Qaytaruvchi qandlarni bertran usulida aniqlash
Download 21.28 Kb.
|
2– Laboratoriya mashg‘uloti
Zaruriy ashyo: qand yoki qandli moddalar
Kimyoviy moddalar: mis sulfat, segnet tuzi, distillangan suv, 10 % qo‘rg‘oshin atsetat, kaliy permangantning 0,01 N eritmasi Vosita, jihoz, qurilma: 100 ml o‘lchov kolba, suv xammomi, Buzen kolbasi, kamov nasosi, Allin voronkasi, elektr plitka Ishni bajarish uslubiyoti:Ildizlar (ildiz, poya, barg, meva)ni yoki fiksatsiya qilingan (suyuq azotda, spirtda) materialida aniqlash maqsadga muvofiqdir. 100 ml hajmdagi kolbaga 10 ml filtrdan quyiladi. Uning ustiga 10 ml 4 % li mis sulьat tuzidan va 10 ml segnet tuzining ishqorli eritmasidan qo‘shiladi. Aralashma elektroplitkada yoki gaz gorelkasida qizdiriladi, 3 daqiqa davomida qaynatiladi. Qandlar feling suyuqligi bilan reaksiyaga kirishishi natijasida qizil rangli mis (I)-oksid cho‘kmaga tushadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma ustidagi eritmaning rangi ko‘k bo‘lishi kerak. Agar u rangsiz bo‘lsa, tekshirishga olinadigan filьtrat miqdorini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Olovdan olingan kolba qiya holatga tinch qoldiriladi va sovitiladi. Qiya tutilgan kolba tagida qizil rangli mis (I)-oksid cho‘kma ko‘rinishda bo‘ladi. Keyinchalik ehtiyotkorlik bilan cho‘kma ustidagi eritma, mayda asbest solingan Allin voronka (naycha)si yordamida Buzen kolbasiga filьtrlanadi. Filьtrlashni tezlashtirish uchun Buzen kolbasi Kamov nasosiga ulanadi. Kolbadagi ko‘k rangli aralashma Allin voronkasi orqali filьtrlangach kolba tubida qolgan cho‘kma, distillangan issiq suv bilan 3-4 marta yuvilib, u ham filьtrlanadi. Keyin cho‘kma ehtiyotkorlik bilan distillangan sovuq suvda yuviladi. Allin voronkasi yordamida cho‘kmani sovuq suv bilan yuvish neytral holatgacha davom ettiriladi. Muhitning neytral holatga kelgan-kelmaganligini lakmus kog‘ozi yordamida bilish mumkin. So‘ngra Buzenkolbasidagi filьtrat to‘kib tashlanadi. Buzen kolbasi distillangan suv bilan yaxshilab chayqalanadi. So‘ngra Buzen kolbasiga Allin voronkasi ulanadi. Kolbadagi suvda erimasdan qolgan qizil rangli mis (I)-oksid, 10-15 ml temir sulfatning yoki temir (III)-sulfatning ammoniyli tuzi kislota qo‘shilgan eritmasi eritiladi va Allin voronkasi orqali filtrlanadi. Kolba va Allin voronkasini yuvish, naychadan oqayotgan suyuqlikning neytral holatga kelguncha davom ettiriladi. Buzen kolbasiga utgan filtrat kaliy permangantning 0,01 n eritmasi bilan och pushti rang xosil bulguncha titrlanadi. Download 21.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling