Qayumov Ahror dbg`I-60 Xususiy kapital hisobi


Download 13.85 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi13.85 Kb.
#103017
Bog'liq
Xususiy kapital hisobi


Qayumov Ahror DBG`I-60

Xususiy kapital hisobi

Har bir ho`jalik sub’yektda o`zining moliyaviy resurslarini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu mablag`larning manbai esa foyda, amartizatsiya ajratmasi, qimmatli qog`ozlarni sotishdan tushgan mablag`lar, aksiya egalarining badallari va ta’sischilarning ulushlari, kreditlar ajratilgan grandlar, maqsadli moliyalashtirish mablag`lari va shunga o`xshash yo`nalishdagi mablag`lardir.

Sub’yektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari asosida yaratilgan jamg`armalar va zahiralar qo`shilgan holda, ularning harakati va holati o`rganiladai va nazorat qilinadi

Xususiy kapital ustav fo`ndidan (ustav kapitalidan), qo`shilgan zahira kapitalliddan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topgan.

Xususiy kapital xo`jalik sub’yektining aktivi va majburiyatlari o`rtasidagi farqni o`zida mujassamlashtiradi. Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to`lash, qo`shimcha investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog`liq holda ko`payishi yoki kamayishi mumkin.

Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko’rsatkichlar hisobiga o’zgarib boradi. Har bir tarkibning o’zgarishi ham o’z mazmuniga ko’ra ma’lum ko’rsatkichlarni o’zgarishi orqali amalga oshadi.

Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Negaki, uning holatiga qarab jami mablag’lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo’lga qo’yishda o’ta muhim masala hisoblanadi.



Xususiy kapital korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosini tashkil etuvchi ko’rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zahira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Download 13.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling