Qdpi boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi Umarova Saidaxonning ona tilidan mustaqil taʼlim uchun tayyorlagan taqdimoti


Download 1.57 Mb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1359253
  1   2   3
Bog'liq
QDPI boshlangʻi-WPS Office (1)

QDPI boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi Umarova Saidaxonning ona tilidan mustaqil taʼlim uchun tayyorlagan taqdimoti


Urgʻu olmaydigan qoʻshimchalar va urgʻu birinchi boʻgʻinga tushmaydigan soʻzlar

Reja:

Reja:

1.Urgʼu haqida tushuncha.

2.Urgʻu olmaydigan qoʻshimchalar

3.Urgʻu birinchi boʻgʻinga tushmaydigan soʻzlar .

Urgʻu — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni kuchaytirish, bugin tarkibidagi unlining choʻziq talaffuzi, ton balandligini oʻzgartirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obʼyektiga koʻra, urgʻuning 2 turi farqlanadi: soʻz urgʻusi (lugʻaviy U.) va fraza urgʻusi (mantiqiy U.). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli suzlarda shu bugʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi soʻz urgʻusi deyiladi. Soʻz urgʻusi, oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga birkitilganligiga koʻra 2 ga boʻlinadi: bogʻliq urgʻu va koʻchma (erkin) urgʻu.


Key Word
Key Word
Urgʻu
Soʻz urgʻusi
Fraza urgʻusi
Bogʻliq urgʻu
Koʻchma urgʻu

Bogʻliq urgʻu. soʻzda boʻgʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan urgʻudir (mas, rus tilida). Kuchma urgʻu affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan urgʻudir. Masalan, oʻzbek tilida so`z urgʻusi shunday: o`qit — oʻqituv — oʻqituvchi — oʻqituvchilik. Ayrim holatlarda soʻz urgʼusi maʼno farqlash vazifasini ham bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot: meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning, bo`lishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot anjomi) yoki soʻz shaklini farqlaydi: ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi), otingiz (sizning otingiz) — otingiz (miltiqni oting) kabi.


Soʻz oxiridagi baʼzi qoʻshimchalar, yuklamalar urgʻu olmaydi, ularda urgʻu oldingi boʻgʻinda qolaveradi. Albatta, umuman, baʼzan, doimo, hamisha, Kobil, Halima kabi oʻzlashma soʻzlarda urgʻu soʻnggi boʻgʻinda emas, undan oldingi boʻgʻinlarda ham keladi. Koʻp boʻgʻinli soʻzlarda, bosh urgʻudan tashqari, ikkinchi darajali urgʻu ham boʻladi.
Urg'usi birinchi yoki o'rtadagi bo'g'inga tushadigan so'zlar ham o'zbek tilida anchagina bor. Bunday so'zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi:
1.ravishlarda: yangi, hozir, doim, hamisha;
2.olmoshlarga: hamma, barcha, nimadir, biroq, bir narsa;
3)-modal so'zlarda; albatta, ehtimol, aftidan;
4) ayrim yordamchi so'zlarda; ammo, lekin, hatto, balki.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling