Qidir Qoraqalpogʻiston Oʻzbekistondagi avtonom respublika Qoraqalpogʻiston


Download 340.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.02.2023
Hajmi340.31 Kb.
#1168054
1   2   3   4
Bog'liq
Qoraqalpogʻiston - Vikipediya

Tuman nomi
Tuman markazi
1
Amudaryo tumani Mangʻit (shahar)
2
Beruniy tumani
Beruniy (shahar)
3
Chimboy tumani
Chimboy
4
Ellikqalʼa tumani
Boʻston
5
Kegeyli tumani
Kegeyli
6
Moʻynoq tumani
Moʻynoq
7
Nukus tumani
Oqmangʻit
8
Qanlikoʻl tumani
Qanlikoʻl
9
Qoʻngʻirot tumani Qoʻngʻirot
10
Qoraoʻzak tumani Qoraoʻzak
11
Shumanay tumani Shoʻmanoy
12
Taxtakoʻpir tumani Taxtakoʻpir
13
Toʻrtkoʻl tumani
Toʻrtkoʻl
14
Xoʻjayli tumani
Xoʻjayli
Aholisi, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, rus,
ukrainlar tatar, koreyslar va boshqa oʻtizga yaqin millatlar yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi
1 km²ga 9,4 kishi. Shahar aholisi 48,5 %, qishloq aholisi 51,5 %. Davlat tillari — qoraqalpoq va
Aholisi


oʻzbek tillari. Etnik tarkibi — 
O'zbeklar
 38,8 %, 
Qoraqalpoqlar
 35,8 % 
Qozoqlar
, 11,8 % boshqa
millatlar. Dindorlari — musulmon sunniylar. Yirik shaharlari: Nukus (siyosiy ahamiyati boʻyicha
Toshkentdan keyin 2-oʻrinda), Toʻrtkoʻl, Taxiatosh, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Chimboy.
[1]
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 millionga yaqin kishi yashaydi.(2022-yil)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi oliy davlat vakillik organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng
yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Senati Raisining oʻrinbosari hamdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat
hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi hisoblanadi.
[1]
Qoraqalpogʻiston hududida odam soʻnggi paleolit davridan yashay boshlagan. Miloddan
avvalgi 5-ming yillik — 2-ming yillik boshlarida aholi, asosan, Amudaryo deltasi va Orol, Kaspiy
dengizlari yon atroflaridagi choʻllarda joylashgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida bu
hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi −6-asrlarda
Qoraqalpogʻiston hududida qad. davlatchilik markazlari yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi 4-
asrda Axomaniylar saltanati tarkibidan ajralib chiqqach, yagona qad. Xorazm davlati tashkil
topdi. Qoʻyqirilgan-qalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa shaharlari xarobalarini qazish vaqtida qad.
yozma yodgorliklar (miloddan avvalgi 4-asrga oid), Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qad.
tasviriy sanʼat va haykalta-roshlik yodgorliklari topildi. xorazmshoxdarning Tuproqqalʼa
(milodiy 3- 4-asr boshlari) saroyi soʻnggi antik dav. rning eng ulkan yodgorliklaridan biri
hisoblanadi. 8-asrda arablar olib kelgan islom dini zardushtiylik aqidalarini surib chiqardi. 12-
13-asrlarda buyuk Xorazmshohlar davlati Gʻarbiy Osiyo va Urta Sharqda eng yirik va kuchli
davlat edi. 13-asrda moʻgʻullar isti-losidan soʻng bu davlat parchalanib ketdi. 14-asrda Xorazm
Oltin Oʻrdaning eng boy va madaniy viloyatiga aylandi. Qoraqalpogʻiston hududidan Osiyodagi
qoʻshni mamlakatlar, Dashti Qipchoq va Volga boʻyiga muhim savdo yoʻllari oʻtgan va xalqaro
savdoda muhim ahamiyatga ega boʻlgan.
Qoraqalpoqlarning eng qad. etno-genezi Amudaryo deltasi va OrolKaspiyboʻyi choʻllarida
miloddan avvalgi 7-4-asrlarda yashagan sak-massaget qabilalari bilan bogʻliq. 6-8-asrlarda
mahalliy aholi bilan turkiy qabilalar qisman aralashib ketgan. 8-10-asrlarda bijanak (pecheneg
va oʻgizlar muhitida qoraqalpoq millati shakllana boshladi. Chingizxonning bosqinchilik
harakatlari vohani choʻlga aylantirgan, Amudaryo quyi oqimi atroflarida yashagan aholining
koʻplab koʻchib ketishiga sabab boʻlgan. Qoraqalpoqlar gʻarbga Oʻzboʻy, Volga va Ural
Davlat boshqaruvi
Tarixi


tomonga koʻchib oʻtganlar. U yerda Oltin Oʻrda tarkibida boʻlganlar. Ular Rashiduddin asarida
„qavmi kulohi siyoh“ deb atalgan.
Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 17 — 18-asrning oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi
oqimlarida yashagan. 18-asrning oʻrgalarida siyosiy voqealar, yaʼni qozoq xoni Abulxayrxon
qoraqalpoq yerlariga hujum qilishi oqibatida ular Sirdaryo deltasidagi gʻarbiy tarmogʻi —
Janadaryo boʻylariga koʻchib oʻtdilar va Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar
orol oʻzbeklari bilan birlashib, markazi dastlab Qoʻngʻirot, soʻngra Shohtemir (hozirgi
Chimboy) boʻlgan davlat (Orol mulkini) tuzdilar. Qoraqalpoklar asosan, chorvachilik,
dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanganlar.
1811-yilda qora-qalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873-yildarus podsho qoʻshinlarining
Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shart-nomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng
sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston
general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo
boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan
Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib
tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va
milliy birlashuviga gʻov boʻldi. Mustamlakachilik zulmi 20-asr boshlarida zoʻrayib ketdi. 1916-
yilda Chimboy, Toʻrtkoʻl va boshqa joylarda podsho Rossiyasi siyosatiga qarshi qoʻzgʻolonlar
boʻldi. 1917-yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga
kirdi, 1918-yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919-yilda Chimboy volostida xalq
qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920-yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo
viloyatiga aylantirildi. 1920-yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi
tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi. 1924-yil aprelda
QozogʻistonQoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi. Usha yilda chap vaoʻng sohil birlashib,
yagona Qoraqalpoq muxtor viloyati maqomida qozogʻiston muxtor respublikasi tarkibiga
kirdi. 1924-yil oktabrda Oʻrta Osiyo sovet respublikalarida milliy-davlat chegaralanishi
davomida Turkiston ASSR tarkibidagi Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati tuzildi.
1929-yilda Taxtakoʻpirda koʻplab mahalliy aholi kolxozlashtirish siyosa-tiga qarshi chiqdi. Bu
voqea Qoraqalpogʻistonni Rossiya Federatsiyasiga bevosita qoʻshib olish uchun asosiy sabab
boʻldi. 1932-yil martda Qoraqalpogʻiston muxtor viloyati q. 
muxtor respublikasiga aylantirildi
.
1936-yildan Oʻzbekiston tarkibida.
Qoraqalpogʻiston bir qancha repressiyalarni boshdan kechirdi: 1917 — 22, 1928-30, 1932-33,
1934-36, 1936-38, ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda. Oʻsha davrlarda
anʼanaviy jamoat, xoʻjalik va madaniy munosabatlar yoʻq qilindi, bir necha oʻn ming kishi
qatagʻonga uchradi.


1950—1980-yillarda Qoraqalpogʻistonda totaligar boshqaruv tizimi hukmron boʻldi. Paxta yak-
kahokimligi, qishloq xoʻjaligidagi maʼmuriy buy-ruqbozlik siyosati agrof muhitning buzilishi va
Orol dengizining qurishiga olib keddi. Orol fojiasi regionda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
keltirib chiqardi, aholi sogʻligʻining yomonlashuviga olib keldi. 1990-yil 14-dekabrda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suvereni-teti eʼlon qilindi. 1991-yil 31-avgustda bu holat
„Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunda oʻz aksini topdi.
1993-yil 4-dekabrda davlat madhiyasi tasdiqlandi. Milliy mustaqillik davrida respublika
suverenitetining meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlandi, yangi maʼmuriy hokimiyat
tuzilmalari faoliyati oʻrnatildi. Respublikada 17 shahar va tuman hokimiyati, fuqa-rolarning
mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari tashkil etildi, 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishlab
turibdi.
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari.
Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston
Respublikasi tashkiloti (1995.25.12), „Adolat“ Sotsial Demokratik partiyasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1996.27.02), „Fi-dokorlar“ Milliy Demokratik
partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashkiloti (1999.22.01), Oʻzbekiston tadbirkorlar
harakatining Liberal Demokratik partiyasi Qoraqalposhston Respublikasi tashkiloti
(2004.23.01) hamda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi
tashkiloti faoliyat koʻrsatadi.
Dastlabki kasaba uyushmalari tashkilotlari 20-asrning 20-yillarida tashkil etilgan. 1951-yilning
avgust oyida Qoraqalpogʻiston viloyat kasaba uyushmalari kengashi tashkil topgan. 2005-
yilning mart oyida kasaba uyushmalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba
uyushmalari tashkilotlari birlashmasi deb qayta nomlandi. Uning tarkibiga ishchi-
xizmatchilarning 11 dan ortiq kasaba uyushmasi kiritilgan: agrosanoat majmuasi,
avtotransport va pul xoʻjaligi, aloqa. taʼlim va fan, sogʻliqni saqtash, davlat muassasalari,
madaniyat, mebel sanoati va kommunal-xoʻjalik korxonalari, yoqilgʻienergetika, geol. va kimyo
sanoati, kichik biznes. isteʼmolchilar kooperatsiyasi, savdo va tadbirkorlar, qurilish va sanoat
qurilishi materiallari.
Qoraqalpoqlar etnogenezining qadimiy bosqichlari bizning eramizdan avvalgi VII—IV asrlarda
Orol-Kaspiy sahrosi va Amudaryo deltasining hududlarida yashab oʻtgan 
sak
va 
massagetlar
qabilalari bilan bogʻliq. VI—VIII asrlarda bu yerdagi aholi bilan turkiy qabilalar qisman
qorishadilar. VIII—X asrlarda bijanaklar va ogʻuzlar orasida qoraqalpoqlarning shakllanishi
boshlangan. Bijanaklar bir qismi Irtishdan kelgan qipchoqlar bilan qorishib, asta-sekin
ularning tilini qabul qila boshlagan. Qoʻlyozma manbalarda (rus yilnomalarida) „Chyornie
klobuki“, „Qavmi kulaxi-siyax“ (Rashid ad Din) toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Qoraqalpoqlar
Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida, Amudaryoning quyi qismida yashaganlar hamda Orol
oʻzbeklari bilan birgalikda davlat barpo etadilar (Orol-hukmronligi), uning poytaxti dastlab


Qoʻngʻirot, keyinchalik Shaxtemir (hozirgi Chimboy tumani) boʻlgan. Qoraqalpoqlar yarim
koʻchmanchi, chorvachilik va irrigatsion dehqonchilik hamda baliqchilik bilan shugʻullanadi.
1811-yildan
boshlab Qoraqalpoqlar 
Xiva xonligiga
qaram boʻlganlar. 
1873-yilda
chor
qoʻshinlarining Xivaga yurishi va Gandimyon shartnomasi tuzilgandan soʻng Amudaryoning
oʻng sohilida joylashgan Qoraqalpoqlarning hududi 
Rossiyaga
 qoʻshildi. Bu yerda 
Turkiston
General–gubernatorligi
 Sirdaryo viloyatining Amudaryo boʻlimi paydo boʻladi. Amudaryo
boʻlimi 2 ta uchastkaga boʻlinadi: Petro-Aleksandrovsk qalʼasi markazi boʻlgan Shoʻraxon
uezdi (hozirgi Toʻrtkoʻl shahri) va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uezdi. 
1924-yilda
millatlarni eʼtiborga olgan holda hududga boʻlish jarayonidan keyin Qoraqalpoq avtonomiyasi
tashkil topib, Qozoq avtonom respublikasi tarkibiga kiritiladi.
[1]
1930-yil
20-iyulda
Qoraqalpoq avtonomiya boʻlimi RSFSR tarkibiga kiradi.
1932-yil
20-martda
 u Qoraqalpoq ASSRga oʻzgaradi.
1936-yildan
boshlab Qoraqalpogʻiston ASSR Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiradi.
Qoraqalpogʻiston ASSR 1990-yil 14-dekabr sanasida davlat suverenitetini elon qiladi. 1992-
yilidan Qoraqalpogʻiston ASSR Qoraqalpogʻiston suveren Respublikasi maqomiga ega boʻladi.
1993-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston tarkibida 20 yil mudatga qolishga
soʻng 2013-yili referendum yoʻli bilan mustaqil davlat boʻlishga ikki tomomlama shartnoma
tuziladi.
Qoraqalpogʻiston — xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay Oʻzbekistoning
Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz
kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va
kon-texnika xom ashyosi olinadi.
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular
quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-
nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va
aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga
bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996-yilda
Qoʻngʻirot tumanida „Ustyurtgaz“ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati
vujudga keldi. 2004-yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat
yetkazib berildi. 1993-yilda „Nukuskabel“ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi.
Xoʻjaligi va Sanoati


Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), „Toʻrt-koʻldon“ (1997), kichik novvoyxonalar va
makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik
fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot
tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, „Us-tyurtgaz“), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish
zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari).
Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi,
„Elteks“ aksionerlik jamiyati va „Yuniver“ qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida
(vino zavodi, poligrafiya kombinati, „Kateks“, „Nukus non“, „Daunt“ korxonalari, un-yorma
zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va
uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi.
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-
beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi,
oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un,
yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik
(goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta
22,4 %, gʻalla ekinlari 22,1 %, chorva mahsulotlari 36,4 % ni tashkil etadi. 2004-yilla umumiy
ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga
yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.
Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi
xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot
boqildi.
[1]
Qoraqalpogʻiston keng va turli-tuman transport tarmogʻiga ega. Transport yoʻli, havo,
avtomobil transportlaridan keng foidalaniladi. 1994-yilda avtomobil yoʻllarining umumiy uz.
4295 km, shu jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 4235 km boʻlgan. 1999-yilda Amudaryoga
Nukus va Xoʻjayli shaharlarini birlashtiruvchi avtomobil yoʻlli koʻprik qurildi. Qoraoʻzak —
Miskin, Miskin -Gazoʻchoq. Miskin-Buzoqboshi temir yoʻl qurib ishga tushirildi. 2005-yilda
temir yoʻl uzunligi 984 km ga yetdi. Nukusda trolleybus qat-novi yoʻlga qoʻyilgan (1991).
Nukus aeroporti 1940-yilda qurilib. 2003-yilda rekonstruksiya qilingan. 1 soatda 200 kishiga
xizmat koʻrsatadi. 1998-yilda Qoraqalpogʻistonda „Oʻzdunrobita“ Oʻzbekiston — Amerika
qoʻshma korxonasinkng uyali telefon tarmogi faoliyat boshlagan.
[1]
Transporti


Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 oʻrin), 246 am-bulatoriya-poliklinika muassasasi,
ularning tarkibida 20 qishlok, uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti,
tuman markaziy kasalxonalariga qarashli 14 poliklinika, 20 respublika va shahar hamda
kasalxonalar bilan birlashgan 20 poliklinika, 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika
muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991—2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus
shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot institutining filiali, 2 poliklinika
(100 bemorni qabul qilishga moʻljallangan) qurildi. Qoraqalpogʻistonda 3,6 ming vrach (har 10
ming aholiga 23,1 vrach, 15,5 ming oʻrta tibbiy xodim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat
yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 oʻrin toʻgʻri keladi. Aholiga Oʻzbekiston
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14
tuman markaziy kasalxonasi va taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam
boʻlimlari xizmat koʻrsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi „oilaviy poliklinika“
sifatida faoliyat yuritadi. Keyingi 10 yil ichida respublikada hamshiralik par-varishi boʻyicha 75
oʻrin tashkil etilgan. Nukus shahrida 1998-yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir
smenada 100 oʻsmirni qabul qilishga moʻljallangan respublika oʻsmirlar markazi ishlab
turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya institutining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9
sanatoriy-profilak-toriy (1200 oʻrin) faoliyat koʻrsatadi.
[1]
Qoraqalpogʻiston sportchilari sportning kurash, boks, futbol, ogʻir atletika, voleybol, basketbol,
ot sporti turlari va boshqa boʻyicha mamlakat muso-baqalarida ishtirok etib kelmoqdalar.
Qoraqalpogʻistonda 14 stadion, 467 sport zali, 3159 sport maydonchasi, 3 suzish havzasi,
tennis kortlari va boshqa sport inshootlari bor. Bir qancha qoraqalpoq sportchilar
Oʻzbekiston, Osiyo, jahon sport musobaqalarida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar yoki
sov-rinli oʻrinlarni egallaganlar. Qoraqalpogʻiston sportchilari „Umid nihollari“, „Barkamol
avlod“, studentlar universia-dalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqdalar. Muaytay boʻyicha
5 karra jahon chempioni Erkin Qutiboyev, ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempioni Baxtiyor
Nurullayev, Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Sergey Sirsovning nomlari mashhur.
12-Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha Alisher Avezboyev, futbol boʻyicha Berdax Allaniyazov,
eshkak eshish boʻyicha Baxtiyor Davletyarovlar gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Respublikada
xalqaro toifadagi sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, 1 toi-fadagi sportchilar
tayyorlanadi.
[1]
Tibbiy xizmati
Sporti
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari


2004/05 oʻquv yilda Qoraqalpogʻistonda 763 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatib, ularda
338 mingdan ziyod oʻquvchiga 36,1 ming oʻqituvchi taʼlim beradi. „Pro-T4-Sh gress“ taʼlim va
taraqqiyot markazi Oʻzbekistondagi 21-asr maktabining andozasi sifatida tan olindi.
Oʻqitishning noanʼanaviy uslublaridan foydalanish, eng yangidarsliklar, oʻquv dasturlari, audio
va videotexnikalarni qoʻllash oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrganishga yordam beradi. Uning
filiallari Qoʻngʻirot, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli tumanlarida ochilgan. Oʻquvchilarning kompyuter
savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. 6 yoshdagi bolalarni kasbiy yoʻnaltirish va
ularni maktabdagi oʻqishga tayyorlash maqsadida shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari
qoshida „Diagnostika markazlari“ tashkil etilgan. 72 kasb-hunar kolleji, 5 akademik litsey bor.
Bu oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 60,6 ming oʻquvchi oʻqiydi. Qoraqalpogʻistonda Qoraqatoq
universiteti, Nukus pedagogika instituti hamda Toshkent tibbiyot pediatriya instituti bilan
Toshkent agrar universitetining filiallari bor. Ularda 9 mingga yaqin talaba taʼlim olmoqda.
35 ilmiy muassasa, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
Qoraqalpogʻiston boʻlimiga qarashli 6 ta boʻlinma (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining tabiiy fanlar kompleks instituti, Bioekologiya
instituti, Orolboʻyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti, N.Dovqorayev nomidagi Til va
adabiyot instituti, Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Qoraqalpogʻiston klinik va
eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti), Botanika bogʻi ishlab turibdi.
[1]
Qoraqalpogʻistonda 5 respublika, 14 tuman, 1 shahar (Nukus), 20 tarmoq gazetalari, 2
byulleten va 9 jurnal nashr etiladi. Shulardan yiriklari: „Erkin Qaraqalpaqstan“ (1924-yildan),
„Vesti Karakalpakstana“ (1919-yildan), „Qaraqalpaqstan jaslari (1931-yildan)“, „Amu tani“
(1991-yildan), „Ustoz jolim“ (1998), „Garezsizlik xem nızam“ (1996-yildan), „Davr koʻzgusi“
(1978-yildan), „Madeniyat xam sport“ (1997-yildan), „Amudarya“ (1932-yildan), „Vestnik“
(1960-yildan), „Aral qizlari“ (1991-yildan), „Ilim xam jemiyet“ (1991-yildan), „Saniyat“ (2003-
yildan), „Ekonomika xem bank“ (2003-yildan), „Karakalpakstan“ (2002-yildan), „Bilim xam
ondiris“, „Jipek jolim“ (1999-yildan). Qoraqalpogʻiston radiosining eshittirishlari 1932-yil
yanvarda boshlangan. Dastlab radioeshittirishlar qisqa axborotlar tarzida tashkil qilingan.
1935-yilda ularning hajmi 3 soatgacha yetkazilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpogʻiston radiosi
kuniga 6,5 soat hajmda eshittirishlar olib boradi.
Qoraqalpogʻiston televideniyesi dastlab 1964-yil 5-noyabrda efirga chiqdi. Ilk faoliyati davrida
koʻrsatuvlar kechki paytda 1,5 soat hajmda berilgan. Hozirgi kunda ertalab 1,5 soat va kechki
payt soat 19 dan yarim tungacha, dam olish kunlari telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
[1]
Matbuoti, radioeshittirish va televideniyesi
Adabiyoti


Qadimgi va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha
turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, xaujar, joʻqlov,
yaramazon, gulap-san, badik va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va
maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, toʻlgov, terma, dos-tonlar kiradi.
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy,
tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamis“ dostoni.
Shuningdek, „Yedige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi shoir Jiyen jirovning (1730-84) faoliyati
muhim ahamiyatga ega. Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Poʻsgan yel“ dostonlarida qoraqalpoqlarning
Xorazmga koʻchib kelish tari-xini yozgan. Qoraqalpoqlarning turkistondan koʻchib kelishiga
shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja
sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyazning ijodi 19-asrda ijod
qilgan qora-qalpoq shoirlari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida
toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning
lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh
Alshinbay oʻgʻli (1828- 1902), Kulmurot Qurbon oʻgʻli (1845- 1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va
boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib
oʻrin egallaydi.
20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon
qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A. Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K.Yormanov, I.
Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. daribayev, A.
Shomuratov, S. Qurbonniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, taʼlim, mehnat,
tabiat gi, ayollar tengligi niy masalalar asosiy boʻldi.
20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuham-mad oʻgʻli (1885
—1950), A. Dabilov, S. Nurimbetovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng
tasvirlangan. 1940—1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi
publitsistik asarlar bilan felyeton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi. Badiiy asarlarning
asosiy mavzusi fashizm ustidan gʻalaba qozonish, qahramonlik gʻoyalari boʻlib, badiiy
asarlarda ham urush qahramonlarining obrazlari yaratilgan.
Urushdan keyingi davrda (1946—1960) sheʼriyat, proza, dramaturgiya, bolalar adabiyoti,
adabiyotshunoslik va adabiy tanqidchilik rivojlandi. Oʻsha davrda yozuvchi va shoirlardan I.
Yusupov, T.Jumamuratov, B. Qaipnazarov, B. Ismoilov, X.Turimbetov, O.Xoʻjaniyozov,
T.Qaipbergenov, K.Sultonov, G.Seytnazarov, T.Seytjonov, J. Dilmurotov, S. Pirjonov va
boshqaning ijodi samarali boʻldi. Adabiy tarjimashunoslikka ham koʻp eʼtibor berildi.
Qoraqalpoq yozuvchilarining koʻp asarlari, baʼzi adiblarning toʻplamlari oʻzbek, rus, qozoq


tillariga tarjima qilindi. Oʻz navbatida boshqa xalqlar adabiyot vakillarining saylanma
asarlaridan qoraqalpoq tiliga oʻgi-rilgan tarjimalari nashr qilina boshlandi.
1960—1980-yillar qoraqalpoq dramaturgiyasida P.Toʻlegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson
taqdiri“, J. aymurzayevning „Ber-daq“, „Qadrdon doktor“, S.Xojaniyozovning „Suymaganga
suykanma“, „Ahmoq podsho“, T. Seytjonov, I. Yusupovning pyesalari (A.Shamuratov bilan
birgalikdagi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shu davrda lirik-epik sheʼriyat mazmuni va mavzusi,
uning janr jihatdan oʻziga xosligi rivojlandi va boyidi.
1970—1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K.Rahmonovning (1942—
2002) „U dunyoga taklif“ tragikomediyasi, „Injiqning muhab-bati“ komediyasi, I.Yusupovning
„Ajiniyaz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. X. Saparov, Sh. Dilmurotov
va boshqalarning sheʼriy toʻplamlari qoraqalpoq bolalar adabiyotiga qoʻshilgan muhim hissa
boʻldi. 1970—1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G.Yesemuratova, U.Pirjanov, A.Atajanov, J.
Seytov, S.Bahodirova, X.Hamidov, K. Mambetov, O.Bek-baulov, I.Qurbonboyev, S.Soliyev,
M.Qayipov kabi yozuvchilar bilan boy-idi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining
rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi.
Hozirgi zamon qoraqalpoq sheʼriyatini gʻoyaviy-mavzuli badiiy-estetik jihatdan boyitishga
I.Yusupov salmoqli hissa qoʻshdi. 1980-yillarning 2-yarmida K.Mambetovning „Xujdan“.
O.Abdurahmonovning „Boʻsagʻa“, A.Otepbergenovning „Doʻzax ichida“, K.Rahmonovning
„Oqibat“, Sh. Seytovning „Xalqobod“ romanlari yaratildi. Sheʼriyatga oʻz ovoziga ega boʻlgan K.
Karimov, K. Reymov, N. Toreshova, M. Jumanazarova, O. Seytayev, O. Satbayev, J.
Xoʻshniyozov, X. Dauletnazarov, J.Izboskanov, X.Ayimbetov kabi isteʼdodli ijodkorlar kelib
qoʻshildi.
Teatr sahnalarida tragediya, komediya, tragikomediya janrlaridagi K. Rahmonovning „Laqqilar
kasalxonada“, S.Jumagulovning „Ekstrasens“, „Kuyovingni berib tur“, K. Matmurotovning
„Farzand“, M.Nizamovning „Noyob nusxa“, J. Xoʻjanovning „Qoʻshnimning qizi“ asarlari
qoʻyildi.
Qoraqalpogʻiston adabiyotshunoslik faniga 1930-yillarda N.Dovqorayev (1905—1953),
K.Aymbetov (1908—1973), I.Sagitov (1908—1993)lar tomonidan asos solingan. Ularning
davomchilari: M.Nurmuhammedov (1930 — 86), N.Japakov (1914—1975), S.Ahmetov (1929—
1996), K.Maksetov (1927—2003), G.Yesemuratov (1930), J.Narimbetov (1937 — 2004),
K.Sultanov (19322000). K.Mambetov (1942—2001), T.Mambetniyazov (1930), K.Bayniyazov
(1934), S. Bahodirova (1944), A.Paxretdinov (1938) va boshqalar.
[1]
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati


Qoraqalpoqlar sanʼatini oʻrganish xalqning uzoq oʻtmishi bilan tanishishga imkon beradi.
Uning izlarini antik davr meʼmoriy yodgorliklari-da, mas, Tuproq-qalʼaaatch Xorazm
sivilizatsiyasiga, oid devoriy tasvirlarda koʻrish mumkin. Qoraqalpoqlar sanʼatining
sarchashmalari Sharqiy Yevropa va Osiyo qad. madaniyati bilan chambarchas bogʻliq.
Qoraqalpoq ornamentlari Kiyev yaqinidan topilgan — kumushdan yasalgan tamgʻali belbogʻ
qadamalari, fibullar va chakka xalq-alarida ham uchraydi. Bu tasodifiy emas, chupki „qora
kulohlar“ qabilalari 12-asrda Kiyev Rusining chegarasida yashagan. Chirikrabotpa topilgan
zargarlik buyumlaridagi motivlarni qoraqalpoq ornamentining timsoli deb hisoblash mumkin.
Qoraqalpoqlarda xalqning oʻziga xos etnik xususiyatlari gilam va kashta buyumlarida yaqqol
aks ettirilgan. Ularga qoʻshni boʻlgan xalqtar orasidan qoraqalpoqtarda koʻproq turkman
ornamenti va naqshlariga yaqinlik seziladi. Qoraqalpoq kigiz va namatlaridagi bezaklar juda
qiziqarli boʻlib, ularga naqsh tushirish texnikasi oʻziga xos. qozoqlarnikidan farqli oʻlaroq,
applikatsiya yoʻli bilan tushiriladi. Ularda bezaklar toʻlqin koʻrinishida boʻladi, bu juda qad.
ornament boʻlib, suv ramzini bildiradi. Chunki qoraqalpoqlar qad. dan daryo va koʻl boʻylarida
yashab kelganlar. Ularda qadimdan movut va fil suyagi bilan qadama naqshli yogʻoch
oʻymakorligi rivojlangan. Qoraqalpogʻiston hududida antik, oʻrta asr va yangi davrlarga oid
meʼmorlik yodgorliklari mavjud. Meʼmorlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi roʻyxatga
olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 meʼmorlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir.
beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (P-14-asrlar), kechirmas Bobo (17- 19-asrlar); Toʻrtkoʻl
tumanidagi Qalan-dardagʻ (18-19-asrlar). Norinjon Bobo (12-14-asrlar) majmualari, Xoʻjayli
tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 −19-asrlar); Qoʻngʻirot tumanidagi Beleuli (12-
14-asrlar). davut Ota maqbarasi; Moʻynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni,
Ellikqalʼa tumanidagi Ayozqalʼa-1 va Ayozqalʼa-2 (3-8-asrlar), Tuproqqalʼa (3-asr) eng muhim
yodgorliklardir.
20-asrda Qoraqalpogʻistonda gasviriy sanʼat shakllari rivoj topdi (I.Savitskii, Q.Soipov,
J.Izentayev, J.Quttimurodov va boshqalar). Nukusda Qoraqalpogʻiston davlat sanat muzeyi,
Qoraqalpogiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Qoraqalpoq
sanʼati anʼanaviy shaklga, chuqur tarixiy oʻtmishga ega. Bugungi Q. sanʼatda oʻziga xos
milliylik saqlanib qolgan mintaqadir. Xalq orasida oʻtov, hovli anʼanaviy yashash joylari
hisoblanadi. Bugungi kunda ham sanʼatdagi anʼanaviylik hamda milliy oʻziga xoslik saqtanib
qolgan va oʻz rivojlanishiga ega.
[1]
Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyati uzoq tarixga ega boʻlib, hozirgi kunda boy musiqiy
folklor, ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa va, shuningdek, 20-asrda rivoj topgan
kompozitorlik ijodiyoti namunalariga egadir.
Musiqasi


Musiqiy folklor shakllar asosini qoʻshiqlar tashkil etadi. Xalq marosimlari bilan bogʻliq bir
qancha janrlar (mav-sum marosim qoʻshiqlardan „Aydar-aydar“ — shamolni chaqirish, dinii
marosim — „Yaramazan“, oilaviy marosim va maishiy qoʻshiqlardan „Yar-yar“, „Heujar“, „Oʻlen“,
„Sinsiu“, „Joqlau“ va boshqalar) uning eng qad. qatlamini tashkil etadi. Badiiy mazmuniga
koʻra xalq qoʻshiqlari ishqiy-lirik, tarpxiy, marosim, ayollar (qizlar), bolalar qoʻshiqtaridan
iborat. Ularning aksariyati diatonik ladlarga asoslanib, ohanglari melizmatik bezaklarga boy,
kuychanlik xususiyatlarga ega. Qoraqalpoqtarda islomdan oldingi madaniyat hisoblanuvchi
ruhlarni chaqirish. ular yordamida bemorlarni davolash uchun por-xan (parixon)lar tomonidan
ijro etilgan aytimlar ham saqtangan („badik“, „gulapsan“). Folklor musiqasida ayollar
(qizlar)ning changqoʻbiz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan oʻyinqoʻshiqtari, laparlari
(„yagʻln baxar“) mavjud.
Qoraqalpoqparning ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasining markaziy qismini doston
musiqasi egallaydi. Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga boʻlinadi; jirovlar, bax-shilar va
qissaxonlar. Ularning har biri oʻziga xos maʼlum ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga kelgan
boʻlib. bir-biridan repertuarilagi dostonlar mazmuni, ijro uslubi. doyeton aptim kuylarn hamda
muspqiy cholgu joʻrna-vozligi jihatidan farq qpladi. Jirovlar faoliyati anʼanaviy ijodning eng
qad. qatlamiga mansub boʻlib, qahramonlik dostonlarni („Qoblan“. „Sharyar“, „Yedige“,
„Atpamis“. „Mas-patsha“), tarixiy toʻlgovlarni ichki ovozda qoʻbiz joʻrligila ijro etishadi. Baxshi
(baqsi)lar ishqiy-lirik va qahramonlik dostonlarni („Yusuf-Zulayha“, „ZaureTlyir“. „Yusuf-
Ahmet“, „Goʻroʻgʻli“) hamda mumtoz sheʼriyati asarlarini ochiq ovozda. dutor va gʻijjak joʻrligila
(gohida bulamon ham qoʻshiladi) ijro etishadi. Kuylar murakkabligi. ifoza vositalar boiliti bilan
jirovdan farq qiladi. Kissaxoplar koʻpincha savodxon shaxslar boʻlib, xalq yigʻnnlarida dostoi
qulyozmalarini oʻqib yokn yoddan aytib berishadi. Ular sherlarni faqat oʻziga xos. nuchq
intonaiiyasiga yaqin aytim kui (namaTtarga solib, musiqiy cho.pu joʻrligisnz ochiq ovozda ijro
etishadi.
Millny musiqa cholgʻulari qatoriga dostonchilarching cholgulari boʻlmish qoʻbiz, lutor, gijjak
(girjek) va boʻlamondai tashqari chapgqoʻbiz, qamish surnay va bolalar xushtagi („iskirauik“)
kiradi. Utmishda qoraqadpoklarda chindov\l. surnay. karpay. nogora, dap (doira) kabi
cholgʻularning mavjudligi haqida qahramonlik dostonlarida maʼdumotlar sakdangan. Bularlan
qoʻbiz va d\tor keng tarqalgan. ularda mohir sozandadar tomonidan krrakalpoq mumtoz
cholgu kuylari chalinadp. Ayniqsa. dutor kuplari orasnda „Mu-xalles“, „Nalish“ kabi tutjumip
kunlar shaklan murakkab va pfoda vositalarining boyligi bilan ajralib turali. Qoraqalpoq
anʼanaviy musiqa rivojlanishiga 20-asrla Nuraoullo jnrsv. Yerpoʻlat jirov. Hoʻqnz jirov, Jumaboy
jirpv, Qiyos baxshi Hayratdinov. Japak baxish Shomurotov. Yesjap baxshi Qospoʻlatop,
Kenjaooi baxshi Tilevmurotov, Qoraqalpogʻpston xalq artisti T.Qurbonov va 6 salmoqli hissa
qoʻshdilar.


20-asrning 2 choragidan boshlab milliy kompozitorlik ijodiyoti shakllana boshladi. Musiqali
dramalar, kichik simfonik asarlar, kamer asarlar va h.k. yozildi. Bu sohaga Jaaq baxshi
Shomurotov salmoqli hissa qoʻshdplar. 1970—1990-yillarga kelib opera, opatoriya. Simfoniya,
sonata kabi iirik janrlardagi asarlarning ilk tajribalari paydo boʻldi „Ajiniyaz“ operasi (1974),
„Birinchi qoraqalpoq simfoniyasi“ (1971). birinchi milliy baleti „Oy-jamol“ (1996),
Gʻ.Demesinovning 2 simfoniyasi, fortepiano va orkestr uchun konnertlari va boshqa
O.Shomurotova, Ye.Sheraziyeva, R. Seshpov, S.Mambetova, O.Otamurotova, I.Rafiqova.
D.Kaipov va boshqa zamonaviy musiqa madaniyatiga sad\yuqli hissa qoʻshdilar.
Respublikaning madaniy hayotida si.m-fochik orkestr. katta xor jamoasi va balet truppasi
fao.t ishtirok etmoqla. Shuningdek, Berdaq nomidagi filarmoniya (1946-yil), Qoraqalpoq
davlat teleradioqoʻmitasi qoshidagn xalq chol-gʻulari orkestori, „Jaslar“ orkestori „Ayqulash“
ashula va raqs ansambli, „Muxalles“ dutorchilar ansambli va boshqa musiqiy jamoalar
faoliyat yuritmoqta. Qoraqalpogʻiston o.m-maviy (estrada) musiqasi sohasida „Oʻynasin“
vokal cholgu ansa\:bli. „Yeulzor“, „Saubet“. „Miiras“, „Jigitlar“ guruhlari, Z.Xoʻjanazarova (1961
—1992).’ r’Kutekeyeva. M.Sapayeva. D. Mambetmuratov. Ye.Munteyeva, M.Otamurotov.
G.Ollabergenova kabi estrada xonanlalarn mashhur.
Musiqiy bilim sohasida bolalar musiqa maktablari. Nukusda musiqa koldeji. madaniyat
kolleji. oliy oʻquv yurtlari (Nukus universiteti va boshqalar)da musiqiy kafedralar faoliyat
koʻrsat\:oqda.
[1]
Drama va teg.trning e.tement-darida qoraqatpoq xalqnning urf-odatlari va oʻppnlarida, xatq
dostonlari-da. xalq ustalarining ijodiyetida, professionat soʻz ustalarining sanʼati (0\1irbek
laqqi. Kampakat-Kampir. Davlat Laqqi. Tinnmqiz)da mujassamlashgan. 19-asrda
masxarabozlarning sanʼati keng tarqalgan. 20-asr boshlarpga kelib teatr professionaz sanʼat
darajasida shakllanli. 1930-yil Toʻrtkoʻlda musiqali drama teatrp tashkil etildi. keyinchashk
unga K.S. Stanislavskiy. 1990-yilda Berdaq nomi berildi. Undan tashqarp Respublikada
Qoraqalpoq teatri, 1978-yilla tuzilgan S. Xoʻjaniyozov nomidagi Davlat yosh tomoshabinlar
teatri va 1990-yildan Davlat koʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatmokdaKinosi. 1970 i. 19-fevralda
Nukusda Oʻzbeknston ilmiy-ommabop va hujjatli fnlmlari Toshkent kinostudiyasining
Qoraqalpoq filiali ochildi. 1970-yilning oʻrtalariga kelib yosh qoraqalpoq kino sanʼati rivojlana
boshladi. 1990-yil aprelda ushbu filial bazasida Nukus shahrida „Qoraqalpoq-film“
kinostudiyasi vujudga keldi. T.Kalimbetovning „Qalpoqcha“ (1990), „Qaytish“ (1992) kabi
dastlabki badiiy qisqa metrajli filmlari yara-tildi. A.Sultonov ssenariysi asosida „Elim degan er
edi“. „Ayriliq“ kabi hujjatli filmlari ekranga chiqli. Ekologiya, Afgon urushi. X\okayli
arxitekturasi, MDH prezidentlarining uchrashuvi mavzularida filmlar yaratildi. 2002-yilda
ishlangan „Ona“ filmi Buxoro kinofes-tivalining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi. 2003-yil
Teatri


iyul oyida Ins-bruk shahri (Avstriya)da oʻtkazilgan 12-Xalqaro kinofestivalida „Otabegi“ hujjagli
filmi qatnashdi. 2004-yil noyabr oyida Gollandiyada oʻtkazilgan.YUGʻA xadqaro kinofestivalida
qagnashgan „Quduq“ hujjatli filmi shu oyning oʻzida Bilbao (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan
Xalqaro kinofestivalida festivalning eig yaxshi rejissura uchun kumush sovriniga ega boʻldi.
[1]
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2004-yil uchun 95559,4 ming AQSH dollari yoki 2003-
yil darajasidan 50.2 % ortiq. Jumladan. eksport 35160,5 ming AQSH dollari yoki 2003
n.darajasidan 45.2 % ortiq; import 60398.9 ming AQSH dollari yoki 2003-yildarajasidan 53,3 %
koʻp.
2004-yilda tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmiga nisbatan asosiy ta.shqi savdo
hamkorlari: Xi-toy — 33.4 %. Yeyermaniya — 14,6 %, Buyuk. Britaniya — 8,1 %, Shveysarnya —
6,4 %. Avstriya — 5.7 %. Italiya — 4.1 %. Fransiya — 2,9 %. AQSH — 2.5 %. Potsha −2,3 %,
Belgiya — 1.7 %ni tashkil qi.t.ti. Asosiy savlo hamkorlari boʻlib yaqin xori-jiy mamlakatlardan
Rossiya (13.1 %) va Qozogʻiston (1.0 %) hisoblanadi.
Eksportdagi asosiy oʻrinni paxta tolasi egallaydi, uning ulushi umumiy eksportga nisbatan
85,3 %, shundan uzoq xorij mamlakatlariga eksport 87,1 % va yaqin mamlakatlarga 12,9 %ni
tashkil qiladi. Import strukturasida asosiy ulush mashina va asbob uskunalari — 78,3 %,
kimyo mahsulotlari −6,7 %, qora va rangli metallar — 5,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari — 3,2 %ga
toʻgʻri keladi.
[1]
Tashqi iqtisodiy aloqalari
Xarita
Geografiyasi


Qoraqalpogʻiston Qizilqum sahrosining shimoliy-gʻarbiy qismini, Ustyurt platosining janubiy-
sharqiy qismini, Amudaryo deltasini egallaydi. Orol dengizining janubiy qismi
Qoraqalpogʻiston hududida joylashgan. Maʼmuriy — hududiy qurilishi 14 tumandan iborat:
Amudaryo, Beruniy, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qanlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxtakoʻpir,
Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqalʼa, Nukus va Taxiatosh shaharlari hamda
tumanlarga qarashli shaharlar, elat va qishloqlardan iborat.
1. "Qoraqalpogʻiston" 

Download 340.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling