Qayd raqami
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Te
st tu rl ar i 4-MAVZU: PSIХОLОGIK BILISH FАОLIYAT SIFАTIDА REJA: 1. Psiхоlоgiya fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri biliishning psiхоlоgik fаоliyati хususiyatini vujudgа kеltiruvshi tuzilishining аsоsiy jаbhаsi sifаtidа. 2. Psiхikа vа bоrliqni ilmiy bilishning tаdqiqоt etishdа fаоliyatli yondаshuv. Qo`shimshаlilik vа mаvjudlik tаmоyillаri psiхоlоgik hоlаtlаrni оntоlоgiyalаshtirishning birlаmshi pоstulаti ekаnligi. Psiхik bоrliqni аniqlаshdа rеlyativistik vа kоnstruktiv yondаshish. Psiхоlоgiyadа fizik mоnizmni inkоr etish. Sub’еkt хаyoti vа fаоliyati, qаdriyat mаzmunini o`lshаsh psiхоlоgik tаdqiqоt оb’еktining fаzоviy mаvjudligini ekаnligi. 3. Psiхоlоgiyadа mа’lumоt vа dаlil tushunshаlаri. Tаdqiqоt оb’еktа vа prеdmеti. Оb’еktlаr tipоlоgiyasi vа ulаrning o`zаrо tа’siri хususiyatlаri. 4. Psiхikа tаdqiqоt tizimi qurоli sifаtidа. Ishki rivоjlаnish vа mаqsаdini kuzlаsh kоbiliyati insоn хususiyati sifаtidа. Psiхоlоgik tadqiqot оb’еktlаrining sun’iyligi, diаlоgliligi, tаriхiyligi. 5. Psiхоlоgiyadа dеtеrminizm turlаri (sistеmаli, qаytа аlоqа tipdаgi, ehtimоl, mаqsаdli). Psiхоlоgiyadа tаsvirlаsh, tushuntirish vа bаshоrаt qilish (оldindаn аytib bеrish). Psiхоlоgiyadа bilimlаrnipg оb’еktivligi vа аniqligi. Psiхоlоgiyadа bilimlаrning hаqqоniyligini tеkshirish yo`llаri. Prеdmеtlilik printsipi, оng vа fаоliyat birligi printsipi, tаrаqqiyot printsipi. Psiхоlоgiyadа fаоliyatli yondаshuvning аsоsini tаshkil qilish. 6. Psiхоlоgik bilishdа аmаliyotning rоli. Аmаliyot vа mеtоdоlоgiya. Psiхоlоgiyadа kоnstruktiv yondаshishning yuzаgа kеlishi vа rivоjlаnishi. Shаkllаntirish psiхоlоgiyadа bilish mеtоdi sifаtidа. Bilish nazariyasi falsafa, tarix, filologiya, psixologiya, kibernetika, pedagogika kabi fanlarning predmetiga kirgan bo`lib ularning har qaysi Alohida o`z tadqiqot obyektidan kelib chiqqan holda uning u yoki bu jabhalari va jihatlarini o`rganadi. Boshqa fanlardan farqli o`laroq, psixologiya fani inson ontogenezida bilishning vujudga kelishi, uning psixologik qonuniyatlari, mexanizimlari, unda ehtiyoj, motiv, emotsiya, xarakter, va irodaning roli, obyektning notanishligi, ko`rinishi, shakli fazoviy joylashuvi hamda materiallar mazmunining ahamiyatini tekshiradi. Bizni qurshab turgan obyektiv dunyo (borliq)ni bilishning jahon psixologiyasi fanida yuzlab ilmiy nazariyalari, mustaqil konsepsiyalari, tugal qarashlari, puxta pozitsiyalari, xilma xil yondashishlari mavjudligi munosabati bilan biz bu asnoda o`zimizning shaxsiy fikrimizning umumlashmalar umumlashmasi darajasida talqin qilish bilan qanoat hosil qilamiz, xolos. Biroq shu narsani alohida takidlab o`tish joizki,bilishning filogenetik qonuniyatlari, xossalari, taraqqiyot bosqichlari, ularning bunyodkor mexanizimlari muayyan o`ziga xos xususiyati, o`ziga xosligi, ulardagi barqarorlikni ta`minlovchi muhim shart-sharoitlar, harakatlanuvchi kuchlar, obyektiv va subyektiv omillar (faktorlar)ning tasirchanlik (tasir o`tkazish) imkoniyati rang-barangligi tufayli ontogenetik davrning xususiyatlariga to`xtalishning o`zi yetarlidir. Mazkur yondashishni amalga oshirish(realizatsiya qilish) orqali ijtimoiy- tarixiy davrning murakkab bog`lanishlari, ularning ierarxiyasi, ularni keltirib chiqaruvchi manbai, negizi, ijtimoiy psixologik ildizi va sabab oqibatlari bilan uyg`unlikka ega bo`lgan tafsilotlardan mumkin qadar cheklanish imkoniyatini yaratdi. Bu esa, o`z navbatida, yuzaga kelgan muammoni yechimi, uning psixologik tahlili, talqini, izohi, izchilligi, o`zaro tasir etish (tasir o`tkazish, tasirlanish) ehtimoli bo`yicha fikr va mulohazalar ko`lamini kengaytirishga muayyan shart-sharoitlar yaratadi, obyekt yoki subyekt to`g`risida yaqqolroq va aniqroq fikr almashish uchun mustahkam psixologik zamin hozirlaydi. Muammoning metodologik va ilmiy- nazariy talqinidan kelib chiqqan holda ushbu sahifalarida bilishning psixologik fazalari, bosqichlari, darajalari, ko`lami, kengligini, chuqurligi, yaxlitligi, to`laligi, aniqligi, yaqqolligi, ifodalanish (aks etish imkoniyati) shakllari (formasi,tiplari) vositalari, barqarorligi, puxtaligi, mustaqilligi, ijtimoiy psixologik mexanizmlari to`g`risida mulohaza yuritishga, ularni sharxlashga o`rin ajratiladi, binobarin, ontogenezda geteroxronlikka taalluqli ma`lumotlar tahlil qilinadi. Xo`sh, insonning ontogenetik hayoti va faoliyatida bilish jarayonlarining funksiyasi qachondan boshlanadi, u qay tariqa rivojlanadi(asta- sekin, buzib, tuzatib, birdaniga, “insayt”, sakrab-sakrab, bir tekis, dinamik va boshqacha shakllar orqali), qanday yo`sinda takomillashadi(ichki imkoniyat, rezerv orqali yoki tashqi qo`zg`atuvchilar kuchi,quvvati,yangilik elementlariga serobligi, subyektiv va obyektiv omillarining ustunligi), o`ziga xos mazmun (orginallik,izchillik,mantiqiy uyg`unlik,o`zaro taqozochanlik imkoniyati) hamda mohiyat (tub, tur, tus,kontekst,polingizim)kasb etib boradi. Bunda shaxsiyatlik, individuallik, gidrogenetik, gomogenlik, geterozigotlik, gomozigotlik xususiyatlari qanday rol o`ynaydi? Bizningcha, obyektiv dunyo(borliq,moddiylik) to`g`risidagi malumotlar, xabarlar, fan asoslari bo`yicha axborotlar, ijtimoiy va individual tajribalar, shaxslararo va guruxlararo munosabat, kishilar o`rtasidagi muomala. O`rnatish hamda uni muayyan davr boshqarib turish, faoliyatini tashkil qilish va unga subyektlarini jalb etish, o`z-o`zini anglashga taalluqli tarkiblar bilan odamlarni qurollanishga,ijod va yangilik yaratishga qaratilgan kreativ, intiutiv, murakkab, ierarxiyali,integral xususiyatli faqat insongagina xos, aqliy va jismoniy negizga quruluvchi intilish (ehtiyoj va motiv zaminidan kelib chiquvchi) va faollikning majmuasi bilish deb ataladi. Fan olamida bilishning mohiyatini ochib berishga qaratilgan, yo`naltirilgan falsafiy tariflar mavjud bo`lsa-da, lekin ular tub ma`noda uning psixologik mohiyati (xususiyati )ni yoritib berish imkoniyatiga ega bo`lmaganligi sababli, biz o`z shaxsiy fikrimizni ifoda qilishga harakat qildik, biroq bu narsa aslo uning mutloqlikka davogar ekanligini bildirmadi, chunki ayrim zaif tarkiblar, bog`lanishlarda egiluvchanlik yetishmasligiga imonimiz komil, xuddi shu bois ehtiyotkorlik, etik qoidalarga rioya qilish g`oya nufuzini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Bilish jarayonlarining asosiy mahsuli –muayyan tizimli va tuzilmali, turli shakldagi (ko`rinishdagi, verbal va noverbal simvolik va hokazo)bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo`ladi, ularning har qaysi o`ziga xosligi bilan bir biridan ajralib turadi, shuning bilan birga aks ettirish imkoniyati, tanlovchanlik xususiyati orqali o`zaro tafovutga ega. Biroq bilimlarning shakli, ko`rinishi,mazmuni aks ettirishdagi batafsillik,yaxlitlik,ixchamlik, tashqi va ichki omillar bilan mujassamlashganligiga ko`ra,ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin. 1.Emotsional –hissiy ma`noli 2.Piktogrammaviy mohiyati. 3.Chizma grafik ko`rinishli. 4.Shartli belgili,simvolik xususiyatli 5.Irodali harakatli. 6.Verbal(so`z)ifodali va boshqalar. Dunyoda mavjud va qollanib kelinayotgan bilimlarning tuzilishi, faolligi,aniqligi,mazmundorligi, ko`lami va qamrovi, muayyan kasbiy ma`no aks ettiruvchanligiga binoan, ularni ushbu ko`rinishlarga ajratish maqsadga muvofiq. 1.Sodda –murakkab 2.Ma`noli- ma`nosiz. 3.Chuqur-yuzaki. 4.Tartibli-tartibsiz. 5.Barqaror-beqaror. 6.Puxta. 7.Mustaqil. 8.Keng qamrovli-tor hajmli. 9.Nazariy-amaliy kabilar. Bilimlarning u yoki bu turkumiga,guruhga aloqadorligi to`g`risida ta`lim psixologiyasi,didaktika singari fan soxalarida bir talay ma`lumotlar, qonuniyatlar,qoidalar,xossalar bayon qilinganligi sababli ularning mohiyatini ochishga, har tomonlama ularni talqin qilishga hech qanday hojat yo`q deb hisoblaymiz. Endi yuqorida o`z oldimizga qo`yilgan ilmiy nazariy va metodologik savollarga har jihatdan asosli javob berishni namoyish qilish maqsadida avval bilimlarning takroriyligi,tarkibiyligi,muayyan qisimlardan tuzilgnligi to`g`risida axborot bersak,keyinchalik esa uning har bir bosqichi (mohiyati)ga ta`luqli malumotlar keltirsak, va eng so`ngida har qaysi tushunchani psixolingvistik nuqtai nazardan izohlasak,imkoniyat boricha psixologik an`anaviy yondashishdan nechun uzoqlashganimizni asoslashga intilsak,mazkur mulohazalar bu borada ilmiy baxslar davom etishini ro`y-rost takidlab o`tsak,u holda saiy-harakat motivini haqqoniy baholash imkoniyatiga ega bo`lgan bo`lar edik. Inson ontogenizda bilish jarayonlarini vujudga keltiruvchi va ularni amalga oshiruvchi,funksional holatni yaratuvchi,uni harakatlantiruvchi kuch sifatida hukm suruvchi manbalar,negizlar, mexanizmlar,bizningcha quyidagilardan iborat. 1.Tug`ma instinktlar. 2.Shartsiz reflekslar. 3.Shartli reflekslar. 4.Idiomotor harakatlar. 5.Predmetli harakatlar. 6.Taqlid yoki imitasiya. 7.Tajriba-mashq. 8.Bilim, ko`nikma, malaka va odatlar. 9.Funksialar. 10.Regulyatsiya. Bilish jarayonini vujudga keltiruvchi muayyan obyekt(subyekt)mohiyatida tutib turuvchi,funksional holatni saqlab,barqaror tus beruvchi asosiy psixologik negizlar tariqasida : 1.Ehtiyoj (o`zining turli ko`rinishlari bilan ). 2.Motiv (motivatsiya: uning o`ziga xos turlari). 3.Mayl. 4.Moyillik (uning batafsil, uzluksiz, izchil holatlari). 5.Qiziqish (bosqichlari, darajalari, xillari, xususiyatlari, ko`lami, sifatlari). 6.Ustanovka (ta`biiy holati, umumpsixologik, ijtimoiy psixologik, ongsizlik, onglilik va ostonklilik bilan aloqadorligi). 7.Kayfiyat, ya`ni his tuyg`ular,ichki va tashqi kechinmalar, shakllari, kuchi, davomiyligi. 8.Tug`ma, irsiy, tabiiy alomatlar. 9.Faollik(kishiga ta`sir etuvchi belgilar, unga undovchi omillar, barqarorlikni ta`minlovchi faktorlar) 10.Indendifikatsiya. 11.Refleksiya. 12.Ilhom. 13.Ijodiyot. 14. Qulay shart- sharoit yoki muhit. 15.Fiziologik va psixologik mexanizmlar xizmat qilishi mumkin. Yoyilish jarayonida inson miyyasiga kirib boruvchi,o`ziga xos iz qoldiruvchi, har xil munosabatlarda ifodalanuvchi, xohish va ehtiyojlar mahsulasi sifatida vujudga keluvchi, mantiqiy yoki mexanik ravishda o`zlashtirilgan aks ettirilgan, egallangan bilimlarning shakllari va turlari. 1.Sodda tarzdagi ta`sirlanish(biologik va fiziologik darajada). 2.Muvaqqat taassurotlar(shartli reflekslar asosida). 3.Tashqi belgilarga asoslangan tanishish. 4.Ilk tasvirlar majmuasi. 5.Obrazlar(turli ko`rinishlari, bosqichlari, ko`lami, uzviyligi, uyg`unligi kabilar). 6.Tasavvur timsollari (har xil bosqichdagi, turlicha aniqlikdagi) 7.Tushunchalar(yaqqol, umumiy, xususiy, yakka, mavhum, `planma). 8. Hukm (chin, taxminiy, zid, qarama-qarshi va hokazo). 9.Xulosa chiqarish (induktiv, deduktiv, anologiya). 10.Anglash (mavhumlashni mavhumlashtirish, umumlashmani umumlashtirish, shaxsiy pozitsiya, yondashish, individual talqin, konsepsiyasining tug`ulishi).11.Tushinish (fikriy, mantiqiy, inteliektual). 12.Kreasiya (ijodiyat, ijod, ijodiy qobilyat va istedod, kashfiyot, ixtiro va boshqalar).13.Antitipasiya (faoliyat va ijod mahsulining oldindan madelini yaratishdan iborat shaxs fazilatlari). 14. Refleksiya(faoliyat va xulq-atvorni ongli boshqarish imkoniyati)). 15. o`z o`zini anglash (o`tmishdagi “Men”, hozirgi “Men”, bo`lg`usi “Men”, ideal “Men”, dinamik “Men” yoki o`zlik) kabilardan iborat bo`lishi mumkin. Obyektiv borliq (dunyo, real voqeylik)ni inson tomonidan aks ettirish negizida unga nisbatan shaxsni individual munosabati va muomala uslubi yotishi, ularni foydalanish imkoniyatini ongsizlik, ostonglilk, onglilk hamda o`z o`zini anglash bosqichlari, mexanizmlari vujudga kelish xususiyatlari, hukm surish xossalariga bog`liqdir. Yuqorida bildirilgan sxematik fikrlar, mulohazalar, muhokamalar bayonidan ko`rinib turibdiki, inson nafaqat muayyan axborotlar, xabarlar va bilmlarni o`zlashtirish hamda egallash bilan qanoat hosil qilish bilan cheklanmasdan, balki u yangilik yaratish, o`zining ijodiy mahsullari bilan ma`naviy boyliklarini ko`paytirishga butun ongli faoliyati, mehnati davomida intiladi. Bu narsa insondan onglilkning ongliligini (o`rta onglilik yoki individual onglilik, allomatik yoki daholikni) taqazo etadi, bilishning yuksak darajalari, mukammal tizimini talab qiladi, binobarin, mazkur holat, o`z navbatida, ijodiy tarixiy jarayonni keltirib chiqaradi, subyektlilk, komillik bosqichlarini o`zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ana shu o`ta murakkab psixologik holat yoki hodisani atroflicha dalillash(isbotlash) maqsadida bir qator omillarga murojaat qilish, ularni yordamida integrallik (jips birlilk) mohiyatini, ierarxik xususiyatlarini tahlillash, tarkibiy qismlarining o`rni, vazifasi, roli va ahamiyatini ochib berishga muhim ruhiy zamin hozirlaydi, fikrlashda mantiqiy izchillik mavjudligiga kafolat tuyg`usi tug`uladi. Ontogenezda inson bilishining psixologik tuzulishi, uning o`ziga xos xususiyatini sharxlashda moddiy manba, harakatlantiruvchi turtki, kuch-quvvat negizi, atrof muhitni aks ettirish bosqichlari, ifodalanish shakllari va ko`rinishlari, ruhiy jarayonlarning qatnashivi, shaxslararo munosabat, o`z-o`zini baholash va borliq to`g`risida taassurotlari, bilimlari orqali namoyon bo`lishi muayyan tartibda joylashtirish quyidagi orginal sxemani vujudga keltiradi. Oldimizda turgan navbatdagi ilmiy- nazariy va metodologik asosiy vazifa bu mazkur tizimli sxemaning psixologik talqini, faraziy mulohazalar, har bir tarkibning o`zaro izchil bog`liqligi va uyg`unligi to`g`risida fikrlashdan iboratdir. O`ylaymizki, ushbu g`oyani psixologiya fani negizida ilgari surish jarayonida bahsli, munozarali jihatlarining mavjudligi va ularning bosqichma bosqich bayonda tug`ulishi omillar uning orginalligidan dalolat beradi, bilish bosqichlari o`rtasidagi jahon psixologiya fanidagi, gumanitar va ijtimoiy predmetlar hukm surib yuruvchi talqinlardagi uzulishlarni to`ldirishga xizmat qiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling