Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
"O‘zimizni qanday tutamiz" 
 
Maqsad: Turli xulq harakatlarini ko‘rib chiqish va ularning 
muloqotga tegishli harakatlarining shakllanishiga ta’sirini aniqlash. 
 
Materiallar: toza qog‘oz, ruchka, qalam, 3 ta suratli plakat va ularga 
taalluqli xulq, harakatlarining izohi. 
 
Materiallarni tayyorlash: Har bir plakatning chap tomoniga u yoki 
bu hulq harakatini ko‘rsatuvchi tasvir tushirilgan qog‘oz yopishtiriladi. 
Rasmning yonida ushbu hulqning tavsiflari yozilgan. 
 
Sust (passiv) hulq
– O‘z huquqlaringizni ta’kidlash uchun hech qanday xatti-harakat 
qo‘llamayapsiz. 
– O‘zgalarni o‘zingizdan yuqori qo‘yayapsiz. 
– Boshqalarning xohishiga yon beryapsiz. 
– Sizni nimadir bezovta qilsa ham indamay turibsiz. 
– Doimo uzr so‘rayapsiz. 
 
Agressiv hulq: 
– Boshqalarni hech qancha o‘ylamay o‘z huquqlaringizni himoya 
qilyapsiz. 
– O‘zgalar ustidan hukmronlik qilishga urinyapsiz. 


104 
– O‘zgalarni unutib faqat o‘zingizni o‘ylaysiz. 
– Boshqalar hisobiga o‘z huquqlaringizga erishyapsiz. 
 
Ishonchli hulq. 
– O‘zgalar huquqini poymol qilmay o‘z huquqlaringizni himoya eta olasiz. 
– O‘zingizni va o‘zgalarni hurmat qilasiz. 
– Tinglashni va gapirishni bilasiz. 
Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz. 
– O‘zingizga ishonasiz, lekin o‘zgalarni "haqoratlamaysiz". 
 
O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi. 
1. Kirish. Ko‘pincha o‘zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy 
kuchlarga qarshi turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo‘ya 
vaziyat va hulqlarning ishtirokchisiga aylanib qolamiz. Har xil salbiy
yo‘llarga kirib ketmaslik uchun biz o‘z hulk-atvorimizni, uning ichki 
sabablarini yaxshi tushunishimiz, xatti-harakatlarimizni nazorat
qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak. 
2. Sinf uchta kichik guruhlarga bo‘linadi. 
3. Har bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko‘rsatilgan
uchta suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining xatti-harakatlari,
ichki holatlari va nutq xususiyatlarini izohlab bering (guruhlar ishlayotgan
paytda suratlarga taalluqli tavsiflar yopib qo‘yiladi, suratlar esa ochiq 
qoladi). 
4. Har bir guruh tomonidan taqdim etilgan variantlarni muhokama qilish. 
So‘ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflarni o‘qib izohlaydi. Boshlovchilar 
o‘z xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida 
ko‘rgazmali namoyon etishlari mumkin. 
5. 
Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko‘rinishlari 
tasvirlanadi. Ishtirokchilardan esa boshlovchilarning harakatlari, imo-
ishora va so‘zlarini kuzatgan holda ushbu xulq ko‘rinishlarining nomlarini 
to‘g‘ri topishlari so‘raladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling