Amaliy mashgulot 3 Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish
Download 233.36 Kb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. Klinik sinflar
Amaliy mashgulot 3 Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish. Qandli diabet (QD) - insulin sekretsiyasi va ta`siri yoki ushbu ikki omillar nuxsoni natijasida kelib chiqadigan xamda giperglikemiya bilan kechadigan bir gurux modda almashinuvi buzilishi kasalliklaridir (JSST 1999). QD jayoonda keng tarqalgan xastaliklardan biri bo`lib, er kurrasining taxminan 6,6% axolisi unga chalingan va yil sayin ular soni ortib bormoqda. Kasallikning paydo bo`lishida oshqozon (me`da) osti bezidagi o`zgarishlar etakchi o`rin eggalaydi. SHuning e`tiborga olib quyida biz uning anatomik tuzilishiga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Oshqozon osti bezi Oshqozon ostida, qorin orqa devorida, o`n birinchi, o`n ikkinchi ko`krak va birinchi, ikkinchi bel umurtqalari soxasida joylashgan bo`lib, uch qismdan iborat: bosh, tana va dum qismlari. Tana va bosh qismi orasida ingichkalashgan bo`yin qismi farqlanadi. Bezning og`irligi 70-80 g. bo`lib, uzunligi 16-22 sm, kengligi 3-9 sm. va qalinligi 2-3 sm.ni tashkil qiladi. Oshqozon osti bezida insulindan tashqari glyukagon - betta xujayralarda, samotastatin - delta xujayralarida ishlab chiqariladi. Ulardan glyukagon insulinning antagonisti xisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari, bezda ishlab chiqariladigan pankreatik peptid gormoni Oshqozon-ichak tizimiga ta`sir ko`rsatadi xamda uglevodlar va lipidlar almashinuvida qatnashadi A. Klinik sinflar I. Qandli diabet 1. Insulinga qaram Qandli diabet (Qandli diabet 1 - tip) 2. Insulinga qaram bo`lmagan Qandli diabet (Qandli diabet 2-tip) A) normal vaznli shaxslarda; B) semizlik bo`lgan shaxslarda; 3. Ovqatlanishdagi etishmovchilik bilan bog`liq Qandli diabet A) fibrokal'kulez pankreatik diabet; B) oqsil etishmovchiligi bilan bog`liq pankreatik diabet; 4. Muayyan xolatlar va sindromlar bilan bog`liq diabetning boshqa turlari A) me`da osti bezi kasalliklari (pankreatik, gemoxromatoz, me`da osti bezi rezektsiyasi); B) endokrin kasalliklari (kushing sindromi, akromegaliya, tireotoksikoz,giperal'dosteronizm, feoxromatsitoma, glyukagonoma); V) dori preparatlarini qabul qilish va kimyoviy moddalar ta`siri keltirib chikargan (GKS, tiazidli diuretiklar, katexolaminlar, fenotiazin, alloksan, streptozototsin); G) insulin va uning retseptorlari anomaliyasi; D) muayyan genetik sindromlar(Al'strem,Verner,DIDMOAD, Kokkeyn, Lourens- Mun-Bidl', Prader-Villi, Klaynfel'ter, lipoatrofik Qandli diabet, glikogenozlar, mukovistsidoz, Fridreyx ataksiyasi, Gentington xoreyasi va boshqalar); E) aralash ta`sirlar cha?irgan xolatlar. II.Glyukozaga turg`unlikning buzilishi A) normal vaznli shaxslarda; B) semizlik bo`lgan shaxslarda; V) muayyan xolatlar va sindromlarda aniqlaniladigan; III.Xomiladorlar diabeti B. Statistik extimol sinflar (glyukozaga turg`unlik me`yorida, ammo QD rivojlanish extimoli yuqori bo`lgan shaxslar): A) glyukozaga turg`unlikni ilgarigi buzilishi; B) glyukozaga turg`unlikni potentsial buzilishi. Download 233.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling