Qdu talabasi


Download 205.98 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2023
Hajmi205.98 Kb.
#1326239
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
,,,,,

Ushbu tom ma`nodagi tarixiy hujjatning ahamiyati nimada? Birinchidan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev­ tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Harakatlar strategiyasi» davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab beradi. Ikkinchidan, »Harakatlar strategiyasi» Konstitutsiyamizning asosiy demokratik normalarini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida demokratik yangilanishi va modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy davomidir. Uchinchidan, o`z mohiyat e`tiboriga ko`ra, «Harakatlar strategiyasi» dunyoda tub o`zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda siyo­siy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo`nalishini amalga oshirishning besh yilga mo`ljallangan milliy strategiyasidir. To`rtinchidan, hammamiz guvohi va bevosita ishtirokchisi bo`lganimiz «Harakatlar strategiyasi»ning jonli va qizg`in jamoatchilik muhokamasi bugungi zamon talabiga mos ravishda eng yangi informatsion texnologiyalarni keng qo`llagan holda olib borildi. Bu uning to`laqonli muhokamasi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Ko`plab mutaxassislardan qanchadan-qancha amaliy taklif-mulohazalar kelib tushdi. Men bu o`rinda internet orqali kelib tushgan fikrlarni ham nazarda tutayapman. Eng muhimi, bu takliflarning asoslilaridan bir qanchasi e`tiborga olinganligi alohida e`tirofga sazovor.

Harakatlar strategiyasi»ni izchil va tizimli amalga oshirishda uchta muhim printsipga e`tiborni qaratish lozim. Birinchi printsip: »Harakatlar strategiyasi» biz tanlab olgan va Birinchi Prezidentimiz asos solgan hamda butun dunyo tan olgan taraqqiyotning «o`zbek modeli»ning mantiqiy davomidir. Shu ma`noda «Harakatlar strategiyasi» o`zining bosqichma-bosqichligi, izchilligi va tadrijiyligini saqlab qoladi. Ikkinchi printsip: »Harakatlar strategiyasi»da beshta ustuvor yo`nalish, ya`ni Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari, Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari, Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari, Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar uzviy bog`liq ekanligi va bir-birini taqozo etishini aniq va ravshan anglash lozim.


Download 205.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling