Qayd raqami
Psixologiya tarixining manbalari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya tarixining manbalari
Psixologiya tarixining manbalari bo'lib psixologik bilimlarni to'plashni aks ettiruvchi barcha materiallar eng avvalo o'tmish psixologlarning faylasuflarning asarlari hisoblanadi. Tibbiyotga ayniksa, psixiatriya sohasiga oid bilimlar, shuningdek boshka fanlar tabiatshunoslik, jumladan fizika, ximiya, astronomiya, tilshunoslik, etnografiya, antrapologiya kabi fanlarning ma'lumotlari ham psixologiya tarixining manbai hisoblanadi. Psixologik bilimlar to'planishini tarixiy jarayonini o'zida aks ettirgan har qanday material psixologiya tarixi manbai bo'la oladi. Bular o'tmish faylasuflari va psixologlarining ilmiy ishlari bo'lishi mumkin. Psixologiya tarixining muhim manbai ijtimoiy praktika ya'ni tibbiyot, ta'lim va tarbiya, huquqiy praktika, moddiy ishlab chiqarish va hakozo hisoblanadi. Yana bir manbaa boshqa fanlar tabiatshunoslik, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya va boshqalar hisoblanadi. Bundan tashqari xalq og'zaki ijodi, yozma adabiyot, diniy falsafiy oqim va maktablar ham tarixiy psixologik faktorlarni aniqlashda, psixologik bilimlar tarixiy taraqqiyotini qayta tiklashda manbaa bo'lib xizmat qila oladi. Psixologik ta'limot insonga o'xshab qadimdan ma'lum. Inson o'z yaqinlarining xarakter va xulqiga moslashmay yashay olmas edi. Empirik anglashdan teoretik anglashga o'tish tabiiy sabablarga hamma nazorat qilingan holatlar tobeligi bilan bog'langan. Bu printsip determinizm deb ataladi va psixikani tushuntirishda ilmiy xarakter bergan. Psixologik tushunchalarni birinchi sistemasi Aristotelni «jon to'g'risida» degan traktatida tasvirlangan. Ammo mustaqil fan bo'lib psixologiya yuz yil ilgari shakllangan, ilgari psixologiya fani falsafa deb o'rganilar edi. Dastlab unga boshqa nomlar ham berilgan: a) mental falsafa b) pnevmatologiya Psixologiya o'tmishni faqat bu nomlar ostidagi kitoblarda, ya'ni falsafadan axtarish xatodir, chunki psixologiya bilimi kontsentratsiyasi insoniyatning aqliy ishlarini ko'p tomonlarida uchratish mumkin edi. Shuning uchun psixologiya tarixi (mustaqil fan bo'lgunga qadar bo'lgan davr) qalb to'g'risidagi falsafa ilmiga mos kelmaydi. Psixologiyaning o'tmishi to'g'risidagi ma'lumotni faqat bir-biri bilan almashgan falsafa sistemasi saqlab qolmay, uni tabiiy fanlar ayniqsa biologiya meditsina, pedagogika, sotsiologiya kabi fanlar ham saqlab kolgan. XX asrda psixologiyani o'tmishiga bir necha bor qiziqish kuchaydi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida qiziqish tobora kuchayib bordi. Bu yillar psixologiyaning uyg'onish davri deb hisoblanadi. XX asr 10-yillarida psixologiyani o'sha paytda hukmron bo'lgan metod va fan sifatida o'rganish sistemasi qattiq tanqid qilingan. Bu fanning predmeti bo'lib fenomenlar yoki ong aktlari, metodi esa o'z-o'zini eksperimental nazorat qilish to'g'risidagi tushunchadan iborat bo'lgan. XX asrning 30-yillari boshida psixologiya kapitalistik mamlakatlarda yana krizisga uchradi. Bundan oldingi davrni asosiy maktablari tarqaldi. Ammo u maktabning siniq parchalarida ko'plab yangilari paydo bo'ldi. Psixologik o'rganishni metodologik muammolariga qiziqish kuchaydi va bir necha yirik tarixiy psixologik ishlar paydo bo'ldi. Sobiq sovet psixologlarining ishlarida psixologik fikrni o'sishi amerikalik va boshqa chet el tarixchilariga qaraganda boshqa g'oyaviy - teoretik pozitsiyada ko'ringan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling