Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiziqtirish va sirlilik (o‘yinga jalb qilish).
- O‘yindan chiqariladigan xulosa
O‘yinning jadalligi va sur’ati
Trener o‘yinning borishini, uning jadalligi va sur’atini aniqlab olishi muhimdir. Agar o‘yin cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ko‘tarinki ruhda tugatishga harakat qilish zarur. Qiziqtirish va sirlilik (o‘yinga jalb qilish). Ba’zi hollarda trener o‘yinni boshlashdan va o‘yin qoidalarini tushuntirishdan oldin ishtirokchilarni qiziqtirish uchun o‘yinga doir qiziqarli voqea-hodisalarni so‘zlashi, ertak yoki afsonalar aytib berishi maqsadga muvofiqdir. 78 Bahslashish. O‘yindan chiqariladigan xulosa. Bahslashish (Musobaqalashish) Kattalarda ham, bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga bo‘lgan moyillik kuzatiladi. Ana shu moyillikdan foydalangan holda, trener ishtirokchilarda o‘yinga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar o‘rtasida raqobat hissini uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta qurish" kabi o‘yinlarda, ("Mumiyo" yoki "Minora" kabi) agar trener topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani qaysi guruh tezroq bajaradi?"ga o‘xshagan ko‘rinishlarda bersa), o‘yin jadalroq va qiziqarliroq o‘tadi. Albatta, barcha o‘yinlarda bu taktikani qo‘llash maqsadga muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija beradi. O‘yindan chiqariladigan xulosa O‘yinning oxiri doimo qandaydir emotsional ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni o‘yin oxirida albatta ikki xil holat kuzatilishi zarur: birinchidan, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat kuzatilishi lozim. Ikkinchidan, o‘yindagi o‘zaro munosabatlardan mantiqiy yakun kelib chiqishi kerak. Eng oddiy emotsional olqish sifatida qarsak rol o‘ynashi mumkin, vaziyatdan kelib chiqqan holda olqishlashning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. O‘yin paytidagi o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun trener guruhdagi shart-sharoitlarni — masalan, guruh a’zolarining yoshini, hisobga olishi zarur. Hamma o‘yinlar ham turli yoshdagi guruhlarda muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Har bir o‘yin guruh bilan ishlash jarayonida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘yinlar o‘ziga xos mantiq asosida tashkil qilinishi lozim, masalan, "taktil to‘siqlarni bartaraf qilish" o‘yinini o‘tkazmasdan turib, "ishonch asosida" o‘yinini o‘tkazib bo‘lmaydi. "Ismlarni eslab qolish" o‘yini muvaffaqiyatli o‘tishi uchun doira shaklida o‘tirgan ishtirokchilar bir-birlarining ismini eshitganligiga, bir-biriga ahamiyat berganligiga ishonch hosil qilish kerak, chunki bilmagan narsani esda saqlab bo‘lmaydi. Boshlovchi guruh bilan ishlashdan oldin o‘yinni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha materiallarni va xatti-harakatlarni yaxshilab o‘ylab olishi kerak. Qatnashchilarning o‘yinga qiziqishini oshirish uchun materiallarning yorqinligi, jozibadorligini nazardan qochirmaslik lozim. Boshlovchi e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihatlardan yana biri — guruhning o‘yin jarayoniga kirishib ketishidir. Har bir guruh uchun o‘yinlar qandaydir yangi va o‘ziga xos hodisadir. Shuning uchun o‘yinlarni tanlashda "oddiydan murakkabga" tamoyiliga amal qilish zarur. Ayni 79 hollarda boshlovchining kayfiyati ko‘tarinki bo‘lishi va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun bu kayfiyatni guruh a’zolariga ham "yuqtirish" kerak. Agar guruh o‘yinga kirishishni istamasa cho‘chish kerak emas, bu odatlanilmagan holatga nisbatan dastlabki aks ta’sir (reaksiya) bo‘lib, tezda o‘tib ketadi. Albatta, ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazish jarayonidagi boshlovchida bu boradagi zarur ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, biroq muayyan o‘yin qoidalarini bajarish, vazifalarni tushunish, shart-sharoitlarni hisobga olish natijasida trenerning ishi osonlashadi, eng muhimi — guruhdagi ishning sifati oshadi, trening oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuqori darajada amalga oshiriladi. Shunday ekan, trening jarayonida o‘yinlardan unumli foydalanishga harakat qilish zarur. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling