Ilm-fan - innovatsion taraqqiyot asosi Mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fanni rivojlantirish borasida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan: - ilm-fan sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida jahon tajribasida loyihaviy boshqaruv o‘z samaradorligini ko‘rsatayotganini inobatga olib, dasturiy maqsadli yondashuvni qo‘llash hamda yangi boshqaruv vositalarini joriy etish va ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
- ilm-fan va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va zamonaviy fan yo‘nalishlari bo‘yicha infratuzilmalarni tashkil qilish, ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilab borish, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (doktorantura) institutini moliyalashtirish kabi rejalashtirilgan chora-tadbirlarga yo‘naltirish;
ilmiy loyihalarni xususiy sektor va tarmoq tashkilotlari bilan teng sheriklikda moliyalashtirish amaliyoti kengaytiriladi, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon bankining ilm-fanni tijoratlashtirishga ajratiladigan imtiyozli qarz mablag‘larini jalb qilish; - ilmiy loyihalarni xususiy sektor va tarmoq tashkilotlari bilan teng sheriklikda moliyalashtirish amaliyoti kengaytiriladi, ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon bankining ilm-fanni tijoratlashtirishga ajratiladigan imtiyozli qarz mablag‘larini jalb qilish;
- oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga ilmiy faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlari yaratish, doktorantlar bilan ishlash, ular tomonidan olib borilayotgan ishlarni nazorat (monitoring) qilish, himoyaga o‘z vaqtida chiqishini tahninlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |