Qayumov Ahror dbg`I-60 2-mavzu. Foyda solig’i bo’yicha nazorat savollari
Download 250.32 Kb. Pdf ko'rish
|
2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar. 1.
Qayumov Ahror DBG`I-60 2-mavzu. Foyda solig’i bo’yicha nazorat savollari.
2-TOPSHIRIQ Savollar.
1. Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati ва ahamiyati. 2.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foyda solig’ining byudjet daromadlarida tutgan o’rni. 3. Foyda solig’i to’lovchilari tarkibi. 4. Foyda solig’ining soliq solish ob’ekti.
Respublikamiz ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning imkoniyatini oshishi, bozor infrastrukturasi rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning xo‘jalik yuritish samaradorligini ta‘minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar. O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida qolib turgan vaqtda daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish xaqi o‘sishini cheklash uchun
davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan olingan tushum xajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab chiqarishlari yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda kata miqdorda ishchilarga ish xaqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada daromad solig‘ini ish xaqi fondidan belgilangan stavkada to‘lashga majbur edilar. 1995 yil yanvar oyidan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan soliq joriy etildi. 2008 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23- moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko‘ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha jami daromad mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi. Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi o‘tgan soliq davrining oxirgi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va birinchi chorak yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi to‘qqiz oylik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi o‘rtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. Agar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi. Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday oshib ketish sodir bo‘lgan to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘laydi. Bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qat’i nazar, har oylik bo‘nak to‘lovlarini, agar bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan bo‘lsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida to‘laydi. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisobot (soliq) davri mobaynida to‘langan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash chog‘ida hisobga olinadi. Har oylik bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Jami yillik daromadning miqdoridan qat’i nazar, soliq hisobotini soliq bo‘yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi. Soliq to‘lovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar to‘lanishi lozim. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisoblashni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan e’tiboran to‘xtatib turadi. Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni to‘xtatilgan taqdirda, har oylik bo‘nak to‘lovlarini hisoblash ularni hisoblash to‘xtatilgan oydan e’tiboran tiklanadi.
Quyidagilar foyda solig‘ining soliq to‘lovchilari (294-modda) deb e’tirof etiladi: 1) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari; 3) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar; 4) soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar; 5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajaradi.
Foyda solig’ining ob’ekti quyidagilardir: Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i (295-modda) bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi. Ushbu bo‘lim maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi: 1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — Soliq Kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 3) norezident uchun — Soliq Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar; 4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — Soliq Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Download 250.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling