona rolining bajarilishi ijtimoiy jihatdan ma’qul deb topitadigan muayyan diapazon mavjud. Xuddi shu narsa oilaning katta yoshdagi avlodga mansub boshqa a’zolariga ham taalluqlidir. Bolaga kelganda shuni aytish kerakki, uning rolidan gapga albatta quloq solishi, kattalarni hurmat qilishi, a’lo o‘qishn, saranjom-sarishta, tirishkok bo‘lishi va shu kabilar bnlan bog‘liq holda kutiladigan maqsadlar hammaga ayon. Atrofdagilarning barchasi — faqat oilada emas, balki undan tashqari hamma joyda bolaga (maktab o‘quvchisimi, yo o‘spirinmi, bun-dan qat’i nazar) sira ham «orqavoratdan» emas, balki, aytish mumkinki, «ochik tekst» bilan, uning o‘z roliga loyikmi yoki loyik emasligiki aytaveradi. Shunday qilib, o‘zaro birgalikda karakat kilayotgan odamlar xulk- atvorining bir-birlaridan kutgan tahshshlariga mosligi munosabat jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Munosbatga kirisharkan, har bir kishi o‘zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning xulq-atvori, so‘zlari va xatti-harakatlari ko‘proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda bo‘lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitshiga yoki ularda ko‘rishga tayyor bo‘lgan narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq, taxmin qilish qobiliyati va malakasi odob deyiladi. Buidan odobli kishi har doim va barcha xollarda bunday ehtimolga amal qilaverishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Bordiyu, sub’ektning prinsiplari va e’tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga nisbatan keskin ravishda zid bo‘lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‘lsa, u prinsipiallik ko‘rsatib, o‘z xulq-atvorining odobga qay darajada to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqida qayg‘urib o‘tirmasligi ham mumkin. Galileyning «u baribir aylanyapti!» degan mashhur iborasi undan o‘z so‘zidan tamomila va qat’iyan voz kechishni kutayotgan inkivizatorlarga «isbatan odobsizlik deb karalishi mumkin emas, albatta. Balki bu yuksak prinsipiallik, ilmiy halollik va grajdanlik matonat dalili, xolos. Lenin kundalik hayotiy vaziyatlarda noto‘tri taxmin qilish yoki buni inkor etish odobdan emas. Odobsizlik — bu munosabat jarayonida munosabatga kirishganlarning o‘zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chщishiga olib keladiean va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg‘araz harakterga ega bo‘ladi. Masalan, agar ikkita tanish odam uchrashganda juda ham rasmiy tarzda berilgan «Ishlar kalay»? degan savolga ulardan biri xonadondagi barcha kishilar sorlig‘i to‘g‘risida, keyingi kunlardagi uncha ahamiyatsiz voqealar xususida batafsil hikoya qila boshlasa, bu ma’lum darajada odobsizlik deb qaralishi mumkin. Lekin ayrim xollarda odob talablariga rioya qilmaslik jiddiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Bu ayniqsa, pedagogik munosabat chog‘ida odobsizlik ko‘rinishlarining sodir bo‘lishiga taalluqlidir. Konkret bir misol keltiramiz. Uqituvchi to‘qqizinchi sinfda ifodali o‘qish to‘garagini tashkil etib, uni ancha muvaffaqiyatli ravishda olib borardi. Uqituvchi o‘quvchilar kollektivining odamlardan tarkib topganligini va xatto yoppasiga, hammasi bilan ish olib borayotgan bo‘lishiga qaramay har birining shaxsini e’tiborga olish kerakligini esdan chikarmasligi shart. O‘quvchilar bilan psixologik bog‘lanish xatto vaqtincha yo‘qolsa ham katta ziyon yetkazishi aniq, bu aql bovar qilmaydigan salbiy oqibatlarga olib keladi. Mabodo hamjihatlikning bu tarzda buzilishlari istisno tariqasida bo‘lmasdan, balki qoidaga aylanib qolsa, u holda pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida tezdayoq bartaraf etish mushkul bir jarlik hosil bo‘ladi, deb baralla aytaverish mumkin. Pedagogik odobning tegishli aloqa o‘rnatish chog‘ida tarbiyachiga in’om etadigan imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib bergan xolda uning shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish imkonini beradi. Bog‘lanish (latincha sopasi ya’ni «yaqinlashish» degan suzdan olingan)—munosabatga kiruvchilar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa bo‘lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni ko‘ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o‘zaro bir-birlariga hurmati va ishonchidan iboratdir. Pedagog o‘quv-tarbiya ishi jarayonida o‘quvchilar bilan aloqa boglarkan, ulardan o‘qituvchi rolining o‘zi taqozo etadigan darajada izzat-ikrom kutadi. Bu o‘rinli rol taxminlari «O‘quvchilar uchun qoidalar» bilan, maktab an’analari, o‘qituvchilar kollektivining yakdil talablari bilan qo‘llab-kuvvatlanadi. Lekin munosabatda odamlarning aloqalari ikki tomonlama harakterga ega ekanligi o‘z navbatida o‘qituvchidan ham o‘kuvchilarga nisbatan hurmat va ishonch bildirilishini talab qiladi. A. S. Makarenkoning nomi bilan bog‘liq «Shaxsga nisbatan iloji boricha talabchanlik va unga nisbatan iloji boricha hurmat hamda ishonch bo‘lishi kerak», degan mashhur pedagogik ta’rifni juda yaxshi bilgan holda ayrim o‘kituvchilar uning faqat birinchi qismini qo‘llaydilar, garchi A. S. Makarenko bular yakkita har xil narsa emas, balki yolgiz birgina narsa, deb ta’kidlagan bo‘lsa ham, ta’rifning ikkinchi qismiga rioya etishni o‘zlari uchun shart deb hisoblamaydilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling