Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Sportchilarni barkamollashtirishga qaratilgan treninglar
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish bilan bog‘liq treninglar.
Sportchilarni barkamollashtirishga qaratilgan treninglar. Sportchi shaxsini barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi — sportchi shaxsini psixologik jihatdan barkamollikka erishtirishdir. Boshqacha aytganda, har qanday muammoli vaziyatda sportchini faqat o‘zidan yordam olishga o‘rgatishdir. Masalan, talabalar orasidan kimdir o‘zini "Talabalik davrida berilayotgan barcha bilimlarni yaxshi egallayapman, men kelajakda yaxshi mutaxassislardan biri bo‘la olaman" deb hisoblaydi va bunga ishonadi. Kimdir esa butunlay buning aksi, ya’ni bunday gapni aytish uchun o‘ziga ishonmaydi. Hayotda o‘ziga ishongan odamlar bilan bir qatorda o‘ziga unchalik ishonmaydigan, ba’zan o‘ziga umuman ishonmaydigan kishilar har doim uchrab turadi. Ular noqulay va kutilmagan vaziyatlarga tez-tez tushib turadilar va bu vaziyatlarda himoyasizlik va yordamga muhtojlik holatida bo‘ladi. Bunday holatlarda va aytish mumkinki, bunday kishilarni har doim ham atrofidagilar qo‘llayvermaydi, ayniqsa, bu xil "omadsiz" odamlarni. Shuning uchun sportchi shaxsi eng avvalo o‘zidan yordam olishga o‘rganishi — har qanday vaziyatda ham muammoni еchishning biror bir yo‘lini izlashi, topishi va uni amalda qo‘llay olishi lozim bo‘ladi. Sportchi shaxsini barkamollashtirishga qaratilgan treninglarning maqsadi hayotda shunaqa holatlarga tushib qolgan odamlarni o‘ziga ishonmaslik holatidan chiqarish uchun maxsus bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan iborat. 69 Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish bilan bog‘liq treninglar. Sportchi shaxsi hayotida kutilmagan yoki ba’zan kutilgan holatlarda ham noxush, kishini salbiy emotsiyalarga beriluvchanligini oshiruvchi vaziyatlar yuzaga kelishi – hayotda ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa, sportchi shaxsi uchun kutilmagan holatlar sifatida — avariya holatiga tushish yoki bu holatning ko‘z oldida sodir bo‘lishi, yaqin kishisini yo‘qotish va uni unuta olmaslik kabi salbiy hissiyotlar uyg‘otuvchi voqealar sportchi shaxsida emotsional hissiy zo‘riqishlarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, yoqtirmagan odamini uchratib qolish, kimgadir ozor berib qo‘yib, vijdon azobida azoblanish kabilar ham sportchi shaxsida noxush xislarni paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Lekin sportchi shaxsi oddiy holatda bunday hissiyotlarni chiqarib yubora olmaydi. Bunday holat esa kishiga juda katta ichki ruhiy zo‘riqish beradi va buni chiqarib yubora olmaganligi natijasida turli salbiy, ruhiy o‘zgarishlar — stress, nevroz, depressiya holatlari kelib chiqadi. Ko‘pincha bunday kishilar o‘sha paytda his qilgan narsalarini gapirib bera olmayman, deyishadi. Ma’lumki, bunday holatlar sportchi shaxsi psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Trening natijasida sportchi shaxsini shunday voqealarni, hissiyotlarni unutishga yoki buni to‘g‘ri qabul qilishga o‘rgatiladi. Emotsional sohadagi treningning maqsadi — sportchi shaxsidagi noxush holatlardagi hissiyotlarni gapirtira olishdan iboratdir. Agar trening jarayonida sportchi shaxsi hujayralarining har bir joyida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni va ruhiy kechinmalarni gapirtirishga erishilsa – bu treningnig samaradorligidan darak beradi. Demak, bu treningni maqsadi — o‘z hissiyotlarini tasvirlab, gapirishga o‘rgatish orqali salbiy hislarni sportchi shaxsi psixikasidan chiqarib yuborishdan iborat. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling