Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Jismoniy
Temperament lotincha temperamentum – narsalarning tegishli
nisbati degan so‘zdan olingan. Temperament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Galen, o‘ninchi asrda yashagan Ibn Sino va boshqalar o‘z qarashlarini bildirganlar. Galen birinchi bo‘lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab o‘tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mizoj deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qonining miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog‘liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog‘liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu holda temperamentning antik davr klassifikatsiyasiga nomi bilan o‘xshash bo‘lishi qabul qilingan. 21 Sangvinik – qon so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, serharakat, kuchli ta’sirlanish, muvozanatsiz bo‘lish nazarda tutiladi. Xolerik – sariq o‘t organizmda ustun miqdorda bo‘lishi asos qilib olinib, taassurotni tez qabul qilib olish, kuchli qo‘zg‘olish, harakatchan, shoshqaloq, jahli tez, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati ustun xususiyatga ega sportchi hisoblanadi. Flegmatik – organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko‘pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi sportchi shaxsi taassurotni bir muncha sekin qabul qiladi, mashg‘ulotga shoshilmay kirishadi, lekin mashg‘ulotni to‘g‘ri puxta, oxiriga еtkazib bajarishga layoqatli sportchi. Melanxolik – qora o‘t miqdori bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Bu tipdagi sportchilarda kam harakatli, atrofida sodir bo‘layotgan voqea hodisalarga va sportchi shaxslariga loqayd, o‘z ichki dunyosiga ega sportchi. Antik davr psixologiyasidagi bu tiplar keyin yana ko‘p marta tadbiq qilinib, yana shu to‘rt tip nomi saqlanib qolgan. Mazkur temperamentlarga xos bo‘lgan sportchilarning jismoniy sifatlari ham shunga moslashgan bo‘ladi. Demak, bolalarni sport turlariga qabul qilishda, tanlashda, saralashda ularni temperament xususiyatlariga mos tarzda sport turlariga yo‘naltirish maqsadga muvofiq, bu esa sportchilarni psixofiziologik tomonlama moslik darajasini ta’minlaydi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling