Qayta o’zlashtirish
Download 0.51 Mb.
|
asosiy atamalar.0709
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilangan yo`nalishli transport vositasi
- Ruhsat etilgan to`la vazn
- Temir yo`l kesishmasi
Aholi yashaydigan joy – kirish va chiqish yo`llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
5.22-5.23 belgilari oralig`idagi hududda harakatlanish qoidalarining aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadi. 5.24-5.25 belgilari oralig`ida aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablarga amal qilinmaydi, balki yuqori tezlik yo`l harakatiqoidalari bilan belgilanadi. Belgilangan yo`nalishli transport vositasi – belgilangan yo`nalishli va bekatlari bo`lgan, yo`lovchi tashish uchuch mo`ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo`nalishli taksi). Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi – yo`l harakati qoidalarining 5.2 bandi talablariga muvofiq, yo`lda bir yo`nalishda, birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi. Reversiv harakat – yo`l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35-5.37 yo`l belgilari, 1.9 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor o`rnatilgan bo`lagida harakat yo`nalishining qarama-qarshi tomonga o`zgarishi. Ruhsat etilgan to`la vazn – aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yo`lovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korhona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori). Tartibga soluvchi – tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo`l bog`ichi, jezl, qizil ishorali yorug`lik qaytargich yoki yorug`lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) bo`lgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yo`ldan foydalanish idoralarining hizmatchisi, temir yo`l kesishmasi va sol kechuvlari (parom) navbatchisi, jamoatchi avtonazoratchi hamda militsiyaning shtatdan tashqari hodimi. Temir yo`l kesishmasi – yo`lning temir yo`l bilan bir sathda kesishgan joyi. Transport vositasi – odamlarni, yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan qurilma. Transport vosirasining egasi – transport vositasiga mulk xuquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shahs. Trotuar – yo`lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq mahsus to`siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilgan qismi. Tirkama – mehanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo`ljallangan yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling