Qayd raqami
Muloqot jarayonining tomonlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed
Muloqot jarayonining tomonlari.
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya’ni biron kimsaga savol, iltimos, buyruq bilan murojaat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta’riflarkan, boshqa bir kishiga ta’sir o‘tkazishni, undan o‘zi xohlagandek javob olishni, topshirikning ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib yetishni zarurat tarzida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Munosabat maqsadlari odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi Bu xod quruq safsatabozlik, ya’ni fatik munosabat (lotincha, ya’ni nodon so‘zidan olingan), kommunikatsiya vositalarining birgina munosabat jarayonining o‘zini hosil qilishdan iborat yagona maksad yo‘lida tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi. Gogolning Xlestakovi tomonidan o‘ylab topilgan va uniyag «Pushkin bilan» bema’nilarcha «dialogi» ayni ana shundaydir: «Xo‘sh, Pushkin jo‘ra, ishlar qalay endi?»— «Shunaqa jo‘ra, — ba’zan o‘ziga o‘zi javob qaytaradi u, — endi hammasini aytaversam...» Agar munosabat fatik harakterda bo‘lmasa, u albatta ba’zi natijalarga erishilishini boshqa odamlar xulq-atvori va faoliyatining o‘zgartirilishini ko‘zlaydi yoki, har holda, ehtimolda tutadi. Bu o‘rinda munosabat shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yigindisi sifatida yuzaga chiqadi. Shaxslararo o‘zaro birgalikdagi harakat odamlarning bir- birlariga ta’siriga javobnniig vaqtga izchil yoyilgan tarzini ifoda etadi: A. individning B. individ xulq-atvorini o‘zgartiradigan xatti-harakati unda javob reaksiyasini paydo qiladi, o‘z navbatnda bu xulq-atvoriga ham ta’sir ko‘rsatadi. Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy odamlarning birgalikdagi harakati qoidalar va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab ko‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat-ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topadigan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos sistemasinn yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’mii-laydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda munosabat bildirishi dalolat bzradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi bexad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi, harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy qoidaga mos keladigan xulq-atvorga po‘lat erituvchining o‘z ish joyidagi eng yukori unumga erishuvi ham, Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling