Qayta o`zlashtirish


Download 3.44 Mb.
bet4/5
Sana14.10.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1701808
1   2   3   4   5
Bog'liq
pul kredit

3.Pulning funksiyalari.
Pul chig‘anoq yoki brilliant, oltin yoki qog‘oz pul ko‘rinishida bo‘lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda pul uchta funksiyani bajaradi. Pul ayirboshlash vositasi, qiymat ulchovi va jamg‘arish funksiyalarini bajaradi. Aynan ayirboshlash funksiyasi pulning boshqa aktivlar – aksiyalar, obligatsiyalar va uylardan farqini belgilab beradi.
Ayirboshlash funksiyasi.
Bizning iqtisodiyotimizdagi mavjud deyarli barcha bozor iqtisodiyoti tamoyillarida yuzaga keladigan operatsiyalarda pul naqd pullar yoki cheklar ko‘rinishida tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun foydalanilib ayirboshlash funksiyasini namoyon qiladi. Pulning ayirboshlash vositasi sifatida foydalanilishi ayirboshlash operatsiyalarida vaqt xarajatlarini kamaytirib iqtisodiyotning samaradorligini oshiradi. Nima uchun aynan shunday ekanligini tushunish uchun tovarlar va xizmatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa tovar va xizmatlarga ayirboshlanadigan barter iqtisodiyotni ko‘rib chiqamiz.
Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya’ni iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruza o‘qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘lgan odamlarga ma’ruza o‘qiy olishi ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma’ruza o‘qishni to‘xtatib, fermerlik bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Tovar va xizmatlarni ayirboshlashga sarflangan vaqt – operatsion xarajatlar hisoblanadi. Barter iqtisodiyotda operatsion xarajatlar juda yuqori hisoblanib, odamlar “xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish” ni qondirishlariga to‘g‘ri kelib, ular zaruriy tovar va xizmatlarga ega va bir vaqtning o‘zida ushbu tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashni xohlaydigan kishilarni topishi zarurdir.
Elenning iqtisodiyotida pullar paydo bo‘lsa, nimalar sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Bunday holatda uning ma’ruzalari uchun pul to‘laydigan har bir odamning hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keyinchalik u har qanday fermer (supermarket) ga borishi yoki ma’ruza o‘qishi natijasida ishlab topilgan pullarga zaruriy ist’emol maxsulotlarini sotib olishi mumkin bo‘ladi. “Xohish va istaklarni ikki hissa moslashtirish” muammosi tugatilsa, Elen kuplab vaqtni tejashi orqali, o‘zining eng sevimli ishi hisoblangan dars berish bilan shug‘ullanadi.
Ko‘rib chiqilgan misoldan ko‘rishimiz mummkinki, pullar iqtisodiyotning samaradorligini oshirib, tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashga ketadigan vaqtni tejash imkonini beradi. Odamlarning yuqori malaka to‘plash orqali ma’lum ishlarga ixtisoslashuvi iqtisodiyotning samaradorligini oshishiga olib keladi. O‘z navbatida, pul – iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zining xususiyatiga ko‘ra moylovchi material sifatida operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishchi kuchini ixtisoslashuvi va taqsimlanishini chuqurlashtirish xisobiga iqtisodiyotning ancha moslashuvchanligini oshiradi.
Pulga bo‘lgan talab shu darajada yuqoriki, eng primitiv ko‘rinishidagi jamiyatdan tashqari xar qanday jamiyat pulni o‘ylab topadi. Xar qanday tovar pul sifatida samarali ishlashi uchun bir nechta talablarga javob berishi zarurdir: birinchidan, osonlik bilan uning qiymatini aniqlash uchun standartlashgan bo‘lishi; ikkinchidan, umumqabul qilingan bo‘lishi; uchinchidan, qismlarga bo‘linishi; to‘rtinchidan, bir joydan ikkinchi joyga osonlik bilan ko‘chirilishi; beshinchidan, tezda parchalanib ketmasligi lozim. Insoniyat tarixida ushbu talablarga javob beruvchi pullar sifatida ko‘plab noodatiy shakllar, ya’ni amerikalik xindular tomonidan foydalanilgan marjonlardan tortib birinchi amerikalik kolonistlar tomonidan foydalanilgan tabaka va viskilar hamda ikkinchi jahon urushida harbiy asirlar uchun lagerlarda sigaretlargacha ishlatilgan.
Pulning turli shakllaridan foydalanish – ishlab chiqarish vositalarining va tilning rivojlanishi kabi insoniyat topqirligining yana bir belgisidir.
Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to‘rtta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning qiymat o‘lchovifunksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo‘ladi. Pulning qiymat o‘lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o‘lchaydi. Barcha tovarlarning qiymati pul o‘lchovi vositasi, ya’ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o‘rnatiladi.
Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasi funksiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.
Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi.
Pulning turlariga umumiy tavsif
Kishilik jamiyatida ayirboshlash munosabatlarining chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining rivojlanishi pulning oddiy tovar shaklidan, hozirgi kunda hisob – kitoblarda qo‘llanilayotgan elektron pullar ko‘rinishi darajasigacha etib kelishiga sabab bo‘ldi. Albatta bu juda uzoq davrni o‘z ichiga oladi. Kishilar stixiyali tarzda hayot kechirgan va natural xo‘jalik tuzumi sharoitida turli buyumlar, hayvonlar, mahsulotlar pulning vazifasini bajargan bo‘lsa, miloddan oldingi VII – VI asrlarda metallar pul sifatida amal qilgan, XI va XII asrlarda qog‘oz pullar, XX asrdan esa elektron pullar iqtisodiyotga to‘lov vositasi sifatida kirib keldi.
Demak, pul bugungi kundagi ko‘rinishiga etib kelguncha juda uzoq davr va ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni bosib o‘tgan. Pulning turlarini o‘rganishda uni asl qiymatga ega bo‘lgan (haqiqiy) pul va asl qiymatga ega bo‘lmagan (o‘rinbosar) pul sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq. Odatda haqiqiy pullar to‘lov vositasini bajarganda ular o‘z qiymati bo‘yicha ayirboshlash jarayonida ishtirok etgan, iqtisodiyotda pul massasini tartibga solish bo‘yicha muammolar mavjud bo‘lmagan.
Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarning haqiqiy qiymati nominal qiymatiga nisbatan bir necha marta past bo‘lib, ular muomalaga chiqarilgandan keyin doimiy ravishda tartibga solinib turish lozim. Aks holda iqtisodiyotda pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi va qog‘oz pullar o‘zining to‘lov vositasi sifatidagi qobiliyatini yo‘qotadi.
Haqiqiy pullar quyidagi xossalarga ega bo‘lgan:
– nominal qiymatning real qiymat bilan mutanosibligi;
– qiymatning qardsizlanmasligi, ya’ni haqiqiy pullar har qanday sharoitda ham o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotmagan;
– ularni boshqa tovarlar kabi iste’mol qilish mumkinligi.
Biroq, natural pullarning hammasi ham yuqoridagi xossalarni uzoq muddatga saqlab turish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Masalan, bug‘doy, tamaki, choy, baliq, jun kabilar vaqt o‘tishi bilan o‘zining dastlabki xususiyatlarini yo‘qotgan.

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling