Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Aylana Aylana – bu mutanosiblikning falsafiy timsolidir. Kim bu shaklni tanlagan bo‘lsa, u yaxshi shaxslararo munosabatga astoydil intiladi. Odamlar va ularning rohat-farog‘ati aylana uchun oliy himmatdir. Aylana boshqa shakllar ichida ko‘proq odamlarga yaxshilik tilovchi ularni birlashtiruvchi shakldir. U jamoani, oilani mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Aylana ajoyib notiq, e’tiborli tinglovchi. Atrofidagi odamlarga hamdardlik ularning xursandchiligi-yu tashvishiga sheriklik aylanaga xos, u sezgirlik bilan o‘ksik ko‘ngilga taskin berishga shoshiladi. Aylanalar odamlarni tez «bilib oladilar», aldamchi, xudbin kishilarni tezda payqab olish xususiyatiga egadirlar. Aylana o‘z jamoasi uchun qayg‘uradi va o‘z kasbdoshlari orasida hurmat-e’tiborga sazovor kishidir. Ammo ular biznes sohasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olmaydilar, ya’ni menejer va rahbarlik sohasida bo‘shroq hisoblanadilar. Chunki, birinchidan, aylanada shaxs yo‘nalganligi odamlarga qaratilgan bo‘lib, har bir kishining og‘irini еngil qilishga urinadilar. Ular tinchlik va osoyishtalikni saqlashga urinadilar, hamda o‘ta qat’iy qaror chiqarishdan qochadilar. Aylana uchun murosasizlik og‘ir holat, odamlarning inoq, ahilligi va yaxshi munosabatda bo‘lishlari baxtdir. Shuning uchun kim bilandir tortishib qolsa yoki ziddiyatli vaziyatlarda birinchi bo‘lib aylana yon beradi va murosaga kirishadi. Ikkinchidan, aylana «siyosiy o‘yinlar»da zaif, bunda unga qat’iylik еtishmaydi. Shuning uchun aylanadan qat’iyroq shaxslar (masalan uchburchak) ko‘pincha aylanani tazyiqqa oladilar. Aylana uchun hokimiyat kimning qo‘lida ekanligi ahamiyatli emas, unga hamma rozi, atrofida tinchlik bo‘lsa bas. Lekin bir narsada, ya’ni axloq va adolat masalasida, aylana qat’iylik va qattiqqo‘llikni namoyon etadi. O‘zining aylana timsolida ko‘radigan shaxslarda miyaning o‘ng yarim sharlari faol bo‘lib fikrlar obrazli, intuitiv, emotsional ifodalangan, integral kechadi. 46 Aylanalarda axborot o‘zlashtirish jarayoni uzuq-yuluq, ma’lumotlar zanjirining alohida qismlari tashlab ketilgan holda kechadi, ammo bu narsa ular mantiqdan yiroq kishilar degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Ular hayotiy muammolarni hal qilishda rasmiyatchilikdan qochishadi, xolos. Aylanalar tafakkuri shaklining asosiy xususiyati – muammoning sub’ektiv jihatlari (hissiyot, baholash va qadriyat)ga asoslanishdir. Ular turli qarama-qarshi qarashlar orasida ham umumiylikni topishga intiladilar. Aylanalarni tug‘ma psixologlar deb aytsa bo‘ladi, biroq jiddiy, ulkan ishlarning boshida turishlari uchun ularda «to‘g‘ri chiziqli birodarlari» (uchburchak va kvadrat)da bo‘lgan tashkilotchilik qobiliyati еtishmaydi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling