Qayta o`zlashtirish
Pulning mohiyati. Pulning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 3.44 Mb.
|
pul kredit
2.Pulning mohiyati. Pulning o‘ziga xos xususiyatlari.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondoshuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tuzumining va ijtimoiy – iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida, qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi. Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari alohida e’tibor qaratgan bo‘lmasalarada , iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‘tarib, unga “pul – bu muomalaning buyuk g‘ildiragi“, “savdo sotiqning yuksak quroli” sifatida ta’rif beradi . D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e’tiroz bildirib, “Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir” degan fikrni bildiradi . Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga “pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini engillashtiradi” deya ta’kidlaydi . O‘zbekistonlik iqtisodchi olima Sh.Z.Abdullaeva pul, kredit va banklar masalasiga bag‘ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. “Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin” . Iqtisod fanlari doktori, professor O.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida nashrdan chiqarilgan darslikda “Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida ko‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne’matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka ega bo‘lgan ne’matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar unda namoyon bo‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning maqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat” . Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda yashagan Aristotel (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‘rish mumkin . Pul–iqtisodiy kategoriya bo‘lib, barcha tovarlar uchun umumekvivalent vazifasini bajaradigan maxsus tovardir. Pul faqat ayirboshlash jarayonida zarur bo‘ladigan, hukumat tomonidan o‘rnatilgan to‘lov vositasidir. Pul – qat’iy o‘rnatilgan kafolatlangan bahoni aniqlaydigan vosita emas. U oddiy tovar, faqat boshqa tovarlardan unga ehtiyojning yuqoriligi va qolgan barcha tovarlar uchun ayirboshlash vositasi sifatida foydalanganligi bilan ajralib turadi. Boshqa tovarlar singari pul ham kishilar tomonidan jamg‘ariladi. Kishilar tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish orqali uni «sotib» oladi yoki jamg‘aradi. Tovarlarni sotib olish va turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish natijasida uni «sotadi». Pulning mohiyati uning turlarida va funksiyalarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi, keyingi paragraf va boblarda ushbu masalalarga atroflicha o‘rin beriladi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling