` G`urur hayotni vayron , umrni sargardon qilishi mumkin, xuddi shiddatli asov daryo singari…` - Andre Morua fransuz yozuvchisi bo`lib, u Rossiyada ham shuhrat qozongan yozuvchidir. Ko`pgina asarlari rus tiliga tarjima qilingan. Birinchi Jahon Urushi yillari Fransuz armiyasida tarjimon, keyinchalik Britaniya armiyasida ofitserlik qilgan.
- Uning eng dastlabki asari ` The Silence of Colonel Bramble`( `Bramble koloniyasidagi jimlik`) juda tez xalq orasida mashxur bo`lib ketgan.
- Asarlarining ko`pchiligida Britaniyaliklar haqida so`zlagan bo`lsa, shuningdek, Disraeli, Bayron, Shelley haqida biografiyalar ham yozgan.
Mashhur asarlari - 1. The Next Chapter (` Keyingi Sahifa`)
- 2. A voyage to the island of the Articoles (`Artikoles oroliga sayohat`)
- 3. Atmosphere of love ( `Sevgi atmosferasi`)
- 4. Rio De Janeiro ( Rio-de-Janeiro)
- 5. The Art of Living ( ` Yashash san`ati`)
- 6. The Climates of Love ( `Sevgi iqlimi`)
Asarlaridan parcha - ` Har o`n yilda tajribangiz xato , xavfli deb topgan g`oyalarni miyangizni tozalab turing`.
- ` Turmush boshqa, muhabbat boshqa`
- `Inson o`z baxtsizligining ustasi`.
- `Hatto eng kuchli his-tuyg`ular ham o`ladi, shunday emasmi?! Uch yil oldin birga bo`lgan ayolimizga qiziqib qarasak, xuddi u qandaydir bir kimsa bo`lib ko`rinadi`.
- `Baxtli turmush – bu doim qisqa tuyuladigan uzoq suhbat`.
- ` Oilasiz, erkak yolg`iz dunyoda sovuqdan muzlaganday qaltiraydi`.
- `To`rtta oddiy so`z bilan suhbatlarimiz ancha yaxshilanishi mumkin: men bilmayman( I do not know).
- ` Baxt uchun eng birinchi omil: o`tmish haqidagi uzoq meditatsiyadan ehtiyot bo`lish`.
qaytish - Janri : hikoya
- Asarning tematik tasnifi: tarixiy
- Asarning asosiy g`oyasi: Asarda haqiqatdan qochish eng oson yo`l deb qarovchi insonning fojiasi haqida so`zlanadi.
- Qaytish … uzoq ayriliqdan so`ng inson uyiga qaytar ekan, u endi taqdirga peshvov chiqish o`rniga , shubhalar bilan qoplanadi. Qaytish… qaytmoqchi ekansiz , demak o`tmish bilan hisoblashishga haqqingiz yo`q… o`tmish haqida hisoblashar ekansiz, qaytishdan foyda yo`q…
Asarning lingvistik tahlili - 1. Frazeologizm
- 2. Kasb-hunarga oid so`zlar: oqsoqol, o`qituvchi, qassob, do`konchi, velosipedchi, sartarosh
- 3. Toponimlar : Germaniya, Perigor, Shardey, Fransiya
Asardagi milliy kalorit - ` Bir shisha vino va gullar qo`yaman`… Bilamiz vinoni sevib iste`mol qilish fransuz , umuman yevropaliklarga xos odatdir.
- ` Tuni bilan boshiga setka kiyib yotdi`. Bu o`sha davr ayollarining soch turmaklashi haqida ma`lumot beradi.
Badiiy tahlil - Asardagi tugun: Renoning tabiatiga xos bo`lgan rashk va `mukammalik `ga bo`lgan ruju asardagi tugunni keltirib chiqaradi menimcha. U o`zining xarakteri qurboni bo`ldi va xotinini ham bunga sherik qildi
- Konflikt turi: inson-inson.
- Asar kulminatsiyasi: Renoning uyda ikki kishilik stolni ko`rib, xotini unga xiyonat qilgan deb o`ylashi va butunlay g`oyib bo`lishi…
- Asardagi yechim: Asarda yechim yo`q. Hayot. Taqdir. Biz ularda ba`zida rol o`ynayotgan artistga o`xshaymiz.
Asardan ba`zi satrlar - `E, og`ayni, bu –odamning tabiatiga bog`liq`.
- `Hayotda nimalar bo`lmayapti, axir!`
- `Menga baxt butun bo`lsa, yoinki…`
So`nggi xulosam - Qaytish … bu juda qisqa hikoya, ammo unda inson taqdiri haqida chuqur mulohaza qilsa bo`ladigan ma`no bor. Biz insonlar doimo o`z xarakterimiz qurboni bo`lamiz. Ishonchsizlik esa, eng katta dushmanimiz. Urush insonlar boshiga shunday kunlarni soldiki, taqdirlar ayro tushdi. Aslida adolatsizlikday tuyuladi. Ammo Xudo hamma narsani boshqarib turadi. Inson esa o`z qilmishalarining qurboni bo`lib qolaveradi. Hayot adolatsiz emas. U doim adolatli.
Venn diagrammasi
Reno
Rashkchi
Ichi tor
Qo`rqoq
Saturnen
Ochiq ko`ngil
Optimist
Soldat
Urush qatnashchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |