Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Rolli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

Rolli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari 
Qoidalar nafaqat o‘yinga, shuningdek, uning yakunlarini muhokama 
qilishga ham tegishlidir. O‘yin qoidalari o‘yinning mazmunidan kelib 
chiqqan holda ishlanadi, bunda o‘yindagi o‘zaro munosabatlar va tajriba 
almashishga katta ahamiyat berish zarur. 
1. O‘yinda qatnashayotganda har bir ishtirokchi o‘zi va
o‘zgalar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, taklif qilinga 
rolga 
mas’uliyat bilan yondashishi lozim. 
2. Tajribalarni o‘rtoqlashayotganda ishtirokchilarning fikri 
trenerning fikriga mos kelmagan holda ham trener 
ularning nuqtai-
nazarini hurmat qilishi zarur. Shuning uchun hamma bir-birining fikrini 
bo‘lmasdan, diqqat bilan eshitib, boshqa ishtirokchilarning o‘yin 
jarayonida nimalarni xis qilganligini tushunishga harakat qilish zarur. 
3. Muhokamada barcha ishtirokchilar faqatgina o‘z kechinma va 
hissiyotlari haqida gapirishi, boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilmasligi 
shart. Ularning fikrini, tajribasini o‘zidan eshitgan ma’qulroq. 
Rolli o‘yinlar foydali usul bo‘lishi bilan birga uni o‘zlashtirish 
qiyinroqdir. Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini oshirishga 
yordam beradi: 
Treningni dastlabki kunlarida o‘yinga ko‘ngilli, sergap va faol 
ishtirokchilarni tanlab olish lozim; 
Trenerning o‘zi ham bosh rollardan birini ijro etishi maqsadga 
muvofiqdir; 
Ishtirokchilarga qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishlari lozimligini 
tushuntirish yoki ular ishni boshlab olishlari uchun birorta ssenariyni taklif 
etish kerak; 
Ishtirokchilarga instruksiya berishda "Rekvizit"lar — shlyapa, ismlar 
yozilgan kartochkalar, pariklar va h.k.lardan foydalanishlari mumkinligini 
aytish kerak; 
Trener imkoni bo‘lsa, vaziyatni yumor bilan to‘ldirishga harakat 
qilishi lozim; 
Butun guruhni juftliklarga bo‘lib tashlash va har bir juftlik hayotiy 
vaziyatlardan kelib chiqib, ma’lum bir sahnani (masalan, ota-o‘g‘il kabi 
rollar) ijro etishini so‘rash kerak. 
Shu tarzda butun guruh oldida mavjud bo‘lgan hijolatpazlik, bir-
biridan uyalish kabilar yo‘qoladi. 


81 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling