Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
munozara o‘tkazishning bosqichlari
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
munozara o‘tkazishning bosqichlari.
Munozara jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim. 1. Yo‘naltirish bosqichi — bunda munozara mavzusi tanlanadi, maqsad aniqlanadi, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan tushuncha, fikr, mulohazalar asosida ish uchun zarur bulgan axborot yig‘iladi. 2. Vaqtni boshqarish bosqichi — bunda trener mavzuni e’lon qilish, ish shaklini tushuntirish va zaruriyatga qarab ishtirokchilarning fikrini yo‘naltirib turish uchun vaqtni oldindan taqsimlashi lozim. 3. Baholash bosqichi — muhokama davomida barcha fikrlar eshitib bo‘lgandan so‘ng ularni tartib bilan asosli tarzda va hamkorlikda baholash juda muhimdir. 4. Tugallash bosqichi bunda munozara yakunlari sarhisob qilinadi. Guruhiy munozarada trener guruhda ishonch muhitini yaratish uchun mas’uldir. Shuning uchun u bir paytning uzida 2 ta rolni ham trener, ham ishtirokchi rolini o‘tashga burchlidir. Va oxirida trener yagona xulosani e’lon qiladi, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi. Trening jarayonida mashq usuli Mashq usuli — trening jarayonida ishtirokchilarni faollashtirish, kayfiyatini ko‘tarish, ular orasida o‘zaro ishonch va samimiylik muhitini yaratish maqsadida pisixogimnastik mashqlar usulini qo‘llash taktikasidir. 74 Mashq usuli — zarur malaka va ko‘nikma hosil qilish hamda ularni mustahkamlash uchun nazariy, amaliy bilimlarni ongli ravishda, ko‘p martalab takrorlashdan iborat. Bu usulning vazifasi — olingan bilimlardan ko‘nikma va malakalarga o‘tishdir. Shuningdek, mashqlar trening davomida olingan ma’lumotlarni ishtirokchilar qanday o‘zlashtirayotganligini ham ko‘rsatadi. Trenerdan talab qilinadigan xususiyatlar, ya’ni mashqni tanlashda trener nimalarni hisobga olishi zarurligi haqida gap ketganda quyidagilarni ta’kidlab ko‘rsatish joiz. Trener birinchi navbatda mashqni o‘tkazish natijasida guruhda qanday holat vujudga kelishini hisobga olishi lozim. Bunda asosan 2 xil holat kuzatiladi: a) butun guruhning holati o‘zgaradi. b) guruhdagi har bir ishtirokchining holati o‘zgaradl. Ikkinchi navbatda trener guruh taraqqiyotning qaysi bosqichida turganligini hisobga olishi kerak. Buni bilishning zaruriyati shundaki, guruh ishtirokchilari qanchalik jipslashgan bo‘lsa, o‘zini erkin sezsa, o‘tkazilayotgan mashqlar tahlikasiz o‘tadi. Ayniqsa guruh a’zolarining tana kontaktlariga oid bo‘lgan va ko‘zni yumib bajariladigan mashqlarga e’tibor qaratish kerak, chunki bunday mashqlarning bevaqt o‘tkazilishi guruhda zo‘riqish yoki norozilik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Trener hisobga olishi zarur bo‘lgan uchinchi holat kun vaqtini hisobga olishdir, kun boshlanishida guruhda ishchanlik, ahillik, o‘zaro ishonch muhitini yaratuvchi mashqlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Bu — guruhning ayni paytdagi ishga taalluqli bo‘lmagan tashvish va muammolarini unutishga olib keladi, guruh a’zolari "hozir va shu еrda" degan sharoitni sezishadi. Bundan tashqari, butun diqqat-e’tiborini va aqliy faoliyatini safarbar etishiga imkon tug‘iladi. Kunning ikkinchi yarmida esa charchoqni tarqatadigan, hayajonli his-tuyg‘ularni yumshatishga olib keladigan mashqlarni o‘tkazish tavsiya etiladi. "Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so‘ng uyquga qarshi kurashish kerak" — bu har qanday trenerning shiori bo‘lishi kerak. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling