Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 43.11 Kb.
Sana19.08.2020
Hajmi43.11 Kb.
#126874
Bog'liq
dildoraWord


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

SIRDARYO VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


MAVZU: Matematika darslarda o’quvchilarni mustaqil

fikrlashga o’rgatish.


Zulhaydarova Dildora Mirzaahmatovna
Ish joyi: Boyovut tumani 10- maktab

Telefon : 99893 329 75 05

Malaka ishi rahbari: Qulaxmedova Movluda
Guliston - 2020

Annotatsiya
Ushbu malaka ishi “Matematika darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish ” mavzusida bo`lib, kirish qismida mavzuning dolzarbligi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi yo`nalishlari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-son qarorida asoslab berilgan.

Birinchi bobni yoritishda mavzuning nazariy asoslari quyidagi yo`nalishlarda tahlil etilgan:

- Matematika darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ishlashga o’rgatish yo’nalishlari

- Boshlang’ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik-psixologik asoslari

- Inter faol metodlar asosida mustaqil fikrlashga yonaltirish

- Matematika darslarda mantiqiy masalalar va sinfdantashqari ishlar asosida mustaqil fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirish

- Murakkab masala ustida ishlash bosqichlari va tarkib tоptirish yo`llari.

- Mustaqil fikrlashga yo’naltiruvchi dars ishlanmasi namunasi keltirilgan.

Xulosa va tavsiyalarda malaka ishi yuzasidan chiqarilgan xulosa va kelgusidagi ishni rejalashtirishga oid tavsiya va ko`rsatmalar berib o`tilgan.

1

Mundarija


Kirish…………………………………………………………………………….3

1-BOB.


1.1. Mustaqil fikrlash va ishlashga o`rgatish yo`nalishlari----------------------5

1 2.Interfaol metodlar asosida mustaqil fikrlashga yo`naltirish...........-----7



1.3. Matematika darslarida mantiqiy masalalar va sinfdan tashqari ishlar asosida mustaqil fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirish.---------------------14

2-BOB


.Mustaqil fikrlashga yo`naltiruvchi dars ishlanmasi namunasi.---------------16

Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………………21

Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................................22

2
Kirish

Mavzuning dolzarbligi.

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, Xalq ta’limi tizimida bo`layotgan o`zgarishlar «Ta’lim to`g`risida»gi qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko`rsatib o`tilgandek har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi oldida muhim vazifa qo`ymoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 187-son qaroriga ko`ra davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishni maqsad qilib qo`yilgan.

Boshlang`ich sinflar o`qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o`qitish metodikasi bo`yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang`ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni bu o`qitish orqali tarbiyalashni o`zlashtirishi kiradi.

Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang`ich sinflar o`qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo`lib, uning qolgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang`ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang`ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o`zining munosib aksini topishi lozim.

Boshlang`ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang`ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzulishlarini shakllantirishga yo`naltirilgan.

3

6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzulmalarining shakllanishida eng mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to`ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang`ich ta’lim metodikasining, xususan matematikadan boshlang`ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o`qitishning etarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o`qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.



Malaka ishi maqsadl: Matematika darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Malaka ishining obyekti: Boyovut tuman 10- maktab

MAlaka maqsadidan kelib chiqib o’z oldimizga quyidagi vazifalarni qo’ydik:

  1. Mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyot, qo`llanma va maqolalarni o’rganib chiqish;

  2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mustaqil fikrlashning samarali usllarini tahlil etish

  3. Mavzu asosida dars ishlanmasi namunasi yaratish

O`rganganlik holati: Matematika o`qitishga oid o`quv dasturi, DTS va metodikaga oid metodik qo`llanma, tavsiyalardan foydalanilgan.

Metodlar: Tushuntirish, analiz-sintez, amaliy ish,.induksiya-deduksiya, tahlil-tarkib, tushuntirish, interfaol metodlar.





4

I.Bob

1.Mustaqil fikrlash va ishlashga o`rgatish yo`nalishlari

Boshlang`ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo`yilgan "O`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish, ular yuqori darajada onglilikni shakllantirish, turmushga,kasblarni ongli tanlashga o`rgatish" kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishda iborat.

Shunday qilib, boshqa har qanday o`quv predmeti kabi, matematika boshlang`ich kursi ham ta’limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilish lozim.

Matematika o`qitish asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarda hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikmalarning ma’lum aniq sistemasini hosil qilishdan iborat, boshqacha aytganda bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo`lib, ko`p marta takrorlanish hisobiga avtomatizmgacha yyetkaziladi.

Bu vazifani yetarli sifatning pasayishiga olib keladi. Shunga qaramay, hozirgi vaqtda boshlang`ich matematika kursini o`rganishni faqatgina ko`nikmalar hosil qilish va bir xildagi faktlar o`zlashtirish bilan almashtirish ham mumkin emas.

Matematika o`qitishda nazariy saviyani oshirish talabi nimani bildirishni ko`rsatish uchun bir nechta misol keltiramiz:



  1. sinfda ilgari dasturga ko`ra birinchi o`nlik sonlarni ketma-ket o`rganilardi. Har bir sonni qarashda, masalan, 2 sonni hosil qilish uchun birga birni qo`shish kerak. 3 sonni hosil qilish uchun 1 ga 2 ni qo`shish kerak ekanini tushtintiradi.Bu faktlarning hammasi bir xil darslarda bir-biriga bog``lanmagan holda qaraladi. Bunday yakinlashishda bolalar oldingi darslarda olgan bilimlarini umumlashtirish imkonini beruvchi sharoit vujudga kelmasdi, shu bilan birga yakinlashish navbatidagi 5,6 va x.k sonlarni o`rganishga bagishlangan darslarda ularni yangi bilimlarni o`zlashtirishlariga kam yordam beradi

.

5

Ammo dastlabki 4-5 sonni o`rganishda ular hosil bulih jarayonini taqqoslanadigan bo`lsa bolalarning e’tiborini har bir navbatdagi son oldingi songa birni qo`shishdan hosil bo`lishga qaratiladigan bo`lsa, bu masalani yangi sonlar uchun qarash ancha osonlashishni ko`rish mumkin.



Haqiqatan o`quvchi har gal navbatdagi sonni hosil qilish uchun oldingi songa 1 ni qo`shish kerakligini tushungan bo`lsa, uning o`zi 6,7,8... sonlarini qanday hosil qilishni tushuntira oladi.

Boshqa misol: oldingi dasturga binoan hisoblash ko`nikmalari, xususan 20 va 100 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalari amallar xossalariga tayanilmagan holda tarkib toptiriladi: uzok vaqt davomida 2,3 va ba’zan 4 yil bolalar amallarining biror xosasining qo`llashiga asoslangan butun bir qator faktlar bilan xossalarning o`zini bilmagan holda tanishishadi. Aslida esa o`quvchilarni to`rtta asosiy xossa haqidagi bilim bilan sonni yigindiga va yigindini songa qanday qo`shish hamda sonni yigindidan va yigindini sondan qanday ayirish kerakligi bilan tanishtirishning o`zi yyetarli, amaldagi dasturlarda ana shu maqsad o`quvchi 100 ichida, keyinchalik esa 1000 ichida ko`p xonali sonlarni og`zaki qo`shish va ayirishda har qanday misolni yyechishning har xil usullarini mustaqil topish imkoniyatiga ega bo`lishi bilanoq amalga oshiriladi.

Matematika o`qitish bolalarning ma’lum bilim va malakalarigina o`zlashtirib olishlarini o`z vazifasi deb bilmay, balki ularda idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilim qobiliyatlarining umumiy rivojlanishini ham nazarda tutadi. Bu to`plamdagi maqsadga muofiq ish ularga aqliy faoliyatning muhim usularini o`rgatish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, abstraklashtirish, aniqlashtirish kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi.

boshlang`ich sinflarda o`qitish tarbiya bilan uzviy bog`lanib amalga oshirilishi kerak. O`qitishning bu muhim vazifasi o`quv protsessida o`quvchilarda zamonaviy dunyoqarashning shakllanishiga, millat shaxsining ko`pgina qimmatli xususiyat va sifatlarini shakllantirishga eng qulay sharoitlar yaratib berish zarurligini ifodalaydi. 6

Boshlang`ich sinflarda tarbiyalovchi ta’lim bir vaqtning o`zida rivojlantiruvchi ta’lim hamdir.

2.Interfaol metodlar asosida mustaqil fikrlashga yo`naltirish.

Dars berish usullari-ta’lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir.Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarater beruvchi , ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish vao`qitishusullari “interfaol usullar deyiladi.

Matematika darslarida interfaol metodlar asosida ishlash jarayonida o`quvchilarni mustaqil firlashga yo`naltirish to`laqonli amalga oshirish imkoniyatlarini interfaol metodlar namunalarida ko`rib chiqamiz..

1)TAQDIMOT VA MUZYORARLAR- bu usul mashg`ulotni boshlash uchun mo`ljallangan qisqa mashqlardir.Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o`tasidagi “to`siq”ni yo`qotishga qaratilgan usul.Bu metod asosida guruh o`quvchilari orasidagi o`zaro ishonch,hurmat,o`zaro yaqinlikni his etishga o`rgatish yotadi

TAQDIMOT VA MUZYORARLAR-tanishuv mashqi sifatida tashkil etiladi.Dars boshlashdan oldin “Mening ismim…,men bilgan geometrik shakl......kabi shakllarda bola ruhiyatiga kirish asosida o`tkaziladi. Bu mashq har haftaning dushba kunlari o`tkazilishi ,ya’ni kirish suhbati o`rnida o`tkazilishi maqsadga muofiq.

Yoki “Og`irlik o`lchovlari” mavzusida “Mening ismim… va mening vaznim … kg.” kabi..

AQLIY HUJUM YOKI AQLIY HAMLA- bu metod asosida chelangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o`ziga xos muammo ,vazifa xususida barcha ishtirorchilarning imkon qadar ko`proq g`oyalarni yaratishi yotadi,ya’ni topshiriq barcha uchun yaka holda bajarish va ffirlar umumlashtirilib bittasi ustida to`xtaladi. 7

AQLIY HUJUM – matematika darslarida uch xonali sonlarni o`tishda, uch xonali sonlarga misol keltirish topshirig`I beriladi.Har bir o`quvchi o`zi misollar yozadi,belgilangan vaqt (2-3 min) o`tgan sinf 4-6 ta (5-6 kishidan iborat) guruhchalarga birlashtirilib ,yuqoridagi topshiriq yuzasidan guruh a’zolari fikrlarini mujassamlashtiradilar,qaysi guruhcha ko`p son topishi ta’kidlanadi, belgilangan vaqtdan so`ng guruhchalar o`z taqdimotlarini aytib o`tadilar,o`qituvchi xulosalaydi.

2-usulida esa guruh a’zolari davra hosil qilib turadilar, boshlovchi bergan topshirig`i asosida yumchoq o`yinchoq yoki koptok asosida ishtirokchilarga otadi kimga bora berilgan topshiriqqa oid o`z versiyasini aytadi.Aytilgan versiyalar ketma-ketlikda yozib boriladi va takror yoki xato aytilganlari tahlil etilib topshiriq asosida xulosalar chiqariladi.

Matematika darslarida karra jadvali asosida aqliy hujum metodini qo`llash mumkin.

GAPLARNI OXIRIGA YETKAZISH-bu metodda o`quvchi o`z g`oyalarini ifodalash ustida ishlash keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi.Bunda bir jumla yoki so`z berilib ,uni mantiqan oxiriga yetkazish so`raladi,o`quvchi esa shu jumlalarga mos so`z tuzadi.

GAPLARNI OXIRIGACHA YETKAZISH- mustaqil masala tuzishda qo`llash mumkin. O`qituvchi boshlab beradi har bir o`quvchi o`ziga masala tuzishi so`raladi.

Alisherda 6ta qalam bor..........

1-o`quvchi; Alisherda 6 ta qalam bor. U zafarga 2 tasini berdi. Alisherda nechta qalam qoldi? Kabi.

GURUHDAGI MUNOZARALAR-qoida tariqasida ,boshqa texnika turlari bilan aralash qo`llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.

8


KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA- mazkur o`quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko`tarish,muammoni muhokama qilish ,hal etish,ko`tarilgan muammolarni yechimini topish va g`oyalarni baholash uchun yig`ilgan to`rt-olti kishi ishtiro etadilar.

KICHIK GURUHLARDA MUHOKAMA metodiga ko`ra mavzusini o`tishda sinf guruhga birlashtirilib, har bir guruh mavzu asosida misollar yechib, qaysi guruh tez va to`g`ri bajarsa , g`olib hisoblanadi.

IJODIY MEHNAT-rasm chizish,andozalash,qo`shiq,tarixlar,chizgilar yozish va o`yinlar o`ylab topishni mujassam etadi.

IJODIY MEHNAT- Bir mavzuga ko`ra turli yo`nalishlarda ijod qilish,ya’ni masalan,”Kilogramm, gramm” mavzusini o`tishda 1-guruhga ma’lumotlar yozish,2-guruhga rasm chizish,3-guruhga rolli o`yin,4-guruhga she’r qo`shiqlar ijro etish vazifasi beriladi.Guruhlar taqdimoti birlashtirilib,umumiy xulosa chiqariladi.

Ijodiy mеhnat usuli asosida bir mavzu asosida 1-guruhchaning kichik hikoya yozishi bilan ona tiliga, 2-guruhchaning rasm chizishi-tasviriy san'at, tabiatshunoslik darsiga, 3-guruh aplikatsiya yasashi- mеhnat darsiga, 4-guruhchaning qo`shiq kuylashi- musiqaga, 5-guruhchaning maqol, hadis, hikmatli so`zlar aytishi-odobnomaga, 6-guruhcha sahna ko`rinishi namoyish etishi uni ijodkorlikka undashi asosida fanlararo bog`liqlikni yuzaga kеltiradi.

“AKVARIUM “METODI-bu “guruh ichida guruh” tarzida tashkil etiladi,ya’ni sif ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar.Ikkinchi guruh esa birinchi guruh a’zolarining ma’lumotlarini eshitadilar,ular yakunlagach,yuqoridagi savol bo`yicha qolgan joylarini to`ldiradilar.Ikkala guruh bir-birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so`raladi.

9

“AKVARIUM “METODI- 2-sinf Matematika darsidagi Soat,minut” mavzusida sinf ikki guruhga birlashtirilib,1-guruh mavzuga fikrlarni bildiradilar,2-guruh ,1-guruhning fikrlarini takrorlamay,yangiliklar bilan to`ldirishlari lozim.



Ikki guruh bir-birlarini taqdimotlarini nazorat qilishlari so`raladi.

O`YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVCHI MASHQLAR-bir xillikni yangilashtirish,kuch-quvvatni oshirish va isjni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir.Bunda turli harakatli o`yinlar o`tkazish lozim.Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi.

O`YINLAR VA BARDAMLASHTIRUVCHI MASHQLAR- kichik treninglar, psixologik testlar,harakatli o`yinlar,qo`shiq va sherlar mazmuniga ko`ra harakatlar qilish asosida amalga oshiriladi. Inson hayoti davomida uch faoliyat turidan foydalanadi:o`yin,o`qish,mehnat.Boshlang`ich sinf o`quvchilarining asosiy faoliyat turi o`qish bo`lishiga qaramay , bir faoliyatdan to`la ikkinchisiga o`tish bolada qiyinchilik tug`diradi.Shu sababli dars jarayonida turli ta’limiy o`yinlar qo`llangan holda darslar tashkil etiladi.Bular bilan bir qatorda o`quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar,dam olish daqiqalari o`tkazish bolani ruhiy,jismoniy toliqishini oldini olib,darsga bo`lgan diqqatini jamlashga olib keladi.O`tazilayotgan dam olish mashqlari avvalo dars mavzusiga,qolaversa fanga mos bo`lsa,yanada maqsadga muofiq bo`ladi.

Boshlang`ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o`yinlar , she’r,qo`shiqlar mazmuniga ko`ra harakatlar,kichik yoshdagi o`quvchilarga mos psixologik testlar,qiziqarli hangomalar,topishmoqlar ko`rinishida bo`lishi lozim.

Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar eltirib o`tamiz.

“Yetti-ketti” harakatli o`yini.

Sinf o`quvchilari doira shaklida turadilar ,boshlovchi bir deb sanashni boshlaydi va qo`lini chap yoki o`ng ko`ksiga qo`yadi,qaysi tomon qo`l qo`yilsa shu tomondagi o`quvchi davom ettirishi mumkin bo`ladi.Yetti soniga yetgach,”yetti-

10

ketti” deb qo`llar xoch shaklida harakat qilinadi ,keyingi o`quvchi yana bir deb boshlashi mumkin.



She’ r va qo`shiqlar:

(She’r va qo`shiqlar matniga binoan harakatlar qilinadi)

1.Bir-ikki-boshimiz o`hgga –chapga,

Uch-to`rt- qo`limiz ikki yo`nga,

Besh-olti-jim o`tiramiz,

Yetti-sakkiz-dangasalikni uloqtiramiz.

2.Po`zvon xola qo`shniga

Chiqqanida elakka.

Kamzulining tugmasi

Tushib qoldi yo`lakka.

Chumolilar to`planib

Majlis qilar shoshilib,

-Bir,ikki,uch,ko`tardik,

Tegirmonning toshini.

KLASTER- ( lot.”g`uncha”,”bog`lab”.) axborotarni yoyish usuli bo`lib ,undan foydalanish o`quvchilarning mavzuni tushunishlaari uchun erkin ,ochiq fikr yuritishlargina katta imkoniyat beradi.

Mavzuni o`tishda klastеr usulini qo`llash asosida bola o`zi intеgratsiyani ko`rsatib o`tishi ham mumkin.

Masalan:

11


Tartib son

juft son

50+50

100



3 xonali

son


1 va 2ta nol

va hokozo.

Bu usuldan foydalanish bilan mavzu matеmatika, tabiatshunoslik, hayot bilan bog`liqligi ko`rsatilyapti.

“GALEREYA BO`YLAB SAYOHAT” metodi asosida Har bir guruhga kichik ”galereya “ tashkilqilinadi, ya’ni sinfning 4 joyi mo`ljallanib, filipchatka qog`ozlar yopishtiriladi. Har bir guruh berilgan topshiriq asosida vazifa bajaradilar va qarsakdan so`ng , joylar almashilib, oxirida o`z galereyalariga keladilar va berilgan versiyalarni qabul qilish , qilmaslik guruh ixtiyorida bo`ladi.

Masalan: Ikki xonali sonlar mavzusi asosida 2 xonali sonlarni yozishlari so`raladi.Metod talabiga ko`ra ketma-ketlikda bajarilgandan so`ng taqdimot o`tkazilib, guruhlar xulosalari tinglanadi.

“3X2 (3X3, 3X2,5X2,4X3) METODIDA har bir kichik guruhchaga umumiy mavzuga oid alohida topshiriq beriladi va 2 tadan javob yozish so`raladi.Varaqlar almashtirilib, boshqa guruh topshiriiqlariga javoblar topish vazifalari bajarilgach, umumiy xulosa chiqariladi.

Masalan:

50 sonini hosil qiling topshirig`I asosida.

12

1-guruhga qo`shishga oid, 2-guruhga ayirishga oid, 3-guruhga ko`paytirishga oid 4-guruhga bo`lishga oid 2 tadan misollar yozish so`raladi.



1-g:

25+25=50


10+40=50

2-g:


35+15=50

20+30=50kabi

Matеmatika darsida «Akvarium» mеtodidan foydalanib «Soat, minut» mavzusini mustahkamlash jarayonida har bir guruhning taqdimoti asosida hayot bilan hamkorlik, vaqtni to`g`ri taqsimlash iqtisodga bog`liqligi, bular bilan bir qatorda yuqori sinflardagi fizika, astronomiya fanlari bilan uzviylikka yo`l ochishini ko`ramiz.

13

3. Matematika darslarida mantiqiy masalalar va sinfdan tashqari ishlar asosida mustaqil fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirish.

Mantiqiy masalar ustida ishlash asosida o`quvchilarning mantiqiy firlash qobiliyatlari shakllanib boradi. Mantiqiy fikrlashni rivojlanishi asosida bolada mustaqil fikr, mulohazalar paydo bo`ladi. Fikrlash yangi g`oyalar va ular ustida ishlash imkoniyatlarini yaratadi.

Mantiqqa asoslangan xulozalar chiqarish, matematikaning qiziqarli yo`nalishini belgilaydi.O`quvchining tafakkur doirasi kengayib boradi. Mantiqiy masalalar ustida ishlash imkoniyatlarini egallash borasida bolaning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish muhimdir. Berilgan mantiqiy masala bolaning bilim va qabul qilish darajasida bo`lishi muhimdir. Bolalarga songa oid,miqdorga oid, o`lchov birliklariga oid, geometrik shakllarga doir mantiqiy masalar berilishi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, ularning mustaqil ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu bilan bir qatorda boshqa fanlardan olgan bilimlari bilan to`ldirish va bog`liqlikni ta’minlaydi.

Sinfdan tashqari ishlar sinf - dars formasidagi ishga nisbatan bir qator xususiyatlarga ega.

1. O`z mazmuni bo`yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan.

Ammo matematik material o`quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.

14

2. Boshlang`ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to`plagan turg`un qiziqishlari haqida hali gapirib bo`lmaydi.



3. Sinfdan tashqari mashgulot ixtiyoriylik printsipi asosida kuriladi. Bolalarni bu ishga majburlab jalb qilish yaramaydi.

4. Darslar 45 minut rejalashtirilgani holda sinfdan tashqari mashgulotlar mazmuniga va o`tkazilish formalariga qarab 10-12 minut ham bir soatga ham mo`ljallangan bo`lishi mumkin.

5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlarining ko`p xilligiga qarab mazmunining turli tumnligi bilan harakterlanadi.

Matemvatik to`garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishning eng ko`p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish ko`rsatgan o`quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Qiziqarli matematika soatlarini o`qituvchining o`zi tayyorlaydi va o`tkazadi.

Matematik konkrusalar va olimpiadalar. Matematik konkurslar qiyin masalalar yechish va o`tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqni bajarish bo`yicha o`ziga xos musobaqalar o`tkazadi.

Matematik to`garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishning eng ko`p tarqalganlaridan biridir. Uning asosiy vazifasi matematikaga alohida qiziqish ko`rsatgan o`quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.

1. To`garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi. Maktablarda ko`pincha bir necha to`garak ish olib boradi. Bir o`quvchining bir nechta to`garaklar ishida qatnashishi maqsadida muofiq emas, chunki bu o`quvchiga og`irlik berib qo`yishi mumkin.

2. Qiziqarli matematika soatlarini o`qituvchining o`zi tayyorlaydi va o`tkazadi.

Matematik konkurslar qiyin masalalar yechish va o`tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo`yicha o`ziga xos musobaqalardir. Matematik konkurslar asosan yaxshi matematikani tez tushunadigan payqaydigan, ziyrak o`quvchilarni, yaxshi sinfni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. 15

II Bob

.Mustaqil fikrlashga yo`naltiruvchi dars ishlanmasi namunasi.

Mavzu: Nol bilan tugaydigan songa bo`lish.

Maqsad: 1. Nol bilan tugaydigan songa bo`lish haqidagi bilimlarni mustahkamlash.

2. O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish.

3. Nol bilan tugaydigan sonlarga bo`lishning oson usullaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga yo`llash.

DTS talabi: Bilim: Nol bilan tugaydigan songa bo`lish imkoniyatlarini bilish.

Ko`nikma: Nol bilan tugaydigan songa bo`lishning oson usullarini toppish ko`nikmasiga ega bo`lish.

Malaka: Nol bilan tugaydigan songa bo`lishga oid berilgan misollar yecha olish

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars metodlari: muzyorar, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, 2*3 metodi.

Dars jihozi: tarqatmalar, rasmli ko`rgazmalar, slayd, test.

Integratsiya: iqtisod, kasb haqida tushuncha, tabiat.

Milliy g`oya: vatan ravnaqi, ijtimoiy hamkorlik, yurt tinchligi, komil inson.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism. 16

1.“Muzyorar” metodi asosida “Mening ismim va men yoqtirgan son…..” ko`rinishida tanishuv mashqi o`tkazish.

M-n: Mening ismim Sanjar, men yoqtirgan son 100 soni. va h.k.

2.Pazl usulida kichik guruhlarga birlashish.( geometrik shakllar asosida ).

3.”Aqliy hujum” metodi asosida 0 bilan tugaydigan sonlarga misollar ayting.

O`quvchilar aylana shaklida turadilar yumshoq o`yinchoq irg`itilib, misollar aytish so`raladi.

Masalan: 1000, 100, 30, 4500 va h.k.

II.Uy vazifasini so`rab, baholash.

Uy ishi bajarilgan daftarlar almashtirilib, uy vazifasi tekshiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni.

“Nol bilan tugaydigansonga bo`lish’ mavzusini mustahkamlash.

1-misol 1*3 metodi asosida bajariladi har bir guruhga misollar berib



yechiladi:

17

2-masala.Guruhlar musobaqasi ko`rinishida tashkil etiladi qaysi guruh tez yechadi?



80k- 240m Y: 240:80=3

1k-? J: 3 m

3-masala.

I-9480dona atirgul

II- ? 3marta kam.

Ida IIdan ? dona ko`p.

Y: 1) 9480:3= 3160

2) 9480-3160= 6320 J: 6320 d atirgul.

Dam olish daqiqasi (Enerjayzer) o`tkazish.

O`quvchilarga shakllar ko`rsatilib, o`quvchilardan shakllarga mos harakatlar qilishlari so`raladi. Kvadrat – qo`llarni yuqoriga ko`tarish, beshburchak- chapak chalish, va h.k



4-misol.Kichik guruhlarda ishlash asosida yechiladi:

18

20*x+190=250 150+x*30=6300 ( x+523)*300=290700 23400: (685-x)=60



20*x=250-190 x*30=6300-150 x+523=290700:300 685-x=23400:60

20*x=60 x*30=6150 x+523=969 685-x=390

x=60:20 x=6150:30 x=969-523 x=685-390

x=30 x=205 x=446 x=295

5-masala.Musobaqa tarzida yechish.

2 ta kres. – 120 000 so`m

5 ta stul- 150 000 so`m

1stul kreslodan- ? arzon

3 kres va 3ta stul-? so`m

Y: 120 000:2=60 000

150 000: 5= 30 000

60 000-30 000=30 000

3*60 000= 180 000

3*30 000= 90 000

180 000+ 90 000=270 000

J: 270 000 so`m

6-mantiqiy masala.

1q=?3dan 100 ta ko`p

2q=? 1dan 100 ta ortiq 3900

3q=? 19


3900: 3=1300

3q 1300-100=1200

1q 1300+100=1400

1q 1400-100=1300

2q 1300+100=1400

1300+1400+1200=3900

IV.Dars yakuni va uy vazifasi.

Dars yakunida monitoring chiqariladi.O`quvchilarga “gullar” tarqatiladi. Bugungi darsdan nimalar o`rganganlari so`raladi. “Gullar” vaza yoki flipchatga yopishtirilib, xulosa chiqariladi. O`quvchilar baholanadilar va rag`batlantiriladi.

Uy vazifasi: 7-masala va 8-misol.

12 000 m - 400m Y: 12000:400=30

? to`p J: 30 to`p.

8-misol.


12m 86 sm+ 45 sm= 13 m 31 sm kabi namuna ko`rsatiladi.

Darsga yakun yasab, xayrlashish.

Keltirilgan dars jarayonida interfaol metodlar, mantiqiy masalalar va mustaqil misollar yechish yo`nalishlari ko`rsatib o`tilgan.

20


III.Xulosa.

Matematika fanini o`qitishga e`tabor va ehtiyoj kun sayin oshib borayotgan bir vaqtda umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflarida o`quvchilarni yangi o`quv dasturlari va darsliklari bilan faol ishlashga o`rgatish, ushbu ta`lim metodikasini takomillashtirish ham hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir.Jumladan, boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan turli sabablarga ko`ra tanishib ulgurmaydilar.Shuning uchun ularda turli xil yangi mazmundagi va tuzilishdagi matematik, jumladan geometrik masalalarni yechishda turli darajadagi metodik murakkabliklarga duch keladilar.

Matematika ta`limiy mazmuniga o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini kuchaytirishga imkon beruvchi amaliy ishlar va rivojlantiruvchi topshiriqlar kiritishnihoyatda yaxshi natijalar beradi.Mustaqil fikrlash o`quvchilarning tafakkur doirasini, ijodiy fikrlash salohiyatini kengaytiradi. O`quvchilarning yangi o`quv vazifalari va muammolarini mustaqil olishga hamda munozara yurita olishga bo`lgan tayyorgarlik va qobiliyatlarini rivojlantiradi.Bolalarning o`ziga xos hususiyatlarini namoyon qilish darajasini oshiradi va o`quvchilarga muhim o`quv ko`nikmalari hamda qobiliyatlarni rivojlantiradi (xususan, mantiqiy fiklash, matematik til va mos ravishdagi belgilashlardan foydalana olish)


  • Matematik ifodalarni izohlay oladi;

  • Natijalarni asoslab hukm chiqara oladi;

  • O`quvchilarning intilishini, qiziqishlarini yo`naltirish va rivojlantirish, o`qishga bo`lgan istak,ishtiyoq hamda ta`lim olish uchun kerakli shart-sharoitni yaratib berishga imkon beradi.

Pedagogik texnologiya o`qituvchi rahbarligida o`quvchi mustaqil o`qishga bilim olishga fikrlashga va ayni paytda kuzatuvchanlikka, ijodkorlikka kafolatlaydigan jarayon hisoblanadi.
21

Fоydalanilgan adabiyotlar


  1. O`zbеkiston Rеspublikasi XTV ning «O`zbеkistonda iqtisodiy ta`lim» tavsiya 2007-yil.

  2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi № 187-sonli Qarori.

  3. Bikboyeva N.U. «Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi» T. 1996

  4. Jumayev M Matematika o`qitish metodikasi“ o`quv qo`llanmasi.T-2004 yil.

  5. Jumayev M.E. « Matematika o`qitish metodikasidan praktikum” T-2003

  6. Omonov B“ Qiziqarli matematika“ T-1998 yil.

  7. Shariqоv Sh, Sh.Shariqоva, X.Xоjamоva, N.alimjоnоva 1-4 sinflar uchun mo’ljallangan «Iqtisоd va sоliq alifbоsi» Tоshkent 2008 yil.

Darsliklar:



  1. M.Axmedov va b. 1-sinf “Matematika” darsligi T-2019 yil

  2. N.Abdurahmonova va b. 2-sinf Matematika darsligi T-2018 yillar.

  3. S.Burxonov va b.q 3-sinf Matematika darsligi T-2019 yillar.

  4. N.Bikbayeva 4-sinf Matematika darsligi T-2017 yillar.

Internet materiallari :



  1. www.referat.uz.

  2. www.ziyonet.uz.

22



Download 43.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling