Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri aholi salomatligi, ayniqsa, onalar va bolalarimiz sog‘lig‘ini muhofaza qilish hisoblanadi. Shu maqsadda 2021-yildan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatilmoqda. Bu jarayon bilan 2021-yilda11 million nafar, 2022-yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi. Sogliqni saqlash sohasi rivojiga salbiy tasir ko‘rsatayotgan holatlarga barham berish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat: Sogliqni saqlash sohasi rivojiga salbiy tasir ko‘rsatayotgan holatlarga barham berish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat: - sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish;
- tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi qonunlarni qabul qilish;
- jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruvtizimini takomillashtirish;
hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning klaster mo- delini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish; - hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning klaster mo- delini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;
- tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilashda mahalliy xususiyatlarni hisobga olish;
- tibbiy xizmatlar uchun klinik xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun to‘Iash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |