Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Genetikadan-masala-va-mashqlar-yechish@nambiolog.zn .uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komplementar holda nasldan-naslga o‘tish
- Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri
- Mustaqil yechish uchun masalalar
Paxmoq junli oq quyon bilan paxmoq junli qora quyon chatishtirilganda bitta oq, silliq junli quyon olindi. Masalada berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ota-onasining genotipini aniqlash mumkinmi? 16.
Qo‘ng‘ir ko‘zli (dominant), chapaqay (retsessiv) yigit ko‘k ko‘zli o‘naqay qizga uylanganda ulardan ko‘k ko‘zli chapaqay bola tug‘ilgan. Bola va ota-onalarning genotipini aniqlang. 17.
Shabko‘r (dominant belgi), chapaqay (retsessiv belgi) erkak har ikkala belgisi bo‘yicha sog‘lom ayolga uylangan. Oilada ikki bola tug‘ilgan, ularning bittasi ikkala belgi bo‘yicha sog‘lom, ikkinchisi shabko‘r va chapaqay. Ota-onalar va bolalarning genotipini aniqlang. 18. Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog‘lom oiladan chapaqay va barmoqlari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug‘ilishi mumkin?
26
Komplementar holda nasldan-naslga o‘tish Genlar o‘zaro ta’sirining komplementar turida bir belgi ikkita genning o‘zaro ta’siri tufayli hosil bo‘ladi. Ammo belgiga ta’sir etuvchi genlar teng qimmatga ega bo‘lmay,ulardan biri asosiy, ikkinchisi to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Dominant va retsessiv genlarning o‘zaro ta’siriga qarab komplementar holda nasldan-naslga o‘tishning F 2 bo‘g‘inida 9:3:3:1, 9:7, 9:3:4, 9:6:1 nisbatlarda ajralishlar ro‘y beradi. Masala: Yashil patli erkak va urg‘ochi Avstraliya to‘tilari o‘zaro chatishtirilganda F 1
bo‘g‘inda 9:3:3:1 nisbatda yashil, havorang, sariq va oq patli to‘tilar paydo bo‘ldi. Ota-ona va F1 duragaylarning genotipini toping. Yechish: P fen: yashil yashil gen: ♀ AaBb x ♂ AaBb ♂ ♀ AB Ab aB
ab AB
Yashil AABB
Yashil AABb
Yashil AaBB
Yashil AaBb
Ab Yashil
AABb Havorang AAbb Yashil
AaBb Havorang Aabb aB
Yashil AaBB
Yashil AaBb
Sariq aaBB
Sariq aaBb
ab Yashil
AaBb Havorang Aabb Sariq
aaBb Oq
aabb Fen: 9:3:3:1 9/16-yashil. 3/16-havorang. 3/16-sariq. 1/16-oq. Mustaqil ishlash uchun masalalar. 1. Genotipi har xil bo‘lgan oq pillali 2 ta ipak qurtining kapalaklari chachishtirilgan. F 1
chachishtirilganda F 2 da 2 xil fenotipik sinf 9:7 nisbatda sariq, oq pillali kapalaklar hosil bo‘lgan. Ota-ona F 1 va F 2 duragay tut ipak qurti kapalaklarining genotipini aniqlang. 2. Mevasi shrasimon qovoq bilan meva shakli cho‘zinchoq qovoq o‘simliklari chachishtirildi. F 1 duragaylarining shakli galdirsimon. F 1 duragaylarni o‘zaro chachishtirilganda sharsimon, gardirsimon, cho‘zinchoq shakldagi qovoqlar hosil bo‘ldi.
27
Ota – ona F 1 va F 2 duragaylarning genotipini toping. 3. Drozofila meva pashshasida ko‘zning qizil rangi A va B genlarga bog‘liq. A-bb genotipga ega drazafilaning ko‘zi jigarrang, bbBB genotipliniki och qizil rang. Aabb genotipliniki oq rangda bo‘ladi. Qizil ko‘zli F 1 drozafilalarni o‘zaro chachishtirib, 960 ta nasl olingan. a) F2 necha xil genotipli organizmlar uchraydi? b) Ular necha xil fenotip hosil qiladi? c) Ualardan nechtasi qizil ko‘zli? d) Nechtasi jigarrang ko‘zli? e) Nechtasi oq ko‘zli? 4. Odamda yaqindan ko‘rish dominant belgi bo‘lib, turli darajada namoyon bo‘ladi. Bu belgi har xil autosomada joylashgan dominant genlarning komplementar ta’siri natijasidir. Genotipda har ikkala dominant genlar uchrasa yaqindan ko‘rishning yuqori darajasi, dominant genlardan faqat bittasi uchrasa belgi o‘rta darajada yuzaga chiqadi. Ona yuqori darajada yaqindan ko‘radigan, ota esa normal ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan oilada ikki farzand tug‘ilgan: biri yuqori darajada, ikkinchisi o‘rta darajada ko‘radi. Ota- onalar va avlodlar genotipini aniqlang.
komplementar ta’siriga bog‘liq. A geni mustaqil holda jun rangining qora bo‘lishligini ta’minlaydi. B geni esa, A geni ishtirokisiz junning rangli bo‘lishligini ta’minlaydi. A geni esa, B genining ishtirokisiz junning rangli bo‘lishligini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun genotipda dominant gen B bo‘lsa ham sichqonlar oq junli bo‘ladi. Shu genlarning retsessiv allellari yig‘indisi ham jun rangining oq bo‘lishi sabab bo‘ladi. a) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan sichqonlarning 82 tasi kulrang, 27 tasi qora va 35 tasi oq junli bo‘lgan. Chatishtirish uchun olingan sichqonlarning genotipini aniqlang. b) Kulrang sichqonlar chatishtirilganda F 1 da olingan sichqonlarning 58 tasi kulrang va 19 tasi qora junli bo‘lgan. Sichqonlarning genotipini aniqlang. d) Digeterozigotali kulrang sichqonlar retsessiv oq sichqonlar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan sichqonlarning genotipi qanday bo‘ladi? e) Kulrang sichqonlar, qora sichqonlar bilan chatishtirilganda F 1 da olingan 28
sichqonlarning hammasi kulrang bo‘lgan, F 2 da esa 3/4 kulrang, 1/4 qora sichqonlar olingan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan sichqonlarning genotipini aniqlang. Genlarning o‘zaro epistaz ta’siri Genlarning epistaz ta’siri tashqi ko‘rinishdan dominantlikka o‘xshaydi. Lekin bunda dominantlik noallel genlar orasida ro‘y beradi. Noallel genlar ustidan dominantlik qiluvchi gen suppressor yoki ingibitor gen deyiladi. Ular ta’siridagi genlar gipostatik genlar deyiladi. Dominant epistaz ta’sirning F 2 bo‘g‘inida 13:3, 12:3:1 nisbatlarda ajralishlar ro‘y beradi. Masala: Qovoqda Y geni, mevaning sariq ranggini, y geni yashil ranggini ifodalaydi. W dominant, w retsesiv ingibitor oq va yashil qovoqni chachishtirish natijasida hosil bo‘lgan F 1 ning o‘zaro chachishishidan F 2 da 12 ta oq, 3 ta sariq, 1 ta yashil qovoq hosil bo‘ldi. Ota –onaning, F 1 va F 2 duragaylarning fenotipini aniqlang. Yechish: P fen: oq yashil gen: ♀ WWYY x ♂ wwyy gameta: WY wy F 1 fen: oq gen: WwYy P fen: oq oq gen: ♀ WwYy x ♂ WwYy F 2 ♂ ♀ W Y
W y w Y
wy WY
oq WWYY
oq WWYy
oq WwYY
oq WwYy
Wy oq
WWYy oq
WWyy oq
WwYy oq
Wwyy wY
oq WwYY
oq WwYy
sariq wwYY
sariq wwYy
wy oq
WwYy oq
Wwyy sariq
wwYy yashil
wwyy 29
Fen: 12/16 - oq 3/16 - sariq 1,16 - yashil
1. Tovuq patining rangi ikki juft allel bo‘lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft allelning dominant geni panting rangli bo‘lishini, uning retsessiv alleli esa oq bo‘lishini ta’minlaydi. Ikkinchi juft domlnant gen patning rangli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, uning retsessivi esa rangli bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi. Oq patli tovuq va xo‘roz chatishtirilganda 1680 ta jo‘ja olingan. Ulardan 315 tasi rangli, qolgani oq. Tovuq va xo‘rozlar, rangli jo‘jalarning genotipini toping. 2. Genotipi bir xil bo‘lgan oq patli tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilganda F 1
1
duragaylarining genotipini toping. 3. Piyoz po‘stining qizil rangini B gen, sariq rangini b gen ifodalaydi. Ammo ranglar genotipda V gen bo‘lsa yuzaga chiqadi. Uning retsissiv v alleli ingibitor vazifasini bajaradi va rangning yuzaga chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Po‘sti qizil piyoz sariq piyoz bilan chatishtirilganda avlodda qizil, sariq va oq piyozlar hosil bo‘ldi. Ota-onaning genotipini toping. 3. Sulida donning rangi ikki juft allel bo‘lmagan, birbiriga birikmagan genlar tomonidan ifodalanadi. Bitta dominant gen – qora rangni, ikkinchisi – kulrangni belgilaydi. Qora rang geni kulrang genga epistatik ta’sir qiladi. Ikkita retsessiv allellar esa oq rangni rivojlanishini ta’minlaydi. Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% qora, 25% kulrang va 25% oq donli bo‘lgan. Chatishtirishdan olingan qora donli o‘simliklarning ayrimlari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 1/2 qismi qora, 1/2 qismi oq donli bo‘lgan. Ayrim donli o‘simliklar oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda esa 2/4 qismi qora, 1/4 qismi kulrang va 1/4 qismi oq donli bo‘lgan. Olingan natijalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi haqida nima deyish mumkin? Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang.
30
4. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F 1 da olingan o‘simliklarning mevasi oq rangli bo‘lgan. F 2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o‘simliklar olingan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. F 1 da olingan oq mevali o‘simliklar yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi o‘simliklar mevasining rangi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi? 5. Oq mevali qovoq o‘simliklari yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% oq, 25% sariq va 25% yashil mevali bo‘ladi. Chatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
Genlarning o‘zaro polimer ta’siri deganda ikkita va undan ortiq genning bir yo‘nalishdagi ta’siri tushuniladi. Bunday genlar polimer genlar deyiladi va indeksi bilan farq qiluvchi harflar bilan belgilanadi: A 1 A
; A 2 A 2 ; A
3 A 3 yoki a 1 a 1 ; a
2 a 2 ; a 3 a 3
Polimer holda nasldan-naslga o‘tish ikki xil ya’ni kumulyativ va nokumulyativ xillarga bo‘linadi. Kumulyativ polimeriyada belgini fenotioda nomoyon bo‘lish darajasi dominant genlar soniga bog‘liq bo‘lsa, nokumilyativ polimeriyada dominant genlar nechta bo‘lishiga qaramay, fenotipda belgi bir xil namoyon bo‘ladi. Kumulyativ polimeriyada F 2 da fenotipik jihatdan 1:4:6:4:1 nisbat kuzatiladi. Nokumulyativ polimeriyada esa 15:1 nisbat kuzatiladi. Masala: Bug‘doy donining qizil rangda bo‘lishi dominant A 1 A 1 ; A
2 A
2 genlarga bog‘liq. Donning rangi dominant genlarning soniga qarab o‘zgarib boradi: genotipda dominant gen 4 ta bo‘lsa don qizil rangda, 3 ta bo‘lsa och qizil, 2 ta bo‘lsa pushti, 1 ta bo‘lsa och pushti, genotioda faqat retsissiv genlar bo‘lsa oq rangda bo‘ladi. Qizil donli bug‘oy bilan oq donli bug‘doy chatishtirilganda F 1 da pushti donli bug‘doy hosil bo‘ldi. F 1
duragaylari o‘zaro chatishtirilsa F 2 da qanday donli bug‘doylar hosil bo‘ladi? Yechish: fen: qizil oq P gen: ♀ A 1 A
A 2 A 2 x ♂ a 1 a
a 2 a 2
gameta: A 1 A 2 a 1 a
F1 fen: pushti Gen: A 1 a
A 2 a 2
31
F 1 duragaylar barchasi pushti donly bo‘ldi, F 1 uragaylarni o‘zaro chatishtirsak, F 2 da
qo‘yidagi natijaga erishiladi. P fen: pushti pushti Gen: ♀ A 1 a 1 A 2 a 2 x ♂ A 1 a 1 A 2 a 2 ♂ ♀ A 1 A 2
A 1 a 2
a 1 A 2 a 1 a 2
A 1 A 2
Qizil A 1 A 1 A 2 A 2
Och qizil A 1 A 1 A 2 a 2 Och qizil A 1
1 A 2 A 2
Pushti A 1 a 1 A 2 a 2 A 1 a 2
Och qizil A 1 A 1 A 2 a 2 Pushti
A 1 A 1 a 2 a 2
Pushti A 1 a 1 A 2 a 2 Och pushti A 1
1 a 2 a 2
a 1 A 2
Och qizil A 1 a 1 A 2 A 2
Pushti A1 a1 A2 a2 Pushti a
a 1 A 2 A 2 Och pushti a 1
1 A 2 a 2
a 1 a 2
Pushti A 1 a 1 A 2 a 2
Och pushti A 1 a 1 a 2 a 2 Och pushti a 1
1 A 2 a 2
Oq a 1 a 1 a 2 a 2
Fen:1:4:6:4:1 Mustaqil yechish uchun masalalar 1. So‘tasi 20 va 8 sm uzunlikdagi makkajo‘xorilar chatishtirilganda F 1 duragaylari so‘tasining uzunligi 14 sm bo‘ldi, F 1 duragaylari o‘zaro chatishtirilsa F 2 duragaylarining uzunligi qanaqa bo‘ladi? 2. Odamda bo‘yning uzunligi kumulyativ genlar ta’sirida rivojlanadi. Genotip A 1
1 A 2 A 2 A 3 A 3 bo‘lganda odamning bo‘yi 180 sm, a 1 a 1 a 2 a 2 a 3 a 3 bo‘lganda esa 150 sm bo‘ladi. Nikohlangan yigit va qizning bo‘yi 175 sm va 165 sm bo‘lsa, ulardan tug‘iladigan bolalarning bo‘yi qanaqa bo‘ladi? 3. Baron zotli quyonlarning quloq suprasi uzunligi 4 ta kumulyativ genlarga bog‘liq. Genotipda har-bir dominant D gen 7sm, retsessiv gen 3 sm uzunlikni nomoyon etsa, quloq suprasi 20 sm bo‘lgan quyon bilan 12 sm bo‘lgan quyonlarni chatishtirsak, F 1 duragaylarining quloq suprasi qanday uzunliklarda bo‘ladi? 4. Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas dominant genlar tomonidan belgilanadi. Dominant genlar genotipda qancha ko‘p uchrasa teri rangi shuncha qora bo‘ladi. Negrlarda genotip A 1 A 1 A 2 A 2 A 3 A 3 , oq tanlilarda esa a 1 a 1 a 2 a 2 a 3 a 3 bo‘ladi. Negr va 32
oq tanlilar avlodi mulatlar deyiladi. Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli bola tug‘ilgan bo‘lsa, hamma oila a’zolarining genotipini aniqlang. 5. Jag‘-jag‘ o‘simliklarining mevasi uchburchakli va oval shaklida bo‘ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo‘lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o‘simlikni o‘zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo‘lib, ularning 15 qismi uchburchak va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo‘ladi. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniqlang.
birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo‘ynaning qo‘ng‘ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo‘ynaning kumush rangda bo‘lishini belgilaydi. a) Ikki juft genlar bo‘yicha geterozigotali norkalarni o‘zaro chatishtirishi natijasida qanday avlod hosil bo‘lishini aniqlang. b) Ota-onalar genotipi qanday bo‘lganda faqat qo‘ng‘ir mo‘ynali duragaylar hosil bo‘ladi? 7. Quyonlarning bir zotining genotipi A 1 A 1 A 2 A 2 bo‘lib, ular quloq suprasining uzunligi 28 sm ga teng, ikkinchi zotini genotipi a 1 a 1 a 2 a 2 bo‘lib, ular quloq suprasining uzunligi 12 sm ga teng Bunday zotlarni o‘zaro chatishtirilsa birinchi avlod duragaylarining quloq suprasi uzunligi necha sm bo‘ladi? Ikkinchi avlodda ajralish namoyon bo‘ladimi? Nechta genotipik va fenotipik sinflar hosil bo‘ladi?
Tirik organizmlarning jinsi ham irsiy bo‘lib, uning moddiy asosi xromasomalarda joylashgan. Organizmdagi gomologik xromasomalar o‘zaro farq qilmasada, jinsni belgilovchi xromasomolar bir-biridan farq qiladi. Odamlarda, sutemizuvchilar, ba’zi bir baliqlar urg‘ochilarida jinsiy xromasomalar gomogametali XX, erkaklariniki esa geterogametali XY bo‘ladi. Kapalaklar, sudralib yuruvchilar va parrandalar urg‘ochisining jinsiy xromasomasi har xil yani geterogametali, erkaklariniki esa bir xil, gomogametali bo‘ladi. Shuning uchun ularning urg‘ochilarining jinsiy xromasomalarini ZW, erkaklarinikini esa ZZ qilib belgilanadi. Ba’zi hasharotlarda Y xromasoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkakning xromasomalari bittaga yetishmaydi: X va Y 33
xromasomalar o‘rniga bitta X romasoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayonida erkak gametalar hosil bo‘lib kelayotganida X-xromasoma konyugatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va hujayraning biriga o‘tadi. Natijada barcha spermatozoidlarning yarmisi X-xromasomali, yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hujayra X-xromasomali spermatozoid bilan urug‘lansa ikkita X-xromasomasi bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi organizm rivojlanadi. Agar tuxum hujayra X-xromasomasi yo‘q spermatozoid bilan urug‘lansa, XO to‘plam hosil bo‘lib, undan erkak organizm rivojlanadi. Jinsiy xromasomada joylashgan genlar jinsga bog‘liq holda nasldan-naslga o‘tadi, bu genlar indeksi xromasomalarning yuqorisiga yoziladi. Masalan: X
A X A ; X A Y; X A X a ; X a Y
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling