Amaliy mashgulot 3 Qandli diabet va glyukozaga turgunlikning buzilishi. Etiologiya, patogenez, tasnifi, klinikasi, tashxis qo`yish


Xomiladorlarda Qandli diabetni aniqlash


Download 233.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana24.03.2023
Hajmi233.36 Kb.
#1290977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 - Nazariy materiallar

Xomiladorlarda Qandli diabetni aniqlash. QD rivojlanishining yuqori xavfi 
xamda uning 1-2 tipi kuzatilish e?timoli bo`lgan barcha ayollarda xomiladorlikning 
24-28 xaftalarida UASH qondagi glyukoza miqdorini aniqlashi zarur. Mabodo qon 
zardobida naxorgi glyukoza miqdori 5,85 mmol'/l (kapillyar qonda 5,0 mmol'/l) va 
undan ko`p bo`lsa, bu glyukozaga chidamlilik sinamasini o`tkazishga ko`rsatma 
xisoblanadi. quyidagi 3-jadvalda xomiladorlarda 100 gramm glyukoza bilan unga 
chidamlilik sinamasini o`tkazishda kuzatiladigan o`zgarishlar keltirilgan. 
3-jadval 
xomiladorlarda glyukozaga chidamlilik sinamasi ko`rsatkichlari 
№ 
Глюкоза қабул 
қилингандан 
кейинги вақт ( 
соат) 
Қон зардобида 
глюкоза миқдори 
(ммоль\л) 




< 5,83 


< 10,55 


< 9,6 


< 9,6 


< 8,05 
QD mavjudligi aniqlangan xomiladorlar doimiy kuzatuvda bo`lishlari (UASH, 
endokrinolog va akusher-ginekolog) va xomiladorlikni to`xtatish masalasi vrachlar 
konsiliumi tomonidan individual xal qilinishi lozim. 
Davolash. QDni davolashda UASH o`z oldiga quyidagilarni maqsad qilib qo`yishi 
kerak: 
bemor qonida glyukoza ko`rsatkichini me`yoriga tushirish va uni doimiy shu 
xolatda saqlab turish
tana vazni indeksini 18- 25 kg / m2 atrofida bo`lishiga erishish; 
diabetik mikro va makroangiopatiyalarni oldini olish va davolash; 
qondagi lipid ko`rsatkichlari va ?B ni me`yorlashtirish; 
QDga chalingan bemor bolalarni yaxshi o`sishlarini tibbiy tomondan ta`minlash. 
Davolash jarayonining muvaffaqiyati deyarli barcha xollarda bemorning unga 
bo`lgan munosabati bilan uzviy bog`liqdir. SHuning uchun ular QD to`g`risida 
(kasallikning paydo bo`lishi, klinik belgilari, o`tkir va surunkali asoratlari
davolash natijasida ba`zan kuzatilishi mumkin bo`lgan salbiy oqibatlar) batafsil 
axborotga ega bo`lishlari va nima sababdan u yoki bu davolash rejasi 
buyurilganligini bilishlarè kerak. Bemorlarni o`z-o`zlarini nazorat qilishga, 
glyukometr, insulin shpritslaridan va uni yuboradigan shprits ruchkalardan to`g`ri 
foydalanishga, yuboriladigan joyni tanlashga o`rgatish lozim. Ushbu kasallikka 
chalingan bemorlarni davolashda me`yorlashtirilgan jismoniy mashqlar aloxida 
o`rin tutadi. Ular glyukoza metabolizmini yaxshilaydi, insulinga chidamlilik, tana 
vazni indeksi, qon bosimini va lipidlar ko`rsatkichini kamaytiradi.
QD 1 tipini davolash quyidagi uchta tarkibiy qismdan iborat: parxez, 
me`yorlashtirilgan jismoniy yuklama va insulin bilan davolash. QD 2 tipini 
davolashda quyidagi qator usullardan foydalaniladi: faqat parxez bilan davolash, 
parxez va og`iz orqali qabul qilinadigan qandni tushiruvchi dorilardan birga 
foydalanish, ayrim xollarda ular bilan birga insulin qo`llash. Ikkilamchi mutloq 


insulin etishmovchiligi rivojlangan xollarda (kasallik rivojlangandan so`ng 10-15 
yil o`tgach) bemorlar 1 tipdagi QD kabi parxez va insulin bilan davolanadilar. 
Jarroxlik amaliyoti o`tkazish davrida, og`ir o`tkir va surunkali kasalliklarda, 
xomiladorlik davrida (faqat parxezdan foydalanish samara bermaganda), jigar 
kasalliklarida (uning faoliyati buzilgan xollarda ), SBE belgilari kuzatilganda QD 
2 tipiga chalingan bemorlar insulin bilan davolashga o`tkaziladilar. 
Me`yorlashtirilgan jismoniy yuklamadan foydalanish ushbu gurux bemorlarda xam 
qondagi glyukoza miqdorini kamayishiga olib keladi. 
QD xar ikkala turini davolashda parxez muxim axamiyatga ega va uning asosiy 
qoidalari quyidagilardan iborat: tana vazni indeksi me`yorida bo`lganda (18 dan 25 
kg \ m2), bemorni kunlik Ovqat bilan qabul qiladigan kaloriyasi yoshi va jismoniy 
faolligidan kelib chi?ib 1.600-2.500 kaloriya bo`lishi; tana vazni indeksi ortiqcha 
bo`lganda (26-29 kg\ m2), kunda 1.300-1.200 kkal; bemorda semizlik bo`lgan 
xollarda (tana vazni indeksi >30 kg\m2) kunlik kaloriya 1.200-1.000; yuqori 
darajadagi semizlikda kunlik kaloriyani 600 gacha kamaytirish lozim. QD bilan 
bir qatorda, semizligi mavjud bo`lgan bemorlarni tana vaznini kamaytirishga 
erishilsa, ular qonida glyukoza miqdori, lipid ko`rsatkichlari va AB me`yoriga 
tusha boshlaydi. Tana vazni indeksi past (< 20 kg/m2) bo`lgan xollarda (QD 1 
tipiga chalingan deyarli barcha bemorlarda) kunlik kaloriya 3.000-3.500 bo`lganda
me`yor darajasida xisoblanadi.
Ovqatning tarkibi 55-60% uglevodlardan, 15-20% oqsillardan, 20-30% yog`lardan, 
jumladan, undan 2/3 qismi o`simlik, 1/3 xayvon yog`laridan iborat bo`lishi kerak. 
Bemorlar iste`mol qiladigan kundalik taomlar tarkibidagi xolesterin miqdori 
(ayni?sa giperxolesterenemiya mavjud bo`lganda) 300 mg% dan ortiq bo`lmasligi 
lozim.
Iste`moldan tozalangan uglevodlar (shakar va uni o`zida sa?lovchi ma?sulotlar) 
to`liq istisno qilinadi. qonda glyukoza miqdorini bir me`yorda ushlab turish uchun 
non, kartoshka va aksariyat mevalarni zarur miqdorda xar kuni ma`lum bir vaqtda 
istemol qilish tavsiya etiladi. Insulin qabul qilayotgan bemorlarda Ovqat istemol
qilish uning yuqori ta`sir vaqtiga to`g`ri kelishi kerak. Barcha sabzavot va 
mevalarni shirin bo`lmagan turlarini (nordon olma, olxo`ri, limon va boshqalar) 
chegaralanmagan miqdorda ammo kunlik istemol kaloriyasidan kelib chiqib qabul
qilish mumkin. Go`sht maxsulotlaridan ko`proq terisi olingan parranda va yog`siz 
bali?larni, imkoni bo`lmagan xollarda mol go`shti iste`mol qilish lozim. 
SHuningdek, bemorlar yog`siz tvorog va kefir, xaftada 2-3 dona tuxum istemol 
qilishlari mumkin. Diabetik glomeruloskleroz belgilari aniqlangan xollarda oqsil 


iste`mol qilish kunda 60-70 grammgacha chegaralanadi. CHunki organizmga 
aminokislotalarning ortiqcha tushishi buyrak koptokchalari kapillyarlariga salbiy 
ta`sir ko`rsatadi. 
QDga chalingan bemorlarda qabziyat kuzatilsa, tarkibida kepak saqlovchi non 
maxsulotlari (kaloriyasini xisobga olgan xolda) tavsiya etiladi. Sun`iy shirinliklar 
saxarin, aspartam, tsiklomatlardan shakað o`rnida foydalanish mumkin. Saxarin 
0,05 gramdan 2-3 marta tavsiya etilsa xam, uni uzoq muddat qabul qilish siydik 
qopchasi raki kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. SHuningdek, saxarin bolalar 
va xomilador ayollarga buyurilmaydi, aspartam shakardan 180 marta shirin bo`lsa 
xam, issiqlikka chidamsizligi sababli murabbo va turli pishiriqlar tayyorlash uchun 
foydalanishning imkoni yo`q. SHakarning tabiiy asosi fruktozadan 
normoglikemiya xolatidagi bemorlar uncha ko`p bo`lmagan miqdorda 

Download 233.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling