Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Xulq-atvor normalariga rioya qilish


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
Xulq-atvor normalariga rioya qilish 
"Ta’qiqlangan meva" 
 
Maqsad: Oilada, o‘zbek madaniy turmushida ta’qiqlangan hulq 
holatlari motivlarini aniqlash. 
 
Materiallar: Quti, "mumkin emas" deb yozilgan ikkita tablichka. 
 
O‘yinning borishi: O‘yin 25 minutgacha davom etadi. 
1. 
Boshlovchi qutini xona o‘rtasiga qo‘yadi va uning ikki 
tomoniga 
"mumkin emas" degan yozuvlarni qo‘yadi, ushbu yozuv hamma 
qatnashchilarga 
ko‘rinib turishi kerak. 
Quticha kun boshlanishidanoq xona o‘rtasiga qo‘yilgani ma’qul, 
natijada ishtirokchilarning qiziqishi ortadi, o‘yinning asosiy qismiga o‘tish 
osonlashadi. 
Boshlovchi 
o‘yin 
boshlanishida 
ishtirokchilarning 
qiziqishlarini oshirishi mumkin ("ha, endi, bir qiziq narsa yashirilgan-da", 


103 
"Keyin ko‘rarsizlar", "Bir narsa bor-da" kabi so‘zlar bilan), lekin qutiga 
qaramaslik haqidagi ta’qiq o‘z kuchida turishi kerak. Ko‘p hollarda ba’zi 
bolalar o‘zlarini tiya olmay quti ichiga qarashga urinishadi va ta’qiqni 
buzishadi. So‘ngra boshlovchi ushbu mashq bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy 
qismga o‘tadi va guruhga quyidagicha yo‘riqnoma beradi: 
"Xona o‘rtasida kun boshidanoq chiroyli quti turibdi, uning 
xususiyati shundaki uning ichiga qarash mumkin emas. Bu qutiga nisbatan 
Sizda biron qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa kerak. Kelinglar kimning ichida 
nima kechayotganligini tahlil qilib ko‘raylik. O‘z kechinmalaringiz haqida
aytib beringlar”. 
Tahlil. Boshlovchi ishtirokchilardan ular nega o‘zini shu xilda 
tutganligini so‘raydi, ularning harakatlaridagi asosiy sababini aniqlashga 
harakat qiladi. Ta’qiq haqidagi qoidani buzish qanchalik qiyin bo‘lganligi 
haqida so‘raydi, o‘zini tiyib turish oson yoki qiyin kechganligi haqida 
bilishga urinadi. 
2. 
O‘yin yakuni sifatida odamlar nega ta’qiqlangan xatti- 
harakatlarni sodir etishlari, oilaviy hayotga zid bo‘lgan xatti- 
harakatlarni amalga oshirishlarining sabablari aniqlanadi. Ushbu 
yakuniy xulosalar kichik guruhlarda ham ishlab chiqilishi mumkin. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling