Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Genetikadan-masala-va-mashqlar-yechish@nambiolog.zn .uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muharrir
- Irsiyatning molekulyar asoslari.
- Javob. A(27%), T(27%), G(23%), C(23%) 3.Masala
- Javob: DNKning qo‘sh zanjirida 2460 ta A, 2460 ta T, 3690 ta C, 3690 ta G nukleotidlari mavjud
- Mustaqil ishlash uchun masalalar.
- Yechish.
- Javob
- Gametalar olish tartibi.
- Mustaqil ishlash uchun masalalar
- Mustaqil yechish uchun masalalar
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi Pop tumani XTMFMT va TE bo‘limiga qarashli 9- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Abrorova Nozila Sidiqxonovnaning
mavzusidagi metodik tavsiyasi
Namangan -2016 2 Mazkur metodik tavsiya biologiya fani Davlat ta’lim standarti va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya fani o‘qituvchilarni qo‘yilgan Davlat talablari asosida tayyorlandi. Ushbu metodik tavsiyadan uslubchilar, o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin. Tuzuvchi: N. Abrorova –Pop tumani 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
biologiya fani o‘qituvchisi.
Muharrir: Q. Niyozov - NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar: N. Soliyeva - Pop tuman XTMFMT vaTEB uslubchisi Z.Xolmirzayeva - NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ushbu metodik tavsiya NVXTXQTMOI tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasining 27.05.2016 yildagi yig‘ilishining 5-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan hamda institut o‘quv-uslubiy kengashining 31.05.2016 yildagi 5-sonli qarori bilan foydalanish va ish tajribasini ommalashtirishga tavsiya etilgan. 3
Irsiy belgilarni nasldan-naslga olib o‘tuvchi gen DNK ning ma’lum uchastkasi hisoblanadi. Gen belgiga birdaniga ta’sir ko‘rsatmaydi. U odatda oqsilning birlamchi strukturasini ya’ni oqsil polimerlarida aminokislotalar qancha va qanday izchilikda joylashganligini ifodalaydi. Bizga ma’lumki hujayrada uchraydigan nuklein kislotalarning 2 turi bor: ular DNK va RNK lar. DNK-biologik polimer bo‘lib, qo‘sh spiralidan tashkil topgan. Uning monomerlari nukleotidlar hisoblanadi. Har bir nukleotid azotli asos, uglevod, fosfat kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Nukleotidlarda azotli asoslarning 4 xili mavjud: A- adenin, T-timin, C- sitozin, G-guanin. DNK spiralalida nukleotidlar komplementarlik qonuni asosida joylashadi. Ya’ni adenin timing, sitozin guaninga komplementardir. RNK–bir zanjirli bo‘lib, u ham nukleotidlardan tashkil topgan. DNK dan farqi nukleotidlarda dezoksirobaza o‘rniga riboza monosaharidi uchraydi, timin o‘rniga uratsil azotli asos uchraydi.
– A – T – G – T – T – G izchillikda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi spiralda nukleotidlar qanday izchillikda joylashadi? Yechish: Bu masalani yechishda komplementarlik qonuniga murojaat qilamiz. Komplementtarlik qonuniga ko‘ra, A bilan T bir-birini hamda C va G bir-birini to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, DNK ning 2-zanjirini quyidagicha yozish mumkin: T – T – T – A – A – C – G – G – T – A – T – G – T – T – G A – A – A –T – T – G – C – C – A –T – A – C – A – A – C 2.Masala. Kimyoviy tahlillarga ko‘ra, i-RNK nukleotidlarning 30% A ga, 26% G ga, 24% U ga tog‘ri keladi. Shunga to‘g‘ri keladigan 2 zanjirli DNK molekulasi nukleotidlarining umumiy miqdorini toping.
RNKda barcha nukleotidlar miqdorining yig‘indisi 100% ga teng bo‘lishi kerak, shunga ko‘ra ma’lum nukleotidlar miqdorining yig‘indisini 100 dan ayirsak, sitozinning miqdori aniqlanadi C(x%) = 100-(A(30%) + G(26%) + U(24%)) C(x%) = 20% 4 Komplementarlik qonuniyatiga ko‘ra RNK zanjiridan DNK ning bir zanjirini topamiz. Bunda RNK dagi A o‘rniga DNK da T, G o‘rniga C, U o‘rniga A, C o‘rniga G to‘g‘ri keladi. T(30%) _ C(26%) _ A(24%) _ G (20%) Ma’lum bo‘lgan DNK ning birinchi zanjiridan ikkinchi zanjirini ham komplementarlik asosida topamiz. T(30%) _ C(26%) _ A(24%) _ G(20%) A(30%) _ G(26%) _ T(24%) _ C(20%) Qo‘sh zanjirli DNK molekulasidagi nukleotidlarning umumiy miqdorini topish uchun bir xil nukleotidlar miqdorini qo‘shib, so‘ngra ikkiga bo‘linadi. A(24%) + A(30%) / 2 = 54 / 2 = 27 T(30%) + T(24%) / 2 = 54 / 2 = 27 G(26%) + G(20%) / 2 = 46 / 2 = 23 C(20%) + C(26%) / 2 = 46 / 2 = 23
nukleotidlarning 20% ini tashkil qilsa, DNK zanjiridagi qolgan nukleotidlar sonini aniqlang.
aniqlaymiz. 2460 ta nukleotid 20% ni tashkil qilsa, 100% nukleotidlar soni qo‘yidagi proporsiya orqali aniqlaniladi. 2460 ta nukleotid _________ 20% bo‘lsa X ta nukleoti ___________ 100% X=2460 * 100 : 20 X= 12300 ta nukleotid DNK qo‘sh zanjirida adenin va timin nukleotidlar soni doimo teng bo‘lganligi uchun 2460 sonini 2 ga ko‘paytiramiz. 2460 * 2=4920 Umumiy nukleotidlar sonidan adenin va timin nukleotidlar sonini ayirsak DNK dagi sitozin va guanin nukleotidlar soni hosil bo‘ladi. 12300 – 4920 = 7380
5 Hosil boo‘lgan son sitozin va guanin nukleotidlar soni bo‘lganligi uchun, uni 2 ga bo‘lamiz. Shunda sitozin va guaning nukleotidlarining har biriga tegishli bo‘lgan son kelib chiqadi. 7380 : 2 = 3690
joylashgan bo‘lsa, ikkinchi zanjirdagi nukleotidlar tartibini toping. T T G C A A A C C G T T T G G C C C
tartibda joylashgan bo‘lsa, DNK ning qo‘sh zanjiridagi nukleotidlar tartibini toping. 3. i-RNK da A(28%), U(22%), G(34%) bo‘lsa, DNK qo‘sh zanjiridagi nukleotidlarning umumiy miqdorini toping. 4. i-RNK da nukleotidlar GUU - CUU - CAU - UAU izchillikda joylashgan bo‘lsa shunga to‘g‘ri keladigan DNK ning qo‘sh spiralidagi nukleotidlar tartibini toping. 5. DNK ning qo‘sh zanjirida 4760 ta Guanin nukleotidi bo‘lib, u jami nukleotidlarning 35%ini tashkil qilsa, qolgan nukleotidlar sonini aniqlang. 6
Oqsil haqidagi ma’lumot DNK malikulasida 4 xil nukleotidlarning yordamida yozilgan bo‘lib, u oqsil molekulasining nushasi yoki qolipi deb yurutiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar yordamida ifodalanishi genetik
kod yordamida ifodalanadi. 20 ta aminokislotani ifodalash uchun 61 ta trepletli koddan foydalaniladi. Kodlarning umumiy soni 64 ga teng. Qolgan 3 ta kod oqsil sintezini boshlanilishi va tugallanishini bildiradi. Kodning 1-nukleotidi Kodning 2-nukleotidi Kodning 3-nukleotidi U C A G U fenilalanin fenilalanin leytsin leytsin
serin serin
serin serin
tirozin tirozin
+ nonsens + nonsens sistein sistein
+ nonsense triptofan U C
G C leytsin leytsin leytsin
leytsin prolin
prolin prolin
prolin gistidin gistidin glutamin k-ta glutamin k-ta arginin
arginin arginin
arginin U C A G A izoleytsin izoleytsin izoleytsin ++metionin treonin treonin
treonin treonin
asparagin k-ta asparagin k-ta lizin lizin
serin serin
arginin arginin
U C A G G valin valin valin
+++valin alanin
alanin alanin
alanin asparagin asparagin glutamin glutamin glitsin
glitsin glitsin
glitsin U C A G
+ polipeptik zanjirning oxirini ifodalaydi. ++ polipeptik zanjirining sintezini boshlovchi polipeptik bog‘ning oxirini ifodalaydi. +++ nonsenskodonlar.
7
Masala Oqsil molekulasining bir qismida aminokislotalar qo‘yidagi tartibda joylashgan serin - valin – alanin – prolin – treonin - glitsin. Shu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashgan tartibini toping. Yechish. Genetik kod jadvalidan foydalanib i-RNKning zanjirini topib olamiz. UCU – GUU – GCU – CCU – ACU - GGU So‘ngra i-RNK zanjiridan foydalanib, DNKning bitta zanjirini komplementarlik asosida topib olamiz. AGA – CAA – CGA – GGA – TGA - CCA Endi DNKning birinchi zanjiridan ikkinchi zanjirini keltirib chiqaramiz. TCT – GTT – GCT – CCT – ACT - GGT Javob; i-RNK UCU – GUU – GCU – CCU – ACU - GGU DNK AGA – CAA – CGA – GGA – TGA – CCA TCT – GTT – GCT – CCT – ACT – GGT
1. i-RNK da nukleotidlar A – C – G – G – U – A – G – U – C – C – G – A – A – G – U – A – C – G – U izchillikda joylashgan bo‘lsa, qanday aminokislotalardan tashkil topgan oqsilni sintezlashini toping? 2. Oqsilning ma’lum qismidagi aminokislotalar quyidagi tartibda tuzilgan: arginin– serin–trionin–valin–alanin–leytsin–trolin–tirozin–sistein–serin. Shu oqsil molekulasini kodlovchi genda nukleotidlarning joylashish tartibini toping. 3. Genetik kod jadvalidan foydalanib, quyidagi treplitlar qanday aminokislotananing kodlashini toping. UUC, UAG, UAC, CAU, ACC, GAU, GGA, CCC, AUC.
8
Agar oqsil 75ta aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu oqsilni sintezlovchi genning uzunligini toping. (DNK da har bir nukleotidlar orasi 3,4 A ga teng.) Yechish: 1-navbatda 75 ta aminokislotadan iborat oqsilni nechta nukleotid kodlashini topib olamiz. 1 ta aminokislotani - 3 ta nukleotid 75 ta aminokislotani - x nukleotid kodlaydi X = 75 x 3=225. Har bir nukleotid oralig‘I 3,4 A bo‘lsa 225 ta nukleotid oralig‘i qancha bo‘lishini topamiz. 1 ta nukleotid - 3,4A
X=765 A
Javob 765 A 0
tashkil qilsa, DNK molekulasidagi G nukleotidining soni qancha bo‘ladi?
molekulasi nechta nukleotidlardan iboratligini topamiz T (3462) 33% X 100% X= 3462 x 100 / 33 X = 346200 / 33 X = 10491 Demak, DNK molekulasida jami 10491 ta nukleotid bor ekan. Endi jami nukleotidlar sonidan bizga ma’lum bo‘lgan T nukleotidining sonini ayirib tashlaymiz 10490 - 3462 = 7028 Bizga ma’lumki, DNK molekulasida T nukleotidlar soniga A nukleotidlar soni teng bo‘ladi. Shunga ko‘ra 7028 natijadan A nukleotidlar sonini (3462) ayiramiz 7028 – 3462 = 3566 9 Hosil bo‘gan bu natija (3566) DNK molekulasidagi G va C nukleotidlar soni hisoblanadi. DNK dagi G nukleotidlar sonini aniqlash uchun natijani 2 ga bo‘linadi 3566 / 2 = 1783 Javob. G nukleotidlar soni 1783 ta
28% ini tashkil qilsa, ma’lum oqsil sintezining uzunligini toping Yechish. Dastlab jami nukleotidlar umumiy sonini opib olamiz 4266 (A) ___________ 28% bo‘lsa X _____________ 100 % bo‘ladi X = 4266 x 100 / 28 X = 15236 Bizga ma’lumki, har bir nukleotidlar oralig‘i 3.4 A ga teng bo‘lsa, 15236 ta nukleotid oralig‘i qancha bo‘lishini topib olamiz. 1 ta nukleotid oralig‘i 3.4 A 15236 ta nukleotid oralig‘i x A X = 15236 x 3.4 X = 51802.4 A
1. DNK da 1250 ta nukleotid bo‘lsa nechta aminokislotadan iborat oqsilni sintezlaydi? 2. 102 ta aminokislotadan iborat oqsilni sintezlovchi genning uzunligi toping. (nukleotidlar oralig‘i 3,4A ) 3. Uzunligi 612 A bo‘lgan gen nechta aminokislotadan iborat bo‘lgan oqsilni sintezlaydi? 4. 98ta aminokislotadan iborat oqsilni sintezlovchi genning uzunligi toping. (nukleotidlar oralig‘I 3,4A ) 5. DNK molekulasida 2442 ta G nukleotidi bo‘li, u barcha nukleotidlar umumiy miqdorining 26% ini tashkil qilsa, DNK molekulasidagi T nukleotidlar sonini toping 6. DNK ning qo‘sh zanjirida G nukleotidlari 40% ni tashkil etadi. DNK dagi gen asosida sintezlangan oqsil 400 ta aminokislotadan iborat bo‘lsa, shu qo‘sh zanjirdagi timin nukleotidlar sonini toping
10
Gametalar olish tartibi. Gameta olishdan avval gomozigota va geterozigota organizmlar haqida bilish kerak. Bir xil gameta beradigan organizmlar gomozigota organizmlar deyiladi. Masalan: AA aa, BB, AABB, aabb, AABBCC. 2 ta yoki undan ortiq turdagi gameta hosil qiluvchi organizmlar geterozigota organizmlar deyiladi. Aa, Bb, AaBb, AaBbCc. Gomozigota organizmlar faqat bir xil gameta hosil qiladi. AA aa AABB aabb AABBCC A a AB ab ABC Geterozigota organizmlardan gameta hosil qilishning 2ta usulini ko‘rib chiqamiz. 1-usul
AaBbCc A a
B b B b
c C c C c C c ABC, ABc, AbC, Abc. abc, aBc, abC, abc. 2-usul. AaBbCcDd genotipli organizmdan genotip hosil qilamiz. Bu organizm 4ta belgisi bo‘yicha geterozigota bo‘lgani uchun 2 deb qabul qilinadi. 2 4 =16 Demak, bu organizm 16 xil gameta hosil qiladi.16/2=8 8taA va 8ta a yozamiz; A a A a A a A a A a A a A a A a 8/2=4 4tadan B, 4 tadan b yozamiz AB aB AB aB 11
AB aB AB aB Ab ab Ab ab Ab ab Ab ab 4/2=2 2 tadan C, 2 tadan c yozamiz ABC aBC ABC aBC ABc aBc ABc aBc AbC abC AbC abC Abc abc Abc abc 2/2=1 1 tadan D, 1 tadan d yozamiz ABCD aBCD ABCd aBCd ABcD aBcD ABcd aBcd AbCD abCD AbCd abCd AbcD abcD Abcd abcd 16 xil gameta tayyor bo‘ldi.
1.Genotipi qo‘yidagicha bo‘lgan organizmlar qanday gameta hosil qiladi? AABBCC, AaBb, AaBbCC, AABbCc, AaBbCcddEe 2. AaBbCcDdEe genotipli organizm nechta gameta hosil qiladi? 3. AabbCcDdEE genotipga ega bo‘lgan organizm qanday gametalarni hosil qiladi?
12
Genotipni belgilash Genetikadan masalalar yechishda organizmning nomidan genotipni belgilarini aniq qo‘ya olish juda muhim. Organizm nomidan genotipni aniqlay olsak, masalani tez va to‘g‘ri yecha olamiz. Masalan, masalalarda birinchi belgisi bo‘yicha dominant gomozigota, ikkinchi belgisi bo‘yicha geterozigota organizm kabi jumlalarga duch kelamiz. Birinchi belgisi bo‘yicha dominant gomozigota, demak belgi - AA. Ikkinchi belgisi bo‘yicha geterozigota, demak belgi - Bb. Har ikki belgini birlashtiramiz - AABb Masalan, AabbCC genotipli organizmni qo‘yidagicha o‘qish mumkin. Birinchi belgisi bo‘yicha geterozigota, ikkinchi belgisi bo‘yicha retsissiv gomozigota, uchinchi belgisi bo‘yicha dominant gomozigota. Mustaqil yechish uchun masalalar 1.Birinchi belgisi bo‘yicha retsessiv gomozigota, ikkinchi belgisi bo‘yicha geterozigota organizmning genotipini belgilang 2.Birinchi ikkinchi belgisi bo‘yicha geterozigota, uchinchi belgisi bo‘yicha retsessiv gomozigota genotipni belgilang 3.Qo‘yidagi genotiplarni nomini o‘qing. Aabb, AabbCc, aaBb, aaBbcc, AABbCc Monoduragay chatishtirishda belgilarning nasldan-naslga o‘tishi. Organizmlarni o‘zaro chatishtirishda qo‘yidagi simvollardan foydalaniladi; P-Parents-ota-ona ♀-ona organizmi ♂-ota organizmi X-chatishtirish belgisi F-duragay avlod Dominant belgi-birinchi bo‘g‘inda yuzaga chiqadigan belgi. Retsissiv belgi-birinchi bo‘g‘inda yuzaga chiqmaydigan, lekin genotipda saqlanib qoladigan belgi. Bir juft begisi bilan farq qiluvchi organizmlarni o‘zaro chatishtirish monoduragay chatishtirish deyiladi
belgilovchi gen ustidan dominantlik qiladi. Uzun poyali suli o‘simligi kalta poyali suli bilan chatishtirilganda olingan avlodning barchasi kalta poyali bo‘ldi. Ota-ona va F 1
duragaylarining toping. 13
Yechish. P fen: kalta uzun gen: ♀ AA x ♂ aa gameta: A a F1 fen: kalta Gen: Aa 100%
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling