Qayd raqami
-MAVZU: FЕNОMЕNОLОGIYA SОHАSI BO`YISHА PSIХОLОGIK
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
6-MAVZU: FЕNОMЕNОLОGIYA SОHАSI BO`YISHА PSIХОLОGIK
YONDАSHUVLАR REJA: 1. Fеnоmеnоlоgiyagа оid yangishа munоsаbаt vа uning psiхоlоgik tаvsifi. Fеnоmеnоlоgiyaning zаmоnаviy tа’rifi, mоhiyati. 2. Tаqlid, yuqish, ishоntirish psiхоlоgik fеnоmеnаl hоdisа sifаtidа. Mаzkur fеnоmеnlаrning ijtimоiy hаyotdаgi o`rni, аhаmiyati hаmdа ijоbiy vа sаlbiy ko`rinishlаrgа egа ekаnligi. Ulаrning tаdqiqоt mеtоdlаri to`g’risidа mulоhаzаlаr. 3. Idrоkning fеnоmеnаl hоlаtlаri to`g’risidа umumiy tushunshа: Illyuziya, gаllyusinаtsiya, аttrаksiya, kаrоmаt qilish. Аntisipаsiya to`g’risidа tushunshа. Аntisipаsiya tuzilishi: subsеnsоr, subsеptiv, sеnsоmоtоr, sеnsоr, tаsаvvur, ijоdiy- хаyoliy. Аntisipаsiyani o`rgаnish mеtоdlаri. Pеrsеptiv himоya. 4. Siyosiy lidеrlik vа ulаrning o`zigа хоs хususiyatlаri. Siyosiy lidеrlаr klаssifikаtsiyasi. Ko‘pgina psixologlarning qarashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik tavsifi qiyofasining tuzilishida yetakchi rol o‘ynashi va qayd etishi ta’kidlanadi. Shu jumladan, tadqiqotchi N.I.Reynvaldning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (xislati) uch mezon asosida taxdil qilinishi joiz: orientirovkaning darajasi va anglanganlik xususiyatiga; u yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi; paydo bo‘lishning jadalligi, jiddiyligi va zo‘riqishga, ya’ni insonning emotsional irodaviy, bilishga oid sifatlari nuqtai nazariga va boshqalar. N.I.Reynvaldning izohlashicha, faoliyatning regulyatsiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish ularning uch o‘lchovli (mezonli) tasnifining akd (intellekt), hissiyot (emotsiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi shaxs tuzilishini temperament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstraversiya, introversiya omillariga ajratishga barham beradi. N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi A.R.Luriyaning miya faoliyatining uch blokli roli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi, akl (intellekt) ko‘p hollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkiliylilik) programmalashtirish bloki bilan, xilmaxil emotsional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida «energetik» blok yotadi. Akl, hissiyot, iroda va ularni ro‘yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan insonning atrofmuhitga nisbatan munosabatining uch lahzasini anglatadi. Xullas, qarashlarning rangbarangligi muammo yechimining har xil variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, modullari va modellari bir davrning o‘zida hukm surishini ta’minlaydi hamda sistemali yondashuv majmuasi yuzaga kelishi uchun puxta negiz, mexanizm va barqaror manba hozirlaydi. Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik kategorilaridan keskin ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiytarixiy taraqqiyotida ham xuddi shunday yuksak nufuzga ega bo‘lib qolaveradi. Jamiyat mavjud ekan, uning qudrati, harakatlantiruvchi kuchi, moddiy va ma’naviy mahsulot yaratuvchisi bo‘lmish insonningaxloqi, aqlidroki, yuksakhistuyg‘usi, irodaviy fazilati, qobiliyati va salohiyati yuzasidan yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish masalasi o‘z mavqeini aslo yo‘qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi, uning kamoloti, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va intilishning roli masalalari XXI asrda tadqiqot etilishga muhtojdir. Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormokda va bu jarayon keyingi asrda yanada jadallashadi. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o‘rganishda differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik (birikuv) tavsifi bo‘yicha integratsiya holati ko‘zga tashlanmokda. Inson bir qator fanlarning tadqikrt ob’ekti ekanligi yig‘iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling