QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN OLINADIGAN EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARALAR REJA: REJA: - Ishlab chiqarilayotgan energiyani nazorat qilishda elektr o’lchov asboblarining qo’llanilishi.
2. Invertorlarning ishlash jarayoni.Iste’mol qilinadigan quvvatni nazorat qilish. 3. Ikkilamchi elеktr ta’minоti manbalarining elеktr ta’minоti tizimi bilan elеktrоmagnit mоslashuvi. Quyosh energiyasidan foydalanishning ko’p usullari mavjud bo’lib, ulardan biri – quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdir. - Quyosh energiyasidan foydalanishning ko’p usullari mavjud bo’lib, ulardan biri – quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdir.
- Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning asosan uchta: termoelektrik, termoelektron va fotoelektrik turlari mavjud.
- 1. Termoelektrik generatorlar (TEG) issiqlik energiyasini bevosita beradi. Uning ishlash jarayoni bir jinsli bo’lmagan ikki xil metallning bir-biriga payvandlangan nuqtalarini har xil temperaturada saqlash vaqtida ularda elektr toki hosil bo’lish hodisasiga asoslangan.
- Termoelektrik generatorlarning foydali ish koeffitsienti (FIK) quyosh nurini qaytaruvchi ko’zgularning geometrik o’lchamiga va uning qaytaruvchanligiga bog’liq. Shuningdek, TEGning FIK temperaturalar ayirmasiga ham bog’liq, ya’ni bo’lishi kerak.
- Agar termoelementning sovuq nuqtasidagi temperatura K bo’lsa, uning issiq nuqtasidagi temperaturaning o’zgarishiga qarab foydali ish koeffitsienti bo’ladi.
- Termoelektrik generatorlarda qo’llaniladigan materialning elektr xossasi temperatura o’zgarishi bilan tez o’zgaradi.
2. Termoelektron o’zgartirgichlar deb harakatlantiruvchi mexanizmlarni ishlatmasdan, issiqlik energiyasini to’gridan-tog’ri elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalarga aytiladi. - 2. Termoelektron o’zgartirgichlar deb harakatlantiruvchi mexanizmlarni ishlatmasdan, issiqlik energiyasini to’gridan-tog’ri elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalarga aytiladi.
- Termoelektron o’zgartirgichlarda harakatlanuvchi mexanizmning bo’lmasligi kerakli kattalikdagi va vazni yengil bo’lgan ixcham elektr generatorlar yasab, ularni kosmik kemalarda ishlatish imkonini beradi. Termoelektron o’zgartirgichlarning ishi yuqori vakuumli elektron lampaning ishlash jarayoniga asoslangan bo’lsa-da, uning elektrodlaridan biri–katod juda yuqori temperaturada qizigan bo’lib, ikkinchisida, ya’ni anodda temperatura unga nisbatan past bo’lishiga qaramay, ular o’rtasida issiqlik o’tkazuvchanlik hosil bo’lmaydi. Shuning uchun ham issiqlik energiyasi ortiqcha isrof bo’lmaydi. Shu sababdan ham o’zgartirgichning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo’ladi.
- Termoelektron o’zgartirgichda seeziy elementining bug’larini ishlatib, uning foydali ish koeffitsientini (30 – 35) % gacha yetkazish mumkin.
- Termoelektron o’zgartirgichlarda quyosh nuri energiyasini qaytaruvchi ko’zgular yordamida qizdiriladigan o’zgartirgichning elektrodlari ustiga to’plab, uning temperaturasi kerakli darajaga yetkaziladi. So’ngra unga nisbatan sovuq anod bilan shu qizdirilgan elektrod, ya’ni katod o’rtasida ish bajarish zanjiri ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |