Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
“Oila muammolari” Maqsad: Oilaviy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar haqida tushuncha berish. Ularni hal qilishning turli еchimlarini topa bilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. O‘yinning boshlanishida ishtirokchilardan boshlovchi hozirgi paytda oilalarda eng ko‘p uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar nimalardan iborat ekanligini so‘raydi. Javoblarni flipchartga yozib boriladi. Shundan so‘ng guruhda "Oila muammolari" o‘yini o‘tkaziladi. 100 Faoliyatning bu turini amalga oshirishda guruhni 5-8 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘lish mumkin. Shundan so‘ng kichik guruhlarning har biriga quyidagicha topshiriq beriladi: "Birgalikda ish olib borib, yuqorida sanab o‘tilgan oila muammolaridan birini tanlab oling va shu asosda 10 daqiqaga mo‘ljallangan sahna ko‘rinishi tayyorlang. Har bir guruh turli xil muammolarni tanlab olishi lozim. Keyin esa ana shu muammoni sahna ko‘rinishi asosida ochib berishlari lozim. Sizga muammoni tanlash va shu muammo asosida sahna ko‘rinishi tayyorlash uchun 15 daqiqa vaqt beriladi". Bunda boshlovchi albatta har bir guruhning mavzu tanlashida turli muammolarga murojaat qilishi uchun ularga maslahat berishi va tayyorlanayotgan sahna ko‘rinishlarini kuzatib borishi lozim. Muammolar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: oiladagi ota-ona va bola o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, er-xotin o‘rtasidagi nizolar, ajralish, qaynona-kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik muammosi va hokazo. Guruh a’zolariga o‘z chiqishlarini namoyish etishlarida turli xil usullardan masalan: musiqa, raqs, yumor, dramatik o‘yin va h.k. lardan foydalanishlari mumkinligini eslatib o‘tiladi. Guruhlar o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishini namoyish etib bo‘lganlaridan so‘ng ko‘tarib chiqilgan muammoning kelib chiqish sabablari va bu muammoni hal qilishning turli еchimlarini barcha ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinishini tashkil qilish kerak. Muhokamadan so‘ng o‘quvchilarga, hech qaysi oilaviy muammoning еchimi yagona bo‘lmasligini, oilaviy hayotda muammo vujudga kelar ekan, uni albatta o‘sha vaziyat, o‘sha sharoitdan kelib chiqqan holda hal qilish lozimligini alohida ta’kidlanadi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling