Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
Bahs-munozara usuli. 
Bahs-munozarani tashkil etish. Munozarani katta guruhlarda 
o‘tkazsa ham bo‘ladi, lekin u kichik guruhlarda o‘tkazilsa ko‘proq foyda 
beradi. Muammoni guruhda muhokama qilish ishtirokchilarga nafaqat 
o‘zaro fikr almashish, balki muhokama etilayotgan mavzu haqida aniq 
ma’lumotlar olish, o‘z hissiyotlari va nuqtai nazarlarini ifoda etish 
imkoniyatini ham berishi mumkin. Munozara boshlanishidan oldin biror 
hikoya yoki voqea aytib berish va ishtirokchilar uning "ildizi"ni ilg‘ab 
olishi munozara jarayonining yaxshi o‘tashini ta’minlaydi. 
Guruhda munozara o‘tkazayotganda qoida sifatida shuni e’tiborga 
olish kerakki, biror ishtirokchi o‘z fikrini bayon etayotganida 
boshlovchi uni bo‘lib qo‘yishga yoki uning fikri noto‘g‘riligini isbotlashga 
va o‘zining so‘zini o‘tkazishga harakat qilmasligi kerak. Chunki bu 
beriladigan keyingi savolga butun guruhning yoki ko‘pchilikning javob 
berishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, savol 
bergandan so‘ng ishtirokchilarni shoshiltirmaslik, javobni o‘ylab olishlari 
uchun vaqt berishi lozim. Lekin bunda ular berilgan savol ustida ko‘p 


73 
o‘ylanmasliklariga ham e’tibor berilsa, mashg‘ulotning bir xil tempda va 
qiziqarli o‘tishiga sharoit yaratiladi. Trener iloji boricha "ha", "yo‘q" 
javoblariga elituvchi savollar bermaslikka harakat qilishi lozim. 
Ishtirokchilarni gapirtirish uchun savollar tushunarli va aniq tuzilgan 
bo‘lishi kerak. 
Muayyan masalalarda guruhiy munozaralardan foydalanish 
muammoning 
turli 
еchimlarini 
topishda 
asqotadi. 
Munozara 
ishtirokchilarning muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi, 
ularga o‘z fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini eshitishiga imkon 
beradi. Bundan tashqari, munozara davomida muammo еchimining turli 
yo‘llari topiladi, guruhning birlashishiga va o‘zaro mustahkamlanishiga 
olib keladi. 
Treningda guruhiy munozara har bir ishtirokchining muayyan 
masalalarga oid tushuncha va qarashlarini aniqlab olish usuli sifatida 
ishlatiladi. Misol uchun, ishtirokchilarning "Musobaqadagi mas’uliyat", 
"Nizoli vaziyatlarni hal etish yo‘llari" va h.k. mavzulardagi fikrlarini bilish 
qiziqarlidir. Shunda muammo еchimlarini topish ham osonlashadi. Bahs-

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling