Qayd raqami
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
a) o‘ng tomonli ijobiy
ассиметрия b) chap tomonli salbiy assimеtriya Maktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim malakalari, ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi. Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosabatini o‘rganish uchun ularni tekshiradi. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish. Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan. Jumladan, maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir: a) psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi; b) aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi; v) yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati; g) borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi; d) tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi; e) fikrlay olish va boshqalar. Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi. Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi. Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi. Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin». Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi. Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridanto‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridanto‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik): Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz». Test predmetligi bo’yicha intellektual shaxsiy va shaxslararo testlar. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo’yicha amaliy, obrazli va so’zli testlar. Materiallar bo’yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlar Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling