Qaysi javobda holli so‘z birikmasi


Download 20.28 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi20.28 Kb.
#1373407
  1   2
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test(1)

  1. Qaysi javobda holli so‘z birikmasi


ishtirok etmagan?

    1. Kelajagim obidasin qurgan insonman! O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!

    2. Buncha bino qo‘yma zarrin

choponlarga, Saratonda yaproq bo‘lgin
dehqonlarga.

    1. Qo‘rqoqning ko‘ziga tik qara, bolam, Biror so‘z demasdan uzoqroq qara.

    2. Bu hikmat sharhini o‘yladim uzoq

Rostdan ona erur qiblai olam.


  1. Quyidagi qaysi gap(lar)da son otlashmagan?


1) Chollarning ikkalasi ham yetmish yoshdan oshgan edi. 2) Ikkovi bitta
zog‘ora nonni yeb qo‘yishdi. 3) Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 4) Ikkalamiz imtihonlarga puxta tayyorlandik.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 3



  1. Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlari, Buralib ko‘katlar ustidan chopar, Uzilgan marvarid yarqirashlari.

Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang.


    1. Parchada ikkita yasama fe’l ishtirok

etgan.

    1. Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas.

    2. Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan.

    3. Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid so‘zlardan hosil qilingan.



  1. Paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq


xatolik mavjud bo‘lgan gapni aniqlang.

    1. Kechalar uyqusiz she’r yod olganim

Tonggi ufqdagi yolqinlar aytsin.

    1. O‘zga yurtda shox bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l.

    2. Yillar o‘tar, o‘tar asrlar qator,

Dunyoga keladi yangi avlodlar.

    1. O‘qiyotgan kitobimning uch bobini

tugatdim.


  1. Qaysi so‘z imloviy jihatdan to‘g‘ri


yozilgan?

    1. tavsilot B) tanavvul

C) tashviqot D) tafsiya



  1. Tojikning oti Tursun bo‘lsa, o‘zbekning oti G’ulom bo‘lsa, uning tojikligi-yu mening o‘zbekligim qayoqqa borar edi?

Berilgan parchadagi fonetik hodisa


asosida yozilgan so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni belgilang.

    1. Fonetik hodisalar faqat yasama

so‘zlar tarkibida kuzatilgan.

    1. Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.

    2. Tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan.

    3. Tovush tushishi olmosh tarkibida kuzatilgan.



  1. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z metafora usulida ko‘chma ma’no hosil qilgan?


    1. Auditoriya bir lahza jim qoldi..

    2. "Rossiya"ga qanday borsam bo‘ladi?

    3. Mungli kuy yurakni tirnar edi.

    4. Eshitgan quloq nima deydi?




  1. Bu asar yozilgan paytlarda xalqimiz tarixini to‘la va atroflicha o‘rganish, o‘tmishda o‘tgan sarkardalar, amirlar va xonlar faoliyatiga xolis baho berish nihoyatda mushkul, xatarli ish edi. Berilgan gapda qaysi bo‘laklar uyushgan?

1) kesim; 2) ega; 3) hol; 4) to‘ldiruvchi; 5) aniqlovchi
A) 2, 4 B) 1, 2, 3, 5
C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 5


  1. Yasalish asosi fe’lga mansub bo‘lgan


otlar berilgan javobni belgilang.

    1. pishiqchilik, suvoqchilik, kamchilik

    2. siniq, to‘liq, to‘kin

    3. terimchilik, atamashunos, chidam

    4. sog‘inch, o‘kinch, sevinch



  1. Qaysi javobda tushum kelishigining ikki


o‘rinda belgili qo‘llanishi uchraydi?

    1. Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi, Adoqing tufrog‘ini surma qildi.


    1. Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga, Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.

    2. Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting, Men xasta gado holini sultonima ayting.

    3. Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondir.



  1. Qaysi javobdagi juftliklarda ot va sifat yasovchi qoshimchalar o‘zaro omonimlik hosil qilgan?


    1. supurgi-kuzgi

    2. kelinchak-kuyunchak

    3. qarsak-o‘ksik

    4. to‘lin-to‘kin




  1. O‘z vataningga muhabbatingni o‘z tilingga muhabbating bilan tasavvur qilasan.

Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega


ismlar guruhiga mansub so‘zlar sonini

aniqlang.


    1. 6 ta B) 7 ta

C) 5 ta D) 4 ta


  1. Qaysi gapda qo‘shma fe’llar mavjud?


    1. Shubhasiz, Vatanimizning kelajagi

yorug‘ va ertasi porloq.

    1. Bilim kaliti yordamida yo‘llarida uchraydigan muammolarni yechib ketaveradilar.

    2. Kelajakning oltin kaliti turli sohalarda o‘zini ko‘rsata oladigan yoshlar qo‘lida.

    3. Xalqimiz farzandlari bugun dunyoning eng taraqqiy etgan bilim

dargohlarida ta’lim olib kelmoqdalar.



  1. U kelsa, oshnasini ko‘rmay ketmaydi. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping.

    1. Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarning kesimlarida har xil shaxs- son ma’nosi ifodalangan.

    2. Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarda tasdiq ma’nosi ifodalangan.

    3. Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarning kesimlarida o‘zaro bir xil mayl ma’nosi ifodalangan.

    4. Ushbu qo‘shma gapdagi sodda

gaplarning kesimlari har xil nisbat shaklida qo‘llangan.


  1. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan yasama so‘zlar qatori berilgan?


    1. tirnoq, chelak, parrak

    2. qiliq, istak, elak

    3. so‘roq, terak, ko‘zoynak

    4. bo‘yoq, ittifoq, qiziq



  1. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv


bog‘lovchisi ishtirok etgan?

    1. To‘satdan eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi.

    2. Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, ko‘plab

savollarga javob berolmadi.

    1. Oyim gapiryaptilar-u, mening

ko‘zlarim Kimsan akamda.

    1. Eh do‘stim, umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar.



  1. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga


ega?

    1. asir, hiyla

    2. ortmoq, tugmoq

    3. bormoq, bo‘lmoq

    4. adil, a’yon



  1. Tarkibida fe’lning vazifa shakllaridan faqat harakat nomi qatnashgan sodda gapni aniqlang.


    1. Bu suratlarga qarash kishiga zavq berar edi.

    2. Har qaysi millatning o‘ziga xos

ma’naviyatini shakllantirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.

    1. Shunisi aniqki, yolg‘on gapirish

yomon odat.

    1. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman.




  1. XVIII asr oxiri - XIX asr 20-yillaru

Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur
masalnavis adib va hassos shoirdir. U she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.

Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?


    1. Avloniy B) Avaz O‘tar


C) Gulxaniy D) Zavqiy


  1. Qaysi qatorda Nodar Dumbadzening qissa janridagi asarlari berilgan?


    1. Oq bayroqlar”, “Qishloq bolalari”

    2. Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Kukaracha”

    3. Quyosh kechasi”, “Quyoshni ko’ryapman”

    4. Abadiyat qonuni”, “Hellados”




Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling