Amaliy mashgulot 3 Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish
QD klinik sinflariga quyidagilar kiradi
Download 233.36 Kb. Pdf ko'rish
|
3 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- QD rivojlanishining ishonchli xavfi bo`lgan sinflar
- Glikemik o`zgarishlarning etiologik klassifikatsiyasi ( JSST, 1999 yil)
QD klinik sinflariga quyidagilar kiradi: QD (ikki marotaba tekshirganda,
kapillyar qonda glyukoza miqdorini 6,1 mmol'/l yoki 110 mg % ortiq yoki kun davomidagi Ovqatga bog`liq bo`lmagan ma`lum bir muddatsiz glyukozaning kapillyar qonda 11,0 mmol'/l dan yuqori, venoz qonda 10 mmol'/l ko`p bo`lishi, glyukozaga bo`lgan chidamlilikning buzilishi (semizlik yoki tana vaznini me`yorida bo`lishi bilan), xomiladorlarda kuzatiladigan QD (faqat xomiladorlik davrida) va simptomatik diabet. QD rivojlanishining ishonchli xavfi bo`lgan sinflar. Unga glyukozaga chidamlilik me`yorida bo`lgan, ammî QD rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillari mavjud kishilar (semizlikka chalingan, nasliy moyilligi bo`lgan, ilgari glyukozaga chidamliligi buzilgan, xomiladorlik davrida QD aniqlangan va 4,0-4,5 kg vaznli bola tuqqan ayollar, Oshqozon osti bezi B-xujayralariga antitelalar aniqlangan) kiradi. Yuqoridagi sinflardan tashqari, JSST (1999) QDning etiologik kelib chiqishiga ko`ra quyidagi turlarini farqlashni tavsiya etadi. Glikemik o`zgarishlarning etiologik klassifikatsiyasi ( JSST, 1999 yil) 1. Qandli diabetning 1-tipi (odatda mutlaq insulin etishmovchiligiga olib keladigan B-xujayralarning shikastlanishi): A. autoimmun; B. idiopatik; 2. Qandli diabetning 2-tipi (nisbiy insulin etishmovchiligi bilan namoyon bo`luvchi insulinga turg`unlik xamda insulin sekretsiyasining buzilishi) 3. Diabetning boshka spetsifik turlari: A. B-xujayralar retseptorlaridagi irsiy nuqsonlar; B. insulin ta`sir qiluvchi xujayralar retseptorlaridagi irsiy nu?qonlar; V. Me`da osti bezi endokrin qismi kasalliklari; G. Endokrinopatiyalar (akromegaliya, gigantizm, Itsenko-Kushinga va boshqalar); D. Dorilar va kimyoviy moddalar ta`sirida kelib chiqqan diabet; E. Infektsiyalar; J. Immunitet buzilishi oqibatida kuzatiladigan sindromlardagi ikkilamchi diabet; Z. Ba`zan diabet bilan birga kuzatiladigan irsiy sindromlar; 4. Gestatsion Qandli diabet UASH faoliyatida QD 1 va 2 tiplari ko`p uchrashi sababli quyida biz ularga batafsil to`xtalib o`tamiz. QD 1 tipi aksariyat xollarda 12-14 yoshlarda uchraydi (30 yoshgacha ko`proq uchrasa xam, ba`zan chaqaloqlar va qariyalarda aniqlanadi) va deyarli barcha xollarda nasliy moyilligi bo`lgan kishilarda rivojlanadi. Bemorlar qonida B- xujayralarga antitelalar aniqlanib, organizmdagi immun o`zgarishlað ularning o`limiga sabab bo`ladi. Bu jarayon insulin ishlab chiqarilishining keskin kamayishiga (90% B-xujayralar faoliyati to`xtagandan so`ng) va uning mutloq etishmovchiligiga olib keladi. SHuning uchun u insulinga bog`liq QD (IBQD) xam deb ataladi. Yuqoridagi o`zgarishlar natijasida bemor organizmida glyukoza parchalanishi keskin kamayib, Oshqozon osti bezida insulinga qarshi kontrinsulyar gormonlar sintezining kompensator oshishi kuzatiladi. So`nggi gormon jigarda oqsillar katabolizmini kuchaytiradi va natijada aminokislotalardan glyukoza xosil bo`lishi ko`payadi. Bir va?tning o`zida insulinga qarshi gormonlar yog` to`?qimasida lipolizni jadallashtiradi va oqibatda qon zardobida yog` kislotalari oshib ketadi. Ulardan jigarda keton tanachalari xosil bo`ladi, yog` to`qimasida esa yog` miqdori kamayib boradi. O`z navbatida qon tarkibida keskin kamayib ketgan insulin rivojlanib boruvchi glyukoneogenez, lipoliz va ketogenezni to`xtata olmaydi. Oqibatda qonda glyukoza xamda keton tanachalari miqdori oshib boradi va insulin bilan davo choralari ko`rilmasa, bemorda diabetik ketoatsidoz rivojlanadi. Glyukoza miqdori 9,5-10 mmol'/l (170-180 mg %)ga etganda glyukozuriya kuzatiladi. Siydikda glyukoza miqdorining oshishi uning osmomolyarligi ko`tarilishiga sabab bo`ladi va bemorlarda osmotik diurez (poliuriya) rivojlanadi. Organizmdan ko`p miqdorda suv yo`qolishi suvsizlanish va chanqash rivojlanishiga olib keladi. Kasallikning klinik belgilari xam yuqoridagi metabolik o`zgarishlardan kelib chiqadi. QD 1 tipiga chalingan bemorlar chanqash, poliuriya, ko`ngil aynishi, quvvatsizlik, tez charchash, ishtaxa va tana vaznining kamayishi (ayrim xollarda ishtaxa keskin kamaymagan, xatto ba`zan oshgan bo`lsa xam), doimiy och xolish xissiga shikoyat qiladilar. Bolalarda enurez kuzatilishi kasallikka xos belgilardan biri xisoblanadi. Bemorlarda siydik tuta olmaslik paydo bo`lishi giperglikemiya rivojlanayotganining darakchisi ekanligini UASH esda tutishlari lozim. QD 2-tipi aksariyat xollarda 35-yoshdan keyin uchrab, semizlik, stress xolatlar, keksa yosh, sust jismoniy faolik, qator dorilar ta`sirida kasallikka nasliy moyilligi mavjud bo`lgan kishilarda rivojlanadi. Uning paydo bo`lishidan oldin yog`, mushak to`qimalari xamda jigar xujayralarini insulin ta`siriga chidamliligi kuzatiladi. QD 2-tipi rivojlanishining boshqa bir sababi, Oshqozon osti bezi B- xujayralarini glyukozaga bo`lgan sezuvchanligini kamayib ketishidir. Unga chalingan bemorlarning ko`pchiligi insulin bilan davolanishga muxtoj bo`lmaydilar va diabetli ketoatsidoz rivojlanishiga chidamlilik kuzatiladi. SHuning uchun kasallikning ushbu turi insulinga chidamli QD deb ataladi. Ushbu tip barcha QD chalinganlarning 85-90% ni tashkil etib, yosh oshgan sari bemorlar soni ko`payib boradi va katta yoshdagilar umumiy bemorlar sonini 50% ni tashkil etadi. QD 1- tipi kabi chanqash, quvvatsizlik, tez charchash xollari kuzatilsa xam, ularda ushbu belgilar asta-sekinlik bilan rivojlanadi xamda 60-80% bemorlarda semizlik bilan birga kechadi. Yaqqol namoyon bo`lmagan giperglikemiya va kasallikning belgilarsiz kechishi sababli QD 2 - tipi ko`p xollarda tasodifan aniqlanadi. Bemorlarda aksariyat xollarda teri infektsiyalari (chipqonlar, yiringli yaralar), uning qichishishlari, ayollarda vaginitlar kuzatiladi. Ba`zan sanab o`tilganlar kasallikning boshlang`ich davrida uning yagona belgisi bo`lishi mumkin. Ularda yog` to`qimasi ko`proq tananing yuqori qismida va qorinda to`planadi xamda kasallik AG, giperlipedemiya, ateroskleroz belgilari bilan birga kechadi. Ushbu kasalliklarning birga kelishi adabiyotlarda "X" yoki "metabolik" sindrom deb ataladi. QD 1 va 2-tiplarining bir-biridan klinik va patogenetik farqlari 1-jadvalda keltirilgan. SHuningdek, giperglikemiya qator endokrin va ba`zi boshqa kasalliklarda (1- chizma) xam uchrashi mumkin. Unda so`z ikkilamchi yoki simptomatik QD to`g`risida ketadi. Ushbu kasalliklar to`g`risida batafsil ma`lumot tegishli ma`ruzalarda yoritilgan. Kasallanish extimoli bo`lgan ishonchli xavf guruxiga glyukozaga chidamlilik me`yorida, ammo QDga olib keluvchi xavf omillari mavjud (tana vaznining me`yoridan ortiq bo`lishi, kasallikka nasliy moyillik, ilgari glyukozaga chidamlilik buzilishini aniqlanganligi, xomiladorlik davrida kuzatilgan QD, 4,0-4,5 kg.dan ortiq tana vazniga ega bo`lgan bola tuqqanlar, Oshqozon osti bezi B-xujayralariga antitelalar mavjudligi) kishilar kiradi. Download 233.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling