Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish


Download 365.52 Kb.
bet1/11
Sana24.12.2022
Hajmi365.52 Kb.
#1056664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xasanov Jamshid Buxgalteriya Hisobi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (23-SONLI BHMS) “QAYTA TASHKIL ETISHNI AMALGA OSHIRISHDA MOLIYAVIY HISOBOTNI SHAKLLANTIRISH”NI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-iyunda 1484-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (23-sonli BHMS) “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-aprel,
37-son
O‘zbekiston Respublikasi
moliya vazirining 2005-yil 12-apreldagi 37-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 23-sonli BHMS “Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish”
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur BHMSning maqsadi qayta tashkil etishni amalga oshirish haqidagi axborotni moliyaviy hisobotda yoritish tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur BHMS O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha tashkilotlarga (budjet tashkilotlari, xususiylashtirilgan investitsiya fondlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) (keyingi o‘rinlarda — korxonalar) tatbiq etiladi.
3. Mazkur BHMS davlat unitar korxonalarini xususiylashtirish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
4. Korxonani qayta tashkil etish uning ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
a) qo‘shib yuborish;
b) qo‘shib olish;
v) bo‘lish;
g) ajratib chiqarish;
d) o‘zgartirish.
5. Mazkur BHMSda qo‘llanuvchi atamalar:
a) qo‘shib yuborish — o‘z faoliyatlarini tugatish orqali ikki yoki bir nechta korxonalarning barcha huquqlari va majburiyatlarini bergan holda yangi korxonani vujudga keltirilishi;
b) qo‘shib olish — bir yoki bir nechta korxona faoliyatini to‘xtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish;
v) bo‘lish — korxona faoliyatini to‘xtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan korxonalarga berish;
g) ajratib chiqarish — korxonalarning huquq va majburiyatlari bir qismini unga berish yo‘li bilan yangi korxonani vujudga keltirish;
d) o‘zgartirish — yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yo‘li bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish;
e) qayta tashkil etilayotgan korxonalarning joriy faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar — tovar-moddiy qiymatliklarni sotish, kreditorlar bilan hisob-kitob qilish, topshirilayotgan mulk bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash, xodimlarga mehnat haqini hisoblash, tegishli budjetlar bilan soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar bo‘yicha hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, topshirish dalolatnomasiga kiritilishi lozim bo‘lmagan kelgusi davr xarajatlarini, masalan, huquqlari huquqiy vorislik tartibida berilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish xarajatlarini va boshqa shunga o‘xshagan xarajatlarni hisobdan chiqarish;
j) aksiyalarni konvertatsiya qilish — buning natijasida bir yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyati tashkil topadigan qayta tashkil etishda bir aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini boshqa aksiyadorlik jamiyati (aksiyadorlik jamiyatlari)ning aksiyalariga yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ulushlari (paylari)ga ayirboshlash operatsiyasi;
z) ayirboshlash — buning natijasida boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona (aksiyadorlik jamiyatidan tashqari) tashkil topadigan qayta tashkil etishda bir yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari, korxonalarning ulushlari (paylari)ni boshqa korxonalarning ulushlari (paylari)ga ayirboshlash operatsiyasi.


6. Korxonalarni qayta tashkil etish haqidagi axborotning moliyaviy hisobotda yoritish quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq korxonalarni bo‘lish yoki ularning tarkibidan bir yoxud bir nechta korxonani ajratib chiqarish shaklida korxonalarni qayta tashkil etishda korxonaning ta’sischilari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi yoki vakolatli davlat organlarining (keyingi o‘rinlarda — ta’sischilar) qaroriga yoxud qonunda belgilangan hollarda sud qaroriga asosan;
Oldingi tahrirga qarang.
b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda korxonalarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qaytadan tashkil etishda vakolatli davlat organlarining roziligiga asosan.
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
7. Korxonalarni qayta tashkil etish haqidagi axborotni moliyaviy hisobotda shakllantirish uchun ta’sischilar qarorida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
a) aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish muddatlari;
b) huquqiy vorislik tartibida topshiriluvchi (qabul qilinuvchi) aktivlar va majburiyatlarni baholash usuli;
v) topshirish dalolatnomasi yoki taqsimlash balansi tasdiqlanganidan keyin qayta tashkil etilayotgan korxonaning joriy faoliyati natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishi munosabati bilan huquqiy vorislik tartibi, shuningdek muayyan xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish (kreditlar va qarzlar olish yoki berish, investitsiyalarni amalga oshirish va b.)ning alohida tartibi;
g) yangi vujudga kelgan yoki qayta tashkil etilayotgan korxonalarning ta’sis hujjatlarida aks ettirish uchun ustav kapitalini shakllantirish tartibi va uning miqdori;
d) aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olishga (xarid qilishga) yo‘naltirish zaruriyati yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda, qayta tashkil etilayotgan korxona hisobot davrida va o‘tgan yillarda olgan sof foydani yo‘naltirish (taqsimlash), shartli va kafolatlangan majburiyatlarni hisobdan chiqarish (oqibatlarni baholagan holda tan olish) va b.

Download 365.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling