Qayta o’zlashtirish


To`xtash – transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to`xtatish (harakatsiz xolatga keltirish). To`xtab turish


Download 0.51 Mb.
bet3/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1189995
1   2   3   4
Bog'liq
asosiy atamalar.0709

To`xtash – transport vositasining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to`xtatish (harakatsiz xolatga keltirish).
To`xtab turish – transport vositasining harakatini yo`lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog`liq bo`lmagan vaziyatlarda 10 daqiqadan ko`proq vaqtga atayin to`xtatish.
Qorong`i vaqt – kechki g`ira-shiraning ohiridan tongi g`ira-shiraning boshlanishi orasidagi vaqt.
Qatnov qismi – yo`lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo`ljallangan qismi.
Quvib o`tish – egallagan harakatlanish bo`lagidan chiqib, oldinda ketayotgan transport vositasidan o`zib ketish.
Chorraha – Yo`lning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.
Haydovchi – yo`llarda biror bir transport vositasini boshqaruvchi shaxs.
Boshqarishni o`rgatuvchi, miniladigan hayvonlarda ketayotgan yoki ularni etaklab borayotgan, chorva mollari (poda) ni haydab borayotgan shahslar ham haydovchiga tenglashtiriladi.
Harakatlanish bo`lagi – avtomobillarning bir qator bo`lib harakatlanishi uchun kengligi etarlicha bo`lgan, yo`l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo`l qatnov qismining har qanday bo`ylama bo`lagi.
Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.
Mexanik transport vositasining haydovchisi:
Haydovchilik guvohnomasi va uning tallonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish xuquqini beruvchi tallonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qo`yilgan bo`lsa, uning tallonini, haydovchilik guvohnomasi va uning talloni olib qo`yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani;
Vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda esa haydovchining shahsini tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.)
Transport vositasi ro`yxatdan o`tkazilgani xaqidagi xujjatni, transport vositasining egasi bo`lmagan xollarda esa umumiy egalik xuquqini beruvchi, tasarrufga yoki foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, belgilangan hollarda yo`l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini yonida olib yurish, militsiya hodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir.
Mototsiklda harakatlanayotganda haydovchi maxsus bosh kiyimini kiyib olishi, tugmalashi, yo`lovchilar ham maxsus bosh kiyimini kiygan va u tugmalangan holda bo`lishi shart.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling