Qdpi tabiiyot va geografiya fakulteti geografiya o’qitish metodikasi ii-b gurux talabasi karimova sarvinozning,,Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanidan tayyorlagan O’qtuvchi: Mo’minov D


Download 196.12 Kb.
bet3/4
Sana26.10.2023
Hajmi196.12 Kb.
#1722962
1   2   3   4
Bog'liq
Jahon ishchi kuchi bozorida migratsiyaning avj olish jarayonlarining kuzatilishi

G’ARBIY YEVROPA-mamlakatlari bo’ylab migratsiya oshishi bu mamlakatlarning urushdan keyingi davrda o’z iqtisodiyotlarini tiklashda asosiy ro’l o’ynaydi. Hozirgi paytda ham xorijiy ishchi kuchi past malakali va nufuzli bo’lmagan tarmoqlarda keng qo’llaniladi. Bu tarmoqlarda xorijliklar 70% ni tashkil etadi. Yevropaning 15 mamlakati doirasida yagona mehnat bazorining barpo etilishi bu mintaqaning ahamyatini kuchaytirdiva uni xorijiy ishchi kuchi uchun jozibali qilib qo’ydi. G’arbiy Yevropaga asosan Shimoliy Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa, Rossiyadan ishchi migrantlar keladi.

AQSH va KANADA –bu yerga nafaqat Lotin sidan past malakaga ega bo’lgan ishchilar balki yuqori malakali mutaxasislar ham intiladilar. Bu mutaxasislar dunyoni turli dvlatlaridn kelishadi. Shu sababli AQSH o’zining zamonaviy fan-texnikaga asoslangan tarmoqlarini yuqori malakali mutaxasislarga bo’lgan ehtiyojini kadrlar tayyorlashga katta xarajatlar qilmasdan taminlanadi. ARGENTINA-xozirda bu mamlakatda yuzaga kelgan qulay iqtisodiy vaziyat qo’shni mamlakatlardan arzon ishchi kuchini o’ziga jalb qilmoqda. Avstraliya ham rivojlangan mamlakatlardan. Bu yerga Janubiy-Sharqiy Osiyodan, Hindistondan ishchi migrantlar kelmoqda.

Hozirda O’zbekistonda jahon mehnat bozorida faol qatnashishni ta’minlavchi tashkiliy-xuquqiy asoslar shakllanmoqda va bu sohadagi davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Chunki hozirgi paytda butun dunyoda ro’y berayotgan ,,odam savdosi’’ muxim muammolardan biridir. Bu muammodan O’zbekiston ham chetda qolmadi. Har yili mamlakatimizda qanchadan-qancha begunoh insonlar aldov qurboni bo’lishmoqda. Buni oldini olish uchun mamlakatimizda mamlakatga kelish va mamlakatdan chiqib ketish to’g’risidagi, xorijda ishlayotgan fuqorolarimizni xuquq va manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun loyhalari tayyorlanmoqda.

O’zbekistonda tashqi migratsiya sohasidagi siyosatni tashkiliy jihatdan taminlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda mehnat vazirligi qoshida muhojir-mehnatkashlar ishlari bo’yicha respublika agentligi tuzilgan. Yuqorida qabul qilingan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, tashqi migratsiya sohasida davlat siyosatining asosiy vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan, xorijda ishlayotgan, yashirin mehnat migratsiyasining oldini olishga va boshqalarga qaratilgan.


Download 196.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling