Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish


-§. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari


Download 365.52 Kb.
bet9/11
Sana24.12.2022
Hajmi365.52 Kb.
#1056664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xasanov Jamshid Buxgalteriya Hisobi

9-§. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini shakllantirishning xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
57. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq korxonani tegishli tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish tartibi va shartlari ta’sischilarning o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori bilan belgilanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
58. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida tashkiliy-huquqiy shakl o‘zgargan taqdirda, mol-mulk va majburiyatlarni huquqiy vorisga o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar topshirish dalolatnomasida tartibga solinishi lozim.
Ta’sischilarning o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ta’sischilar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
59. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxona vujudga kelgan korxona haqidagi yozuv Reyestrga kiritilishidan oldingi kunda yakuniy moliyaviy hisobot tuzishi chog‘ida daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish schyotini yopish va o‘zgartirilayotgan korxonaning sof foydasi summasini ta’sischilarning o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (shartnomasi)da belgilangan maqsadlarga yo‘naltirish (taqsimlash) amalga oshiriladi.
60. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisoboti o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxona yakuniy moliyaviy hisoboti ko‘rsatkichlarini mazkur BHMSning 61 va 62-bandlarida nazarda tutilgan xususiyatlardan kelib chiqib o‘tkazish yo‘li bilan tuziladi.
61. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilayotgan korxonalarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni vujudga kelgan korxonaning aksiyalari (ulushlari, paylari)ga konvertatsiya qilish (ayirboshlash) tartibi to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida shakllantirilgan ustav kapitali aks ettiriladi.
Agar ta’sischilar qarorida vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitaliga nisbatan, shu jumladan o‘z manbalari (qo‘shilgan va zaxira kapitali, taqsimlanmagan foydasi va h.k.) hisobiga ko‘paytirish nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida ta’sischilar qarorida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi.
Agar ta’sischilar qarorida o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning ustav kapitali miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan bo‘lsa, vujudga kelgan korxonaning dastlabki moliyaviy hisobotida ta’sis hujjatlarida qayd etilgan ustav kapitali miqdori aks ettiriladi, o‘rtadagi farq esa huquqiy vorisning dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablag‘larning manbalari” bo‘limida “Qo‘shilgan kapital” miqdoriy ko‘rsatkichi bilan tartibga solinishi lozim.
62. Agar ta’sischilar qarorida nazarda tutilgan ustav kapitalining miqdori vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymatiga mos bo‘lmasa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablag‘larning manbalari” bo‘limining miqdoriy ko‘rsatkichlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.
Agar aksiyalarni konvertatsiya qilish vaqtida o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati qayta tashkil etilayotgan korxonaning ustav kapitali miqdoridan ko‘p bo‘lib qolsa, dastlabki buxgalteriya balansi “Xususiy mablag‘larning manbalari” bo‘limining miqdoriy ko‘rsatkichlari sof aktivlar qiymati miqdorida, ustav kapitaliga va qo‘shilgan kapitalga ajratgan holda shakllantiriladi (sof aktivlar qiymatining aksiyalarning jami nominal qiymatidan oshishi).
Qolgan hollarda, agar vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan ko‘p bo‘lib qolsa, o‘rtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Majburiyatlar” bo‘limida “Uzoq muddatga uzaytirilgan daromadlar” va “Muddati uzaytirilgan daromadlar” miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan manfiy gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Agar o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxonaning sof aktivlari qiymati ustav kapitali miqdoridan kam bo‘lib qolsa, o‘rtadagi farq dastlabki buxgalteriya balansi “Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limida “Nomoddiy aktivlar” miqdoriy ko‘rsatkichi bilan gudvill tarzida tartibga solinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida vujudga kelgan korxona tomonidan qayta tashkil etilgan korxona (huquqni o‘tkazuvchi) belgilagan unumli foydalanish muddatlaridan kelib chiqib, ushbu obyektlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobiga qabul qilish vaqtida amalga oshiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 365.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling