Qaysi javobda ona tiliga doir atamalar berilgan?


Download 26.62 Kb.
bet1/19
Sana07.03.2023
Hajmi26.62 Kb.
#1244390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
test sorawlari juwapsiz Ozbek tilining tarawda qollaniwi


Qaysi javobda ona tiliga doir atamalar berilgan?
Sinonim, undosh, paronim, bo‘g‘in
Loyiha, chizma, uskuna
Kvadrat, teng, integral
Yaproq, po‘stloq, ildiz, daraxt

Atamalar berilgan qatorni toping.
Narvon, shoti, sarlavha
O‘lpon, botmon, bo‘luv
Kub, kvadrat, integral
Hayot, soliq, davr

Qaysi javobda iqtisodiyotga oid atamalar berilgan?
Soliq, siyosat, sinov
Mavzu, fonema, jamiyat
Pul, daromad, iste’mol
Jadval, teng, siyosat

So‘zlashuv uslubiga xos so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang.
Eshikdan ko‘zoynak taqqan Xayri xola ko‘rindi
Bizni tabriklab qo‘ying, onajon, rahbar bo‘ldik
Traktorni tomorqamga oborib ishlayapmanmi, olifta-quruq!
Ular boshlarini ko‘tarib, suyukli muallimni tabassum bilan qarshiladilar

Qaysi javobda publitsistik uslubga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
Voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash usuli
Ommaviy axborot vositalari uslubi
Ish yuritish qog‘ozlari uslubi
Atamalarga tayanib fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub

Quyida keltirilgan gap qaysi uslubga xos? Ariqlarda suvlar qaymoq bog‘lagan
So‘zlashuv uslubi
Badiiy uslub
Rasmiy uslub
Publitsistik uslub

Yotoqxonada yashovchi talabalar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi. Ushbu gap qaysi uslub namunasi?
So‘zlashuv uslubi
Badiiy uslub
Rasmiy uslub
Publitsistik uslub

Uydan ketganimga o‘n yil bo‘libdi
O‘n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq
Men yurgan yo‘llarda o‘tlar unibdi
Ko‘milib bo‘libdi men kezgan so‘qmoq. (A.Oripov)
Yuqorida berilgan parcha qaysi uslub namunasi ekanligini aniqlang.
So‘zlashuv uslubi
Badiiy uslub
Rasmiy uslub
Publitsistik uslub


Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling